Benzin, yoqilg‘i havo aralashmasini elektr uchquni bilan alanga oldiradigan
porshen karbyuratorli dvigatellar uchun yoqilg‘i sifatida ishlatiladi (porshenli
samolyotlar, avtomobillar, mototsikllar va boshqa mexanizmlar). Benzin ma’lum
fraksion tarkibga, dvigatelda to‘liq bug‘lanish, tez alangalanish xossasiga ega
bo'lgan to‘yingan bug’
bosimiga, detonatsiya va kimyoviy chidamlilikka ega
bo‘lishi, uskunalarni korroziyaga uchratmasligi lozim. Masalan, B-100 markali
aviatsiya benzini 40—180 °Cda 97,5 % haydaladi, 10% 75° Cda qaynaydi, -60
°Cda muzlaydi, 46200 kJ/kg issiqlik beradi.
Benzinning detonatsiyaga chidamliligi uning muhim xarakteristikasidir. U
yoqilg‘ini tashkil etgan komponentlarning termik barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Karbyuratorli dvigatelning issiq silindriga benzin bug‘i bilan havo aralashmasi
keladi,
porshen ularni siqadi, maksimum siqilgach svecha uchquni bilan
alangalanib yonadi. Hosil bo‘lgan gazlar porshenni harakatga keltiradi. Dvigatel
ishining mahsuldorligi silindrda gazlar aralashmasining siqilish darajasiga bog‘liq
bo‘lib, yoqilg‘i bir tekisda yonganda va alanganing tarqalish tezligi 10—20 m/s
bo‘lganda eng yuqori bo‘ladi. Ammo ba’zan yoqilg‘i havo aralashmasi ma’lum
darajagacha siqilgach yonish tezligi 2000 m/s gacha keskin oshadi, portlash
(detonatsiyalanish) tezligi yaqinlashadi. Natijada silindrda qattiq urilish bo‘lib, uni
qizib ketishiga, tez ishdan chiqishiga, dvigatel
kuchining pasayib ketishiga,
yoqilg‘ining ortiqcha sarflanishiga olib keladi.
Detonatsiyaning sababi uglevodorodlarning termik parchalanib o‘ta beqaror
peroksidlar hosil qilishidir. Ular siqilishga chidamsiz bo‘lib zanjirli reaksiyani
kuchaytirib yuboradi. Yuqori molekular massaga va normal tuzilishga ega bo‘lgan
to‘yingan uglevodorodlar detonatsiyaga moyil bo‘ladi, aksincha izotuzilishga
(tarmoqlangan) ega bo'lgan uglevodorodlar detonatsiyaga chidamli bo‘ladilar.
Shuning uchun ham benzinlarning detonatsiyaga qarshi xossasiga baho berish
uchun oktan soni (shkalasi) qabul qilingan. N - geptanning detonatsiyaga
chidamliligi shartli ravishda “0” deb, izooktanniki (2,2,4-trimetilpentan) esa 100
deb qabul qilingan. Oktan soni deb benzinning detonatsiyaga chidamliligining
o'lchov birligiga aytiladi. U son jihatdan izoaktanning N-geptan bilan
aralashmasidagi foiz miqdoriga tengdir va standart bir silindrli dvigatellarda yoki
o‘sha yoqilg‘iga moljallangan eksperimental dvigatellarda sinash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Uglevodorodlarning oktan soni ularning molekular massasi va tuzilishiga
bog‘liq bo‘ladi. Normal tuzilishga ega bo‘lgan alkanlarda molekular massasining
ortib borishi bilan oktan soni ham o‘zgarib boradi, masalan: etan-125, propan-120,
butan-93, pentan-64, geksan-26, geptan-0, oktan- (-20) teng. Oktan sonining
molekular massaga bog‘liq boiishi to‘yinmagan, siklik va aromatik
uglevodorodlarga ham xarakterlidir. Uglevodorod zanjirining tarmoqlanish
darajasining ortishi bilan oktan soni ham ortadi, misol uchun: geptan-0, 2,2-dimetil
pentan-89; 2,2,3- trimetilbutan-104; oktan soni to‘yingan uglevodorodlardan
to‘yinmaganga o‘tganda ham ortadi. Masalan,
uglerod soni bir xil boiib,
to‘yingandan to'yinmaganga va undan ham halqaligiga, halqalidan aromatikka
o‘tgan sayin ortib boradi, masalan: geksan-26, geksen-1-63, siklogeksan-77,
benzol-106.
Benzinning detonatsiyaga chidamliligi unga antidetonator deb ataluvchi ba’zi
bir moddalarni qo‘shish bilan oshirish mumkin. Masalan, tetraetil qo‘rg‘oshin
Pb(C
2
H
5
)
4
brometan va xlornaftalin bilan aralashmasidan (etil suyuqligi) 11
benzinga 3 ml qo‘shilsa uning oktan soni 70dan 90gacha ortadi, ammo etil
suyuqligi juda zaharli bo'lganligi hamda u qo‘shilgan benzin yonganida
qo‘rg‘oshinning zaharli birikmalari hosil bo‘lib, atrof- muhitni,
atmosferani
zaharlashi sababli undan foydalanish keyingi yillarda qisqarib bormoqda.
Antidetanator
sifatida
marganets
metilsiklo-pentadienil
karbonil
(CH
3
C
5
N
4
Mn(CO)
3
) ham ishlatiladi. Motor yoqilg‘isini oktan sonini oshirishining
nisbatan samarali usuli, bu yoqilg‘ini qayta ishlash paytida uni uglevodorodlar
tarkibini o‘zgartirishdan (turli xildagi katalitik krekinglarni qoilash orqali) yoki
benzinga oktan soni yuqori bo'lgan komponentlar (izooktan, triptan, kumol va
boshqa aromatik uglevodorodlar) qo'shilishdan iboratdir. Dizel yoqilg‘isi —
kerosin, gazoyl, solyar moylari bolib, ichki yonar dvigatellarida qo‘llaniladi. Ular
yonish kamerasiga bevosita purkaladi. Katta bosim, yuqori harorat va siqilgan
havo ta’sirida purkalgan yoqilgi o‘z-o‘zidan yonib ketadi. Yonishdan hosil
bo‘lgan gazlar ish bajaradi. Bunday dvigatellarning foydali ish koeffitsienti(FIK)
juda yuqori bo‘ladi (yuk
avtomobillari, teplovozlar, teploxodlar, kichik
elektrostansiyalar va boshqalarda qollaniladi). Bunday yoqilg‘ilarning o‘z-o‘zidan
alangalanib yonib ketishi, qovushqoqligi, fraksion tarkibi,
qotish harorati,
kokslanish va boshqa xossalari ularning muhim ko‘rsatkichlari deb hisoblanadi.
Yoqilg‘ilami o‘z-o‘zidan alangalanib ketishi setan soni bilan baholanadi. Setan
soni qanchalik yuqori bo'lsa yoqilg‘i shunchalik sifatli hisoblanadi. Setan soni
dizel yoqilg'isini etalon aralashma bilan taqqoslab ko'rish orqali aniqlanadi. Etalon
aralashma bu setan (geksadekan C
16
H
34
uning setan soni “100“ deb qabul qilingan)
va α-metil naftalin — C
10
H
?
CH
3
(setan soni “0” deb qabul qilingan)
aralashmasidan iborat bo‘lib, dizel yoqilg‘ilarida setan soni 40 dan 50 gacha
bo‘ladi. Dizel yoqilg‘isining setan soni yoqilg‘iga yuqori molekular parafin
uglevodorodlari yoki peroksid moddalar qo'shish bilan oshiriladi.