§24.3. Neytrali izolyatsiyalangan 1000 V dan yuqori kuchlanishli




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

§24.3. Neytrali izolyatsiyalangan 1000 V dan yuqori kuchlanishli 
elektr jihozlarni zaminlash. Neytrali berk yerlangan 1000 V gacha
kuchlanishli elektr jihozlarni zaminlash. 
Generator, transformator, ba‘zi bir elektr motorlari elektr uzatish
liniyalarining shuntlovchi reaktorlari va energiya tizimining boshqa
bir bo‗laklari neytrallarga egalar. Bu neytrallar rejimlari (ularni
yerlashtirish usullari) tarmoqning texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlariga
juda katta ta‘sir ko‗rsatadilar (masalan, izolatsiya darajasiga, elektr 
tarmoqlarini o‗rta kuchlanish va qisqa tutashishlardan hamda shu kabi
nonormal hollardan saqlovchi uskuna va vositalarga bo‗lgan
talablarga, kapital qurilishiga, ishlash puxtaligiga xavfsizlik texnikasi 
masalalari va boshqalarga). 
Ta‘minlovchi va ta‘minlanuvchilar neytral o‗tkazgichlari va
neytral nuqtalarning o‗zaro birlashmasi jamlamasiga tarmoq neytrali
deb ataladi. Elektr tarmog‗i rejimi tufayli neytralni yer bilan 
tutashtirish ishchi yerlashtirish deb ataladi. Bunday atalishiga asosiy 
sabab - hamma yerlashtirish, ya‘ni ekspluatatsiya qiluvchilami
himoyalash hamda momaqaldiroqdan himoyalash kabi vazifalami
bajaruvchi va shu tufayli tizim himoyasini barqaror bo‗lishligini 
ta‘minlagichdan farqlanishdir. 
Xalqaro elektrotexnik komissiya (XEK) va ST SEV 3230-81
tavsiyalariga asosan uch fazali o‗tkazgich fazalari Li, L2, L3 harflari
bilan, o‗zgarmas tokda esa L- va L+ (L harfi inglizcha «Live»—
tirik, hayot so‗zidan olingan) bilan belgilanadi. 0 ‗zgaruvchan tok
neytral o‗tkazgichi N harfi (neutral), o‗zgarmas-o‗zgaruvchan tokda
M (middle) harflari bilan belgilanadi. Yerlashtirilgan o‗tkazgichlar E
(earth- «yer») bilan, himoya o‗tkazgichlari R (proteo tion- 
«himoya»), potensial tenglashtirgich o‗tkazgichlar U harfi bilan 
belgilangan. 
Agarda o‗tkazgich bir nechta funksiyani bajaradigan bo‗lsa,
unda tegishli harflar kombinatsiyasi qo‗llanadi, masalan, yerlashtirilgan 
faza o‗tkazgichi LI endi LIE orqali yerlashtirilgan himoya neytral 


254 
o‗tkazgichi PEN bilan, himoya potensial tenglashtiruvchi o‗tkazgich FU
orqali ifodalanadi. 
PUE bo‗yicha harfiy ifodalar tizimi standartdan birmuncha
farqlanadi: uch fazali o‗tkazgichlar A, V va S harflari bilan,
o‗zgarmas tok qutblari «+» va «—« bilan, o‗zgaruvchan va
o‗zgarmas tok tizimining ishchi neytral o‗tkazgichlari tegishli
ravishda N va M harflari bilan belgilanadi. Boshqa qiymatlarning
harfiy ifodalari cheklanishga ega emas. 
Izolatsiyalanmagan o‗tkazgichlar (masalan, shinalar) bir- biridan
ajratish uchun rangli bo‗yoqlar bilan bo‗yaladi. PUE bo‗yicha LI,
L2, L3 (A, V, S) o‗tkazgichlari sariq, yashil va qizil ranglarga,
ishchi neytral o‗tkazgichlar (N yoki M) havorangga, himoyali
yerlashtirilgan o‗tkazgichlar bo‗yicha yashil rangga bo‗yalib ustidan
sariq chiziqlar tortiladi (chiziqlar eni 15, oralig‗i 150 mm.ga teng). 
Izolatsiyalangan egiluvchi (ko‗tarib yurishda xizmat qiluvchi
asboblar) o‗tkazuvchilari texnika xavfsizligi nuqtayi nazaridan
farqlanadigan rangga ega izolatsiyali materialdan qoplangan bo‗lib,
bulardan neytralning himoya va ishchi o‗tkazgich tolalari zangori va
sariq ko‗ndalang yoki bo‗ylamasiga bo‗yaladi, ikkinchisi (ishchi)—
havorangga, qolganlari esa istalgan rangga bo‗yalgan bo‗lishi mumkin. 
Izolatsiyalangan 
neytral 
tarmoqlar 
(24.3.1-rasm) 
kam 
tarmoqlangan elektr obyektidir. Neytralni izolatsiyalangan elektr
qurilmalari, odatda, xavfsizlik texnikasiga yuqori talab qo‗yilganda,
izolatsiya ishlash puxtaligi yaxshi nazoratga olinganda va oqibatda 
yerga tutashish holi yuz berganda, uni tezlik bilan aniqlash imkoni
hosil bo‗ladi. bunda, albatta, yerga tutashish holini tezlik bilan
bartaraf qilish yoki yerga tutashgan joyini avtomatik ravishda tok
manbaidan uzishni bajarish talab etiladi. 
24.3.1-rasmda neytrali yerdan ajratilgan holdagi uch fazal 
tarmoqning ekvivalent sxemasi keltirilgan (yoy o‗chiruvchi reaktori
yo‗q sxema). Tok manbai yulduz sxemasi bo‗yicha ulangan
ekvivalent manba orqali barcha liniyalar bitta ekvivalent liniya
bilan, barcha iste‘molchilar bitta ekvivalent iste‘molchi bilan
almashtirilgan. Normal rejim holatida barcha faza kuchlanishlari ( U
A
, U
B
va U
C
) o‗zaro simmetrik burchaklarga burilgan va miqdor 
jihatidan bir-biriga teng. 
Faza yuklanishlari simmetrik holatda kechganda (24.3.1, b-
rasm), X-X tugunlari uchun quyidagilami yozish mumkin: 


255 
;
;
;
B
CCO
C
B
BCO
B
A
ACO
A
I
I
I
I
I
I
I
I
I









bunda, I

, I

va I

- ta‘minlovchi manba tomonidagi faza 
toklari; 
I
ACO
, I
BCO
va I
CCO
- uzatish liniyasidagi sig‗im toklari 
vektorlari; 
I
A
, I
B
va I
C
- yuklamaning faza toklari. 
Yuklama ulanmagan holda zanjirdan sig‗imiy yoki boshqacha
aytganda, zaryad toki o‗tadi. Fazalardagi sig‗imiy toklar hamma vaqt 
bir-biriga teng. Bu tokning qiymati teng 
l
C
U
X
U
I
f
C
f
CO
0



bunda, U
f
- faza kuchlanishi moduli; 
X
C
- elektr uzatish liniyasining sig‗imiy qarshiligi; 
ω= 2 πf - burchak chastotasi; 
l - elektr uzatish liniyasi uzunligi; 
C
0
— liniyaning faza sig‗imi. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§24.3. Neytrali izolyatsiyalangan 1000 V dan yuqori kuchlanishli

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish