• 20.1.2-rasm. Taqsimlash qurilmasi tuzilishi: А - kuch o‗chirgich qismi; В - kabel ulanish qismi; С - yig‗ma shina; D - rele va avtomatika qismi.1 – yig‗ma shinalar; 2
  • -rasm. Ochiq taqsimlash qurilmasi ko‗rinishi




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet158/199
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #157767
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   199
    Bog'liq
    DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

    20.1.1-rasm. Ochiq taqsimlash qurilmasi ko‗rinishi 
    KRУ statsionar yoki harakatlanuvchi bo‗lishi mumkin.
    Birinchi holda kommutatsiya apparatlari qo‗zg‗almas shkaf ichiga 
    joylashtiriladi, ikkinchi holda esa harakatlanuvchi teleshkaga o‗rnatilgan 
    bo‗ladi. Asosiy kommutatsiya apparatlari: kam moyli, vakuumli va 
    elektromagnit uzgichlar bo‗lishi mumkin (20.1.2-rasm). 


    217 
    1 – yig‗ma shinalar; 2– kontakt tizimi; 3 – o‗tish izolyatorlari; 4 – 
    o‗tish izolyatorlari; 5 – Yerlagich ЗРФ; 6 – tok transformatori; 7 – nol 
    ketma-ketlik tok transformatori; 8 – to‗siq (parda); 9 – tortiluvchi element; 
    10 – o‗ta kuchlanishdan chegaralagich; 11 – kabelli ulanishlar;12 –tayanch 
    izolyator; 13 – yerlagich shinasi; 14 – olinuvchi to‗siq; 15 – kabelli ulanish 
    shinasi. 
    20.1.2-rasm. Taqsimlash qurilmasi tuzilishi: А - kuch o‗chirgich qismi; В - kabel 
    ulanish qismi; С - yig‗ma shina; D - rele va avtomatika qismi.1 – yig‗ma shinalar; 2– 
    kontakt tizimi; 3 – o‗tish izolyatorlari; 4 – o‗tish izolyatorlari; 5 – Yerlagich ЗРФ; 6 – 
    tok transformatori; 7 – nol ketma-ketlik tok transformatori; 8 – to‗siq (parda); 9 – 
    tortiluvchi element; 10 – o‗ta kuchlanishdan chegaralagich; 11 – kabelli ulanishlar;12 –
    tayanch izolyator; 13 – yerlagich shinasi; 14 – olinuvchi to‗siq; 15 – kabelli ulanish 
    shinasi
    Podstansiya elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida, ularning 
    izolyatsiyasi har xil sharoitlar (faktorlar) ta‘siriga uchraydi va shu sababli 
    matyerial izolyatsiya xususiyati o‗zgaradi, izolyatsiya xususiyati o‗zgarishi 
    qayta tiklanadigan yoki tiklanmaydigan bo‗lishi mumkin. 


    218 
    Izolyatsiya tiklanmaydigan bo‗lishi, matyerialning fizikaviy va 
    kimyoviy tuzilishi o‗zgarishi yomonlashishini natijasidir. Bunday 
    holatlarda matyerial eskirgan deyiladi va yana uning elektr xossasi 
    yomonlashishi, elektr mustahkamligi pasayishi izolyatsiyasining tabiiy 
    holda sekin va uzoq muddatda sodir bo‗ladi. 
    Ko‗p hollarda izolyatsiyaning mexanik shikastlanishi paydo bo‗lishi 
    kuzatiladi, buning natijasida nozik joylar paydo bo‗ladi (yoriladi, oraliq 
    paydo bo‗ladi), ya‘ni joylarda nuqsonlar sodir bo‗ladi. 
    Bu nuqsonlar paydo bo‗lishiga asosiy sabab, izolyatsiyaning 
    eskirishi, bu kuchli zaryadsizlanishlar davrida qisqa vaqtda o‗ta 
    kuchlanish, mexanik nosozliklar, ko‗p sig‗imli ifloslanishlar, yuzlarning 
    namlanishlari va bir qator sabablarga ko‗ra yuzaga keladi. Izolyatsiyadagi 
    nuqsonlarni aniqlash uchun oldini olish tekshirish va sinash ishlari olib 
    boriladi, bo‗larning bajarilish darajasi va olib borilishi maxsus qo‗llanma, 
    ko‗rsatmalar asosida belgilanadi va bo‗lar elektr qurilmaning vazifasiga, 
    uning ishonchlik talabiga, ifloslanish ko‗rsatgichi, ishlash harorati va 
    ishlatish texnologik jarayoniga bog‗liq. 
    Izolyatsiyani oldini olish tekshirish va sinash usullari asosan 
    quyidagilar hisoblanadi: 
    a) 
    megaommetrda izolyatsiya qarshiligini o‗lchash yoki o‗tkinchi 
    toki o‗tkazuvchanligini o‗lchash; 
    b) 
    sig‗imini o‗lchash; 
    v) dielektrik yo‗qolishini o‗lchash; 
    g) 
    o‗zgaruvchan tokning yuqori kuchlanishida sinash; 
    h) 
    to‗g‗rilangan tokning yuqori kuchlanishida sinash; 
    i) 
    qisman 
    zaryadsizlanishini 
    aniqlagichda 
    (indikatorda) 
    izolyatsiyasini sinash. 
    Ochiq havoda RU ni o‗rnatishda quyidagi talablarga rioya qilish 
    kerak: 
    1.Qurilmalar 
    rejalashtirilgan 
    maydonchada 
    kamida 
    0,2 

    balandlikda joylashtirilishi, atrof-muhit sharoitlariga mos keluvchi 
    konstruksiyalarga ega bo‗lishi kerak. Qor uyumlarining balandiligi 1 m va 
    undan yuqori bo‗lganda shkaflar balandlatilgan fundamentlarda o‗rnatilishi 
    kerak. 
    2. Shkaflarda apparatlar, rele va o‗lsov asboblari, xisoblash 
    asboblarini davlat standartlari talablariga asosan normal ishlashini 
    ta‘minlash uchun mahalliy isitish moslamasi bilan ta‘minlashi kerak. 
    Ishlab chiqarish xonalarida taqsimlash qurilmalarining o‗rnatilishi: 
    1. Yo‗riqnomadan o‗tkazilmagan xodimlar kirishi mumkin bo‗lgan 
    xonalarda o‗rnatilgan RU butun to‗siqlar bilan berkitilgan tok o‗tkazuvchi 


    219 
    qismlarga ega bo‗lishi kerak. 
    RUda ochiq tok o‗tkazuvchi qismlar ishlatilganda, to‗silgan bo‗lishi 
    kerak. Bunda to‗siqlar to‗rli, butun yoki aralash bo‗lishi va balanligi 
    kamida 
    1,7 

    bo‗lishi kerak. 
    To‗rli 
    to‗siqdan 
    qurilmaning 
    izolyatsiyalanmagan tok o‗tkazuvchi qismlarigacha bo‗lgan masofa kamida 
    0,7 m va butun to‗siqlarda ushbu Qoidalarning 4.1.15-bandiga asosan 
    bo‗lishi kerak.
    2. Simlar va kabellarning uchlari qurilma ichida joylashgan bo‗lishi 
    kerak. 
    3. Yechib olinadigan to‗siqlar, shuningdek maxkamlanishi kerakki, 
    ularni maxsus asbob yordamisiz yechishning imkoni bo‗lmasin. Eshiklar 
    kalit bilan qulflanishi kerak. 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   199




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ochiq taqsimlash qurilmasi ko‗rinishi

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish