-rasm. Elektr motorning tayanch uzellarida o‗rnatish




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

23.1.2-rasm. Elektr motorning tayanch uzellarida o‗rnatish 
1-elektr motor; 2-fundamet plitasi; 3-beton qatlami; 4-fundamend; 5-yelim 
qatlami; 6-o‗rnatish plankasi; 7-tayanch uzel. 
Elektr mashinaning hamma cho‗tkalari bir xil kuch bilan bosilib 
turishi kerak, shunda ular bir tekis eyiladi. Kuchli bosilgan cho‗tkalar 
tezroq eyiladi. Solishtirma bosish kuchi cho‗tkalarning markasiga bog‗liq 
bo‗lib, odatda 15-25 kPa oshmaydi; ayrim cho‗tkalarning bosilish 
kuchidagi farq 10% dan oshmasligi kerak. Bosish kuchi dinamometr bilan 
o‗lchanadi. cho‗tka tagidagi kollektorga qog‗oz bo‗lagi qo‗yiladi, keyin bir 
vaqtda bir qo‗l bilan dinamometr yordamida cho‗tkani, boshqa qo‗l bilan 
esa qog‗oz bo‗lagini tortiladi va cho‗tka tagidan qog‗ozni osongina tortib 
chiqarish mumkin bo‗lgan paytdagi dinamometrning ko‗rsatishi qayd qilib 
qo‗yiladi. Eyilgan cho‗tkalarni o‗z vaqtida almashtirish lozim. 
cho‗tkalarning balandligi yoki kontakt sirtining yuzi kontakt geometrik 
sirtining 
o‗z 
o‗lchamlaridandan 
kamroq 
kichiklashganda 
ular 
almashtiriladi. 
Kontakt sirti shikastlanganda yoki cho‗tkalar almashtirilgandan keyin 
ularni kollektor yoki kontakt xalqalari sirtiga ishqalab moslash kerak, 
chunki ishlab chiqarilayotgan cho‗tkalar sirti profillanmaydi. Buning 
uchun cho‗tka tagiga elektr korunddan yasalgan, donadorligi № 150 yoki 
180 bo‗lgan qumqog‗oz sirtini cho‗tka tomonga qaratib qo‗yiladi va 
cho‗tka tutqichning prujinasi bilan qisib qo‗yiladi. Qumqog‗ozning harakat 
yo‗nalishi cho‗tkaning shakliga va mashinaning aylanish yo‗nalishiga 
bog‗liq. Keyin kollektor elektr mashinaning o‗qi aylanadigan tomonga 
burib qo‗yiladi. Agar o‗qni qo‗l bilan aylantirish kiyin bo‗isa, abraziv 


242 
qog‗oz dastlab turli yo‗nalishlarda, uzil-kesil ishkalashda esa bir 
yo‗nalishda harakatlantiriladi. Cho‗tkalar dastlab yirik zarrali, keyin esa 
mayda zarrali qog‗oz bilan ishqalanadi. Kontakt sirtlaridagi chang quruq 
latta bilan ketkaziladi. Ular kollektorga uzil-kesil ishqalanib moslanishi 
uchun elektr mashina nagruzkasiz 3-4 soat ishlatiladi. 
Cho‗tklar o‗rnatilgan traversa neytral holatni egallashi kerak, bunda 
yakors induktsiyasi nolga teng bo‗ladi, bu esa kommutatsiya sharoitini 
yaxshilaydi. Cho‗tkalarning neytral holati qo‗zg‗almas mashinada induktiv 
usulda aniqlanadi. Bu usul EYuK hosil bo‗lishiga asoslangan. Uyg‗otuvchi 
chulg‗am LM zanjiri tarminlovchi manbaga ulanadi va uning 5-10% iga 
teng uyg‗otish toki o‗rnatiladi. Har xil qutbli cho‗tkalarga nols belgisi 
o‗rtada bo‗lgan shkalali millivolstmetr ulanadi. Uyg‗otish zanjirini uzib va 
ulab millivoltmetr strelkasining og‗ishi kuzatiladi. Cho‗tkalarni keragicha 
surib asbob strelkasining eng kam og‗ishiga erishiladi. Kollektorning turli 
holatlari uchun bu operatsiya bir necha marta qaytariladi. Keyin cho‗tka 
traversasi mahkamlanadi. Kollektorda cho‗tkalar va cho‗tkalarni neytral 
holatga joylashtiriladi. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Elektr motorning tayanch uzellarida o‗rnatish

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish