• §24.4.Neytrali izolyatsiyalangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr jihozlarni zaminlash.
  • -rasm. Neytrali yerdan ajratilgan tizimning sxemasi




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet181/199
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #157767
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   199
    Bog'liq
    DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

     
    24.3.1-rasm. Neytrali yerdan ajratilgan tizimning sxemasi 
    Elektr qurilma qismining bir bo‗lagi yoki nuqtasi qurilmaning
    izolyatsiyalangan konstruksiya yoxud yer bilan tutashib qolsa,
    tizimda bir fazali qisqa tutashish holati ro‗y beradi. 
    Qisqa tutashgan joyda yerga tok o‗ta boshlaydi va yer potesiali
    tarmoq kuchlanishi qiymati darajasigacha o‗sa boshlaydi. 
    Neytrali yer bilan tutashmagan tarmoqda yer bilan vositali
    aloqa izolatsiyasining takomil emasligi yoki buzilgani oqibatida ro‗y
    beradi. Izolatsiyasi buzilgan faza kuchlanishi yerga nisbatan nolga
    tenglasha boradi, izolatsiyasi buzilmagan ikkita boshqa fazalaming


    256 
    kuchlanishi fazalararo kuchlanishga teng bo‗ladi. Bu fazalar zaryad
    toklari
    √ marotaba A fazasining sig‗imiy toki nolga tenglashadi.
    Shunga ko‗ra yerga tutashgan holat uchun sig‗imiy tok normal 
    holatga nisbatan 3 marotaba ortadi, ya‘ni 
    0
    0
    3
    3
    3
    I
    l
    C
    U
    I
    I
    f
    dsk
    aks




    formuladagi I
    ask
    toki zanjir kuchlanishi, chastota va fazaning
    yerga nisbatan sig‗imi orqali aniqlanadi. Faza sig‗imiy, asosan,
    liniya konstruksiyasi va uzunligiga bog‗liq bo‗lib qoladi. 
    Yerga tutashish amalda fazalararo kuchlanish tizimiga va 
    iste‘molchining ish rejimiga unchalik ta‘sir ko‗rsatmaydi. Shunga
    ko‗ra neytrali yer bilan tutashmagan tarmoqlarda yerga tutashish
    holati avariya holatiga olib kelmaydi, bu anormal holatni vujudga 
    keltiradi xolos. Bunda shikastlangan liniya tarmoqda ulangan holda 
    bir qancha vaqt ishlab turishi mumkin. 
    §24.4.Neytrali izolyatsiyalangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr 
    jihozlarni zaminlash.
     
    Elektr uskunani yerga ulash uchun foydalaniladigan yerga ulash 
    qurilmasining qarshiligi 4 Om dan ortiq bo‗lmasligi kerak. 
    Generatorlarning va transformatorlarning quvvati 100 kVA va undan 
    past bo‗lganda yerga ulash qurilmalari 10 Om dan katta bo‗lmagan 
    qarshilikka ega bo‗lishlari mumkin. Agar generatorlar va transformatorlar 
    parallel ishlasalar, 10 Om qarshilik ularning umumiy quvvati 100 kVA dan 
    ortmaganda ruhsat etiladi. 
    Generatorning, transformatorning neytrali 1000 V gacha tomonida 
    yerga ulovchi o‗tkazgich yordamida yerga ulash qurilmasiga ulangan 
    bo‗lishi shart. Yerga ulovchi o‗tkazgichning kesim yuzasi 24.4.1-jadvalda 
    ko‗rsatilgandan kam bo‗lmasligi kerak. 
    Ye
    rga ulovchi va nol himoya o‗tkazgichlarning eng kichik o‗lchamlari 
    24.4.1-jadval 
    Nomi 
    Mis 
    Alyumi 
    niy 
    Po‗lat 
    bino 
    ichida 
    tashqi 
    qurilmalarda 
    erda 
    Izolyatsiyalanmagan 
    o‗tkazgichlar: 
    kesim yuzasi, mm
    2
    diametr, mm 









    10 
    Izolyatsiyalangan o‗tkazgichlar: 
    kesim yuzasi, mm
    2
    1,5* 
    2.5 



    Faza tolalari bilan umumiy 
    himoya qobig‗iga ega bo‗lgan 

    2,5 





    257 
    kabellar va ko‗p tolali simning 
    yerga ulovchi va nol tolalari, 
    mm2. 
    Burchakli 
    po‗lat: 
    rafning 
    qalinligi mm. 



    2,5 

    Po‗lat tasma: 
    kesim yuzasi, mm2 
    qalinligi, mm 




    24 

    48 

    48 

    Suv va gaz uzatuvchi (po‗lat) 
    quvurlar: devor qalinligi, mm 


    2,5 
    2,5 
    3,5 
    Devor qalinligi kichik bo‗lgan 
    po‗lat quvurlar: devor qalinligi, 
    mm 


    1,5 
    2,5 
    Ruxsat 
    etil-
    maydi 

    O‗tkazgichlar trubalarda o‗tkazilganda, nol himoya simining kesimi 1 mm
    2
    ga teng 
    olishga ruxsat etiladi, agar faza o‗tkazgichlarining kesimi xuddi shunga teng bo‗lsa 
    Generatorning yoki transformatorning neytralidan taqsimlovchi 
    qurilmaning shchitiga borayotgan nol ishchi o‗tkazgichdan yerga ulovchi 
    sim sifatida foydalanishga ruhsat etilmaydi. 
    Ko‗rsatilgan yerga ulagich generator yoki transformatorning bevosita 
    yaqinida joylashgan bo‗lishi kerak. Alohida xollarda, masalan, sexlar 
    ichidagi podstansiyalarda yerga ulagichni bevosita bino devori oldida 
    qurilishiga ruhsat etiladi. 
    Nol ishchi o‗tkazgichni generator yoki transformator neytralidan 
    taqsimlovchi qurilmaning shchitiga chiqarilishi: fazalar shinalar bilan 
    chiqarilganda–izolyatorlarga o‗rnatilgan shina bilan; fazalar kabel (sim) 
    bilan chiqarilganda–kabel (sim) tolasi bilan amalga oshirilgan bo‗lishi 
    kerak. Alyuminiy qobiqli kabellarda, qobiqdan to‗rtinchi tola o‗rnida, nol 
    ishchi o‗tkazgich sifatida foydalanishga ruhsat etiladi. 
    Generator yoki transformator neytralidan ketayotgan nol ishchi 
    o‗tkazgichning o‗tkazuvchanligi, fazalar chiqarmasi o‗tkazuvchanligining 
    50% idan kam bo‗lmasligi kerak. 
    Generatorlarning yoki transformatorlarning yoki bir fazalik tok 
    manbai chiqarmasining neytrallari ulangan yerga ulash qurilmasining 
    qarshiligi yilning istalgan vaqtida liniyaviy (fazalararo) kuchlanishlar uch 
    fazali tok manbaida 660 V, 380 V va 220 V bo‗lganida, yoki bir fazali 
    tok manbaida 380 V, 220 V va 127 V bo‗lganida tegishlicha 2, 4 va 8 Om 
    dan katta bo‗lmasligi kerak. Ushbu qarshilik, tabiiy yerga ulagichlardan, 
    shuningdek 1000 V gacha chiqib ketayotgan liniyalar soni ikkitadan kam 
    bo‗lmaganda XL ning nol simi yerga qayta ulanishlarining yerga 
    ulagichlaridan foydalanish hisobga olinib, ta‘minlanishi kerak. Bunda, 
    generator yoki tansformator yoxud bir fazali tok manbai chiqarmasi 


    258 
    neytralining bevosita yaqinida joylashgan yerga ulagichning qarshiligi, uch 
    fazali tok manbaining liniyaviy (fazalararo) kuchlanishi 660 V, 380 V va 
    220 V yoki bir fazali tok manbai 380 V, 220 V va 127 V bo‗lganda 
    tegishlicha 15, 30 va 60 Om dan ortiq bo‗lmasligi kerak. 
    Yerning solishtirma qarshiligi ρ 100 Om.m dan ortiq bo‗lganda 
    yuqorida ko‗rsatilgan normalarni 0,01ρ marta, lekin ko‗pi bilan o‗n 
    barobar oshirishga ruhsat etiladi.
    XL da nol simiga ulash faza simlarining tayanchlari bo‗yicha 
    yotqizilgan nol ishchi sim bilan amalga oshirilishi kerak. 
    Uzunligi 200 m dan ortiq XL ning (yoki ulardan shaxobchalarning) 
    oxirlarida, shuningdek XL dan nol simiga ulanishi kerak bo‗lgan elektr 
    qurilmalarga kirishlarda nol ishchi simining yerga qayta ulanishi amalga 
    oshirilgan bo‗lishi kerak. Bunda, birinchi navbatda tabiiy yerga 
    ulagichlardan, masalan, tayanchlarning yer osti qismlaridan, shuningdek 
    chaqmoqdan xosil bo‗lgan o‗ta kuchlanishdan ximoyalash uchun qilingan 
    yerga ulash qurilmalaridan foydalanish lozim. 
    Ko‗rsatilgan yerga qayta ulashlar, agar bundan ortiq yerga ulashlar 
    chaqmoqdan xosil bo‗lgan o‗ta kuchlanishdan ximoyalash uchun talab 
    etilmagan bo‗lsa, amalga oshiriladi. 
    O‗zgarmas tok tarmog‗ida nol simini yerga qayta ulash alohida, yer 
    osti quvurlari bilan metall aloqalari bo‗lmagan sun‘iy yerga ulagichlar 
    yordamida amalga oshirilishi kerak. O‗zgarmas tok XL da o‗ta 
    kuchlanishdan ximoyalash uchun qilingan yerga ulash qurilmalaridan nol 
    ishchi simini yerga qayta ulash uchun foydalanish tavsiya etiladi. 
    Nol simini yerga qayta ulash uchun foydalaniladigan yerga ulash 
    simlari, uzoq muddat 25 A dan kam bo‗lmagan tok oqib o‗tish shartidan 
    kelib chiqib tanlanishlari kerak. Ushbu simlar mexanik mustahkamligi 
    bo‗yicha 24.4.1-jadvalda keltirilganlardan kam bo‗lmagan o‗lchamlarga 
    ega bo‗lishlari kerak. 
    Har bir XL nol ishchi simi barcha yerga qayta ulagichlarining oqib 
    o‗tishga umumiy (shu jumladan tabiiy ulagichlarning) qarshiligi yilning 
    istalgan vaqtida liniyaviy (fazalararo) kuchlanish uch fazali tok manbai 660 
    V, 380 V va 220 V yoki bir fazali tok manbai 380 V, 220 V va 127 V 
    bo‗lganda tegishlicha 5, 10 va 20 Om dan ortiq bo‗lmasligi kerak. Bunda 
    har bir yerga qayta ulash yerga ulagichning oqib o‗tishga qarshiligi, o‗sha 
    kuchlanishlarda, tegishlicha 15, 30 va 60 Om dan ortiq bo‗lmasligi kerak. 
    Yerning solishtirma qarshiligi ρ 100 Om.m dan ortiq bo‗lganda, 
    yuqorida ko‗rsatilgan normalarni 0,01 marta, lekin ko‗pi bilan o‗n barobar 
    oshirishga ruhsat etiladi. 


    259 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   199




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Neytrali yerdan ajratilgan tizimning sxemasi

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish