-BOB. ZAMINLASH JIHOZLARINI ISHLATISH




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

24-BOB. ZAMINLASH JIHOZLARINI ISHLATISH. 
§24.1. Barcha zaminlash jihozlari va ularga qoʻyiladigan talablar. 
Erga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar: 
1.Yerga ulovchi va nolli himoya simlarini yerga ulagichlarga, 
yerga ulovchi konturga va yerga ulovchi konstruksiyalarga ulash 
payvandlash bilan, apparatlar, mashinalar va elektr uzatish xavo 


250 
liniyalari tayanchlari korpuslariga ulash esa - payvandlash yoki 
mustaxkam boltli birikmalar orkali bajarilishi shart va GOST 10434-
82 talablarini koniktirishi kerak. 
Yerga yoki nol simiga ulanishi kerak bulgan elektr qurilmani har bir
qismi yerga ulash yoki nol simiga ulash tarmog‗iga alohida sim orqali
ulanishi shart. Elektr qurilmalarni yerga yoki nol simiga ulanuvchi
qismlarini yerga yoki nolli o‗tkazgichiga ketma-ket ulash man qilinadi. 
2. Ochik o‗tkazilgan, po‗latdan qilingan yerga ulash simlari 
ajralib turadigan rangga ega bo‗lishi shart. 
3. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr qurilmalarda yerdan faza 
yoki nol simi sifatida foydalanish man etiladi. 
4. Yerga ulash qurilmasining texnik holatini aniqlash uchun davriy 
ravishda quyidagilar o‗tkazilishi shart: 
yerga ulovchi qurilmalarning ko‗rinadigan qismlarini tashqi 
ko‗rikdan o‗tkazish; 
yerga ulagich va yerga ulanayotgan elementlar o‗rtasidagi zanjirni 
tekshirish bilan ko‗rikdan o‗tkazish ( yerga ulovchi qurilma bilan 
apparatlarni birlashtiruvchi simlarda uzilgan va konikarsiz kontaktlar 
yo‗qligi), shuningdek transformatorlarning teshiluvchi saqlagichlarni 
tekshirish; 
yerga ulash qurilmasining qarshiligini o‗lchash; 
faza - nol zanjirini tekshirish; 
tabiiy yerga ulash ulashlarining mustaxkamligini tekshirish; 
yerga ko‗milgan yerga ulash qurilmasining elementlarini qurish 
uchun tuproqni ixtiyoriy tanlab ochib ko‗rish; 
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lgan elektr uzatish liniyalari 
tayanchlari uchun tuproqning solishtirma qarshiligini o‗lchash. 
5. Yerga ulash qurilmasining tashqi ko‗rigi TK, transformatorli
podstansiyalar va taqsimlovchi punktlar, shuningdek sex elektr 
uskunalarining va boshqa elektr qurilmalarning ko‗rikdan o‗tkazish bilan 
birga o‗tkaziladi. 
Ko‗rikdan o‗tkazishlar, aniqlangan nosozliklar, qabul qilinagan
choralar haqidagi tegishli yozuvlar yerga ulash qurilmasining ko‗rikdan 
o‗tkazish jurnalida, yoki tezkor jurnalda qayd etilishi kerak. 
6. Yerga ulash qurilmalarining qarshiliklari qiymatini, tegish
kuchlanishi amaldagi Elektr uskunalarini SQ va M ga muvofiq 
bo‗lishini ta‘minlash maqsadida, EQTQ talablari bilan aniqlangan 
darajada saqlab turish shart. 
7. Ekspluatatsiyadagi har bir yerga ulash qurilmasi, qurilmaning
sxemasi, asosiy texnik ma‘lumotlari, uning holatini tekshirish 


251 
ma‘lumotlari, ushbu qurilma konstruksiyasiga kiritilgan ta‘mirlar va 
o‗zgarishlar xarakteri haqida ma‘lumotlar ko‗rsatilgan pasportga ega 
bo‗lishi kerak. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish