3. Atmosfera havosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda ma’muriy, jinoiy, fuqarolik huquqiy
va intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 85-
89
1
va 125-moddalarida belgilangan. Mazkur Kodeks quyidagi huquqbuzarliklar
uchun ma’muriy javobgarlikni belgilaydi: ifloslantiruvchi modda va biologik
organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy ta’sir
ko‘rsatish yoki atmosfera havosini ist’emol qilish qoidalarini buzish (85-modda);
atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootlaridan hamda
zararli moddalar miqdori va tarkibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish
qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik (86-modda); chiqindilarida
ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan, shuningdek ishlab turgan
vaqtida shovqin darajasi normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa
harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash, foydalanishga chiqarish
hamda foydalanish (87, 125-moddalar); qurilish va boshqa ishlarni bajarish
chog‘ida yoqilg‘i moddalar va binokorlik materiallarini to‘plash va yoqish
chog‘ida atmosfera havosini muhofaza etish talablariga rioya etmaslik, bitum
eritishda maxsus qurilmadan foydalanmaslik (88-modda); o‘simliklarni himoya
qilish vositasi va boshqa dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash qoidalarini buzish
oqibatida atmosfera havosini ifloslantirish xavfini tug‘dirish yoki ifloslantirish
(89-modda); ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy
moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish (89
1
-modda).
14
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 85, 86, 87-moddasi 1-qismi
va 89
1
-moddada
ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklarning sub’ektlari bo‘lib
mansabdor shaxslar hisoblanadilar. Ushbu kodeksning 87-moddasi 2-qismi, 88 va
89-moddalarida
ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklarning sub’ektlari bo‘lib
mansabdor shaxslar va fuqarolar, 125-moddaning uchinchi qismida nazarda
tutilgan huquqbuzarliklarning sub’ekti esa faqat fuqarolar hisoblanadi.
Atmosfera havosiga zararli moddalar va biologik organizmlarni chiqarish
va unga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatishning belgilangan tartibi ko‘rsatib o‘tilgan
huquqbuzarliklarning ob’ekti hisoblanadi.
Mazkur moddalarda ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar qasddan yoki
ehtiyotsizlik orqasidan qilingan harakat yoki harakatsizliklar bilan sodir etilishi
mumkin.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari atmosfera havosini zararli
moddalar va biologik organizmlar bilan ifloslantirish bo‘yicha Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasining mansabdor shaxslari, atmosfera havosiga zararli
fizikaviy ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha esa Sog‘liqni saqlash vazirligini sanitar-
epidemiologik xizmatining mansabdor shaxslari, avtotransportdan foydalanish
jarayonida atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha Ichki ishlar
vazirligining davlat avtomobil nazorati mansabdor shaxslari qo‘llashga haqlidirlar.
Atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi
natijasida og‘ir oqibatlar vujudga kelsa, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksining 193-196, 201-moddalarida ko‘zda tutilgan jinoiy javobgarlik
choralari qo‘llaniladi. Mazkur kodeks quyidagi xatti-harakatlar uchun jinoiy
javobgarlikni belgilaydi: Sanoat, energetika va boshqa ob’ektlarni loyihalashtirish,
qurish, ishga tushirishda ekologik xavfsizlikka oid norma va talablarni buzish
(193-modda); atrof tabiiy muhitning radiatsion, kimyoviy va bakteriyaviy
ifloslantirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib
15
ko‘rsatish (194-modda); ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki
boshqacha tarzda tiklash choralarini ko‘rishdan bo‘yin tovlash yoki bunday
ishlarni etarli darajada bajarmaslik (195-modda); atmosfera havosini ifloslantirish
(196-modda); zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini
buzish (201-modda).
Ushbu huquqbuzarliklarni jinoyat deb topish uchun mazkur moddalarda
ko‘zda tutilgan og‘ir oqibatlar vujudga kelishi lozim. Insonning o‘limi,
odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan
darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishi, hayvonlarning qirilib ketishi yoki
boshqacha og‘ir oqibatlar jinoyat deb topish uchun asos bo‘ladi. O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksi boshqa og‘ir oqibatlarni yoritmaganligi sababli
har bir holatda mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib aniqlanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini 193, 195-moddalarida
ko‘zda tutilgan jinoyatning sub’ekti mansabdor shaxslar, 194-moddada ko‘zda
tutilgan jinoyatning sub’ekti maxsus vakolatga ega mansabdor shaxs, 196, 201-
moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatning sub’ekti fuqaro va mansabdor shaxslar
hisoblanadi.
Mazkur jinoyatlar qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida qilingan harakat
yoxud harakatsizliklar bilan sodir etilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksini 194-moddasida belgilangan jinoyat faqat
qasddan sodir etilishi mumkin.
Atmosfera to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun intizomiy
javobgarlik korxona, tashkilot va muassasa bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan
shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun
xodimlarga atmosfera havosining muhofaza etish vazifalari yuklatilgan bo‘lishi
lozim. Ushbu vazifalar mehnat shartnomasida yoki mehnat majburiyatlarini
taqsimlovchi boshqa hujjatda, masalan mansab yo‘riqnomasida o‘z aksini topishi
lozim. Xodimga yuklatilgan ushbu majburiyatlarni bajarmasligi unga intizomiy
16
javobgarlikni qo‘llashga asos bo‘ladi, masalan, atmosferaga zararli moddalar
chiqarish hisobini noto‘g‘ri yuritganligi uchun unga intizomiy javobgarlik chorasi
qo‘llanilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini 181-moddasiga muvofiq,
mehnat intizomini buzganlik uchun quyidagi jazo choralari qo‘llaniladi: xayfsan;
o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima; ichki
mehnat tartibi qoidalarida ko‘rsatilgan holatlarda, o‘rtacha oylik ish haqining ellik
foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida jarima solish va mehnat shartnomasini bekor
qilish.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 180-moddasining to‘rtinchi
qismida nazarda tutilgan qoidaga muvofiq intizomiy jazo amal qilib turgan muddat
mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Intizomiy jazo choralari korxona, tashkilot, muassasa rahbari yoki ustavda
belgilangan boshqa shaxs yoxud organ (mulkdor, kollegial organ) tomonidan
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini 182-moddasiga muvofiq nojo‘ya
xatti-harakat aniqlangandan keyin bir oy muddatda qo‘llanilishi mumkin.
Intizomiy jazo chorasi berilganligi to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki
qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Intizomiy jazo chorasi berilganligi
to‘g‘risidagi qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini 184-
moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Atmosfera havosiga nisbatan ekologik talablar buzilishi oqibatida
etkazilgan zarar aybdor shaxsdan undiriladi. Agar zarar etkazuvchi yuridik shaxs
bo‘lsa, u zararni qoplash majburiyati bilan birga, ushbu zarar etkazilishiga
bevosita aybdor xodimni moddiy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo‘ladi.
Xodimni moddiy javobgarlikka tortish tartibi va shartlari mehnat qonun hujjatlari
bilan belgilanadi. Moddiy javobgarlikning vujudga kelishi uchun quyidagi shart-
sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim: xodimning noqonuniy xatti-harakati, ya’ni o‘z
majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida
17
korxona, tashkilot, muassasaga haqiqiy zarar etkazilgan bo‘lishi lozim; xodimning
harakat yoki harakatsizligi aybli bo‘lishi kerak, xodimning harakat yoki
harakatsizligi va kelib chiqkan oqibatlar, ya’ni zarar etkazilishi bilan sababiy
bog‘lanish bo‘lishi lozim.
Aksariyat hollarda moddiy javobgarlikning miqdori qonun bilan
cheklangan, masalan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini 201-
moddasiga muvofiq, agar mazkur kodeksda boshqacha holat nazarda tutilgan
bo‘lmasa, xodim etkazilgan zarar uchun o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori
doirasida moddiy javobgar bo‘ladi. Agar xodim ekologik talablarni buzib qasddan
zarar etkazgan bo‘lsa yoki alkogolli ichimlik, giyohvandlik yoxud toksik modda
ta’sirida mastlik holatida zarar etkazgan taqdirda, hamda qonunlarda, shuningdek
Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan hollarda etkazilgan zarar uchun xodim to‘liq
moddiy javobgarlikka tortiladi (Mehnat kodeksining 202-moddasi).
Xodim tomonidan zararni ixtiyoriy ravishda to‘lash yoki uni majburiy
undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini 206 va 207-
moddalarida o‘z aksini topgan. Korxona, tashkilot va muassasa rahbarining zarar
undirish to‘g‘risidagi qarori zarar etkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir oy
ichida chiqarilishi lozim. Zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan
ortiq bo‘lmasa, korxona, tashkilot va muassasa rahbarining qaroriga binoan
undiriladi, agar zarar miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lsa,
yoki zarar aniqlangan kundan keyin bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, zarar sud
tartibida undiriladi.
Korxona, tashkilot va muassasaning mol-mulkiga etkazilgan zararni
undirish haqidagi qaror ustidan sud shikoyat qilinishi mumkin.
Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etilmagan taqdirda,
ekologik va iqtisodiy zarar etkazilishi mumkin.
Iqtisodiy zarar atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida tabiiy
ob’ektlarning nobud bo‘lishi, buzilishi, yo‘q bo‘lib yoki kamayib ketishi hamda
18
tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning xo‘jalik manfaatlariga ziyon
etkazilishida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘simlik va hayvonot dunyosining nobud
bo‘lishi, suvlarning, tuproqning zararli kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan
ifloslanishi oqibatida suv hamda tuproqning foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolishi
mumkin, yoxud suvlar va tuproqning holatini tiklash uchun yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan qo‘shimcha sarf xarajatlar qilishga majbur bo‘ladilar.
Atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalarini buzish oqibatida ekologik
zarar tabiiy sharoit yomonlashuvi, tabiiy ob’ektarning son va sifat jihatdan salbiy
o‘zgarishlari orqali namoyon bo‘lib, insonning toza, sog‘lom va qulay tabiiy
muhitga bo‘lgan huquqi buziladi.
Qonun hujjatlarida atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida unga
zararli ta’sir ko‘rsatishning yo‘l qo‘yiladigan doiralari (chegaralari) belgilanadi.
Atmosfera havosiga chiqariladigan zararli moddalar va biologik organizmlarni
chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l
qo‘yiladigan normativlari orqali havoning insonga va tabiiy muhitga zarar
ko‘rsatmaydigan sifati ta’minlanadi. SHundan kelib chiqqan holda, atmosfera
havosiga faqat noqonuniy, ya’ni belgilangan normativlarga rioya etmaganlik
oqibatida etkazilgan zarar undirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksini 985-moddasi, “Tabiatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 49-modasi va “Atmosfera havosini
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasiga muvofiq, etkazilgan zarar
etkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Atmosfera havosiga fuqarolik-huquqiy huquqbuzarligi sodir etilishi
oqibatda zarar etkaziladi. Ushbu zararning tarkibiga quyidagilar kiradi: haqiqiy
etkazilgan zarar, ekologik zararning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan
harajatlar va olinmagan daromadlar.
Haqiqiy etkazilgan zararga nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonot
dunyosining, qishloq xo‘jaligi ekinlarining qiymati kiradi. Tabiiy ob’ektlarni
19
tiklash, ifloslangan suvlarni, tuproq va havoni tozalashga ketgan harajatlar
ekologik zarar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan majburiy harajatlarni tashkil
etadi. Olinmagan daromadga shu tabiiy ob’ektning foydalanishdan kelib tushishi
lozim bo‘lgan, ammo uning nobud bo‘lishi yoki yomonlashuvi oqibatida
olinmagan, yoxud olish imkoniyati yo‘qolgan daromad, masalan, tuprog‘i
kimyoviy, radiaktiv moddalar bilan ifloslangan er maydonidan tushadigan
daromad hisoblanadi.
Atmosfera havosiga etkazilgan zararni qoplash ixtiyoriy yoki majburiy
bo‘lishi mumkin. Uni majburiy undirish Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish va uni muhofaza etishni tashkil qiluvchi
davlat organlarining, manfaatdor boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning
da’vosiga asosan, tegishlicha sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga asosan amalga
oshiriladi.
Yuqorida qayd etilgan javobgarlik jazo choralaridan tashqari O‘zbekiston
Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuning
13-moddasida maxsus choralar belgilangan. Atmosferaga ifloslantiruvchi
moddalar, biologik organizmlar chiqarish, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir
ko‘rsatishi hamda atmosfera havosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarda
nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bog‘liq faoliyat mahalliy davlat
hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ularning vakolat doirasi qabul
qilgan qaroriga ko‘ra cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish
sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa - tugatilishi mumkin.
Ushbu choralar sanksiya xarakteriga ega, chunki belgilangan talablarni buzilishi
bilan bog‘liq, va ular ekologik huquqiy javobgarlik choralaridir.
|