• I-Bob.Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati. 1. Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati tushunchasi va
  • Avtomobil dvigatelidan chiqadigan zaxarli gazlar miqdori (xajm




    Download 165,49 Kb.
    bet5/25
    Sana19.01.2024
    Hajmi165,49 Kb.
    #141078
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakul-fayllar.org

    Avtomobil dvigatelidan chiqadigan zaxarli gazlar miqdori (xajm 

    bo‘yicha % hisobida, G.V. Stadnitskiy, A.I. Rodionov, 1998.)


    Zaxarli moddalar 


    Benzinli dvigatel

    Dizel dvigatel
    Azot

    74-77
    76-78

    Kislorod
    0,3-8,0

    2-18
    Suv bug‘lari 


    3,0-5,5
    0,5-4,0

    Karbonat angidrid


    5,0-12,0 
    1,0-10,0
    Is gazi

    0,5-12,0


    0,01-0,5 
    Uglevodorodlar
    0,2-3,0

    0,009-0,5


    Azot oksidlari 
    0-0,8
    0,0002-0,5 

    Aldegidlar


    0-0,2

    0,001-0,009


    Kurum (g/m
    3
    da)

    0-0,04
    0,01-1,1 




    7


    I-Bob.Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati. 


    1. Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati tushunchasi va 

    umumiy xarakteristikasi. 
    Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umumiy 
    boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
    Atmosfera havosining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining 
    “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Atmosfera havosini muhofaza qilish
    to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq belgilanadi. Atmosfera havosi atrof tabiiy 
    muhitning asosiy ob’ektlaridan biri bo‘lib, u ekologik va iqtisodiy vazifalarni
    bajaradi. Atmosferaga kiruvchi har xil moddalar inson, hayvonot va o‘simlik 
    dunyosining hayotiy manbasi hisoblanadi. Atmosferaga sanoat korxonalaridan
    ishlab chiqarish chiqindilari tashlanadi va uning tarkibidagi moddalar ishlab 
    chiqarish jarayonida foydalaniladi, va nihoyat, atmosfera havosi havo
    transportining makoni (fazo) hisoblanadi. 
    Ekologiya huquqi bilan atmosfera havosining tabiiy ob’ekt sifatida
    muhofaza etilishi tartibga solinadi. Turar joy, sanoat va boshqa ishlab chiqarish 
    xonalaridagi havoning holati ekologik qonun hujjatlari bilan emas, balki sanitariya
    normalari bilan tartibga solinadi. Atmosfera havosi huquqiy holatining o‘ziga xos 
    xususiyati bo‘lib, uning mulk huquqi yoki foydalanish huquqi ob’ekti bo‘lmasligi
    hisoblanadi, chunki atmosfera havosini tabiiy xususiyatiga ko‘ra bo‘lib va 
    chegaralab bo‘lmaydi. Shunga qaramay, har bir davlat o‘z hududidagi atmosfera
    havosiga nisbatan suveren huquqlarga ega va undan boshqa davlatlar tomonidan 
    havo yo‘li sifatida foydalanish faqat shu davlatning ruxsati asosida amalga
    oshirilishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining Xavo kodeksini 1-moddasi). 
    Atmosfera havosining huquqiy holati uni muhofaza qilish bilan bog‘liq.
    Davlat atmosferani ifloslanishi va unga o‘zga zararli ta’sir ko‘rsatishning 
    chegaralarini belgilaydi. Ushbu chegaralar atmosfera havosini muhofaza qilish
    sohasidagi standartlar va normativlar bilan belgilanadi. 


    8
    O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish 


    to‘g‘risida”gi qonunda atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha


    ogohlantiruvchi, man qiluvchi, ruxsat etuvchi norma va tashkiliy chora-tadbirlar 
    belgilangan.
    Atmosfera havosi ifloslanishdan va zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatishdan 
    muhofaza etiladi. Atmosfera havosining ifloslanishi deganda, unga zararli
    moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash tushuniladi. Atmosfera 
    havosiga akustik (shovqin), elektromagnit, ionlashtiruvchi (radiatsion) va boshqa
    xil zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatilishi mumkin. 
    Atmosfera havosi ifloslantirish va unga fizikaviy ta’sir ko‘rsatishning
    ob’ekti bo‘lib statsionar (doimiy) yoki harakatlanuvchi manbalar bo‘lishi mumkin. 
    Statsionar manbalar qatoriga korxona, tashkilotlar va boshqa ko‘chmas mulk bilan
    bog‘liq bo‘lgan atmosfera havosiga chiqindi tashlovchi yoki zararli fizikaviy ta’sir 
    ko‘rsatuvchi ob’ektlar hisoblanadi. Harakatlanuvchi manbalar sifatida transport va
    boshqa harakatlanuvchi vositalar (karbyuratorli yoki dizel dvigateli bilan ishlovchi 
    elektrogeneratorlar, kompressorlar va hakozalr) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan.
    O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish 
    to‘g‘risida”gi qonun atmosfera havosini iste’mol qilish qoidalarini ham belgilaydi.
    Atmosfera havosini iste’mol qilish deganda, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 
    havoni yoki uning tarkibidagi zaruriy elementlarni (masalan, kislorod, azot va
    boshqalar) chiqarib (tortib) olish hisoblanadi. Atmosfera havosini iste’mol qilish 
    belgilangan meyyorlarga asoslanishi lozim.
    Atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish hozirgi zamonda nafaqat 
    davlat ichida, balki xalqaro miqyosda katta ahamiyatga ega, chunki yuqorida qayd
    qilinganidek atmosfera havosini chegaralab bo‘lmaydi va havo oqimi bilan 
    ifloslantiruvchi moddalar bir davlatdan boshqa davlat hududlariga o‘tadi va shu
    davlatdagi hayvonot va o‘simlik dunyosiga hamda inson salomatligiga zararli 
    ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun ham, atmosfera havosini muhofaza



    9
    qilishda nafaqat davlatning ichki qoidalari bilan, balki xalqaro normalar bilan ham 


    tartibga solish lozimdir.



    Download 165,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 165,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil dvigatelidan chiqadigan zaxarli gazlar miqdori (xajm

    Download 165,49 Kb.