- rasm. ПАЕ seriyali magnitli ishga tushirgich: a) - elektr sxema




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

22.3.3 - rasm. ПАЕ seriyali magnitli ishga tushirgich: a) - elektr sxema; 
b) - konstruktiv sxema:1- metall asos; 2- harakatsiz kontaktlar; 3 - o‗zakni 
bosuvchi prujina; 4 - o‗zak; 5 - MI g‗altagi; 6 - yakor; 7 - yakorni bosuvchi 
prujina;8- harakatlanuvchi kontakt; 9-harakatlanuvchi kotaktni bosuvchi 
prujina; 10 - yopiq kamera; 11 - issiqlik rele. 
Har bir fazada ikki martadan ajralish va yopiq kamera 10 maxsus 
qoplamasiz yoy so‗ndirishini ta‘minlaydi. SB2 tugmani bosganimizda ham 
huddi shunday MI ni ajratish yuzaga keladi.Prujina 3 amortizasiyasi 
harakatlanuvchi qismlarni ulanishdagi har xil keskin zarbalardan saqlaydi. 
MI ning hamma qismlari metall asosga 1 mahkamlangan. 
Ananaviy kommutatsiya apparatlari kontaktlarga ega bo‗lgan va 
yoyni so‗ndirish qurilmali, toklarni o‗chirishda zarur bo‗ladigan, hozirgi 
vaqtda kontaksiz yarim o‗tkazgichlarni qo‗llashga asoslangan apparatlar 
kirib kelmoqda. Katta toklarni ajratish uchun tiristorlar asosidagi 
qurilmalar qo‗llanilmoqda.
 
23-BOB. ELEKTR MOTORLARNI ISHLATISH.
 
§23.1. Elektr motorlarni ishlatishga qabul qilish shartlari. 
Elektr motorlarni uzoq muddat ishga yaroqli holatda saqlash uchun 
remontlar oraligida ularga texnik xizmat ko‗rsatish katta ahamiyatga ega. 


239 
Texnik xizmat ko‗rsatishga tsexning, uchastkaning navbatchi xodimiga 
ruhsat etiladi. Uning vazifasiga motorning temperatura rejimini, uning 
cho‗tkalari kontakti, kollektori va kontakt halqalarining holatini, 
vibratsiyani, podshipniklar holatini va ularda moy borligini kuzatish 
kiradi.Smena davomida navbatchi xodim motorni bir marta ko‗zdan 
kechiradi va motorni chang hamda iflosliklardan tozalaydi, bunda u ish 
rejimi og‗ir (tez-tez yurgiziladigan va to‗xtatiladigan, mexanizmi o‗qiga 
katta nagruzka tushadigan, atrof-muhit temperaturasi yuqori bo‗lgan) 
motorlarga alohida ahamiyat beradi. Jihozlar oldini olib tarmir ishlarini 
bajarish uchun to‗xtatilganda navbatchi xodim mashinani siqilgan havo 
bilan 
tozalaydi, 
muftalar 
holatini 
boltlarning 
mahkamligini, 
podshipniklarda moy bor-yo‗qligini tekshiradi, kollektor va kontakt 
halqalarini tozalaydi, cho‗tka tutqichlarning ishini, izolyatsiya holatini 
tekshiradi va yerga ulovchi qurilmalarni ko‗rib chiqadi, cho‗tkalarni
neytral holatga o‗rnatadi va shamollatish kanallarini tozalaydi (23.1.1-
rasm). Izolyatsiyalovchi materialining klassiga karab, atrof-muhit harorati 
40°S ligida elektr motorlar uchun ruhsat etilgan haroratlarning oshish 
chegarasi turlichadir (60° dan 125°S gacha). Elektr motorlarning qizib 
ketishi birinchi navbatda chulg‗amlarning izolyatsiyasi uchun xavflidir, 
chunki bu holda ularning xizmat muddati qisqaradi, barzan esa elektr 
mashinalar batamom buziladi. Motorning qizishi nagruzka va ish rejimiga 
bog‗liq. Qizib ketishning asosiy sababi motorlarning naguzka toki bilan 
o‗ta yuklanishidir. Bu xodisa uzoq muddatli rejimda o‗zgaruvchan tok 
motorlari uchun stator zanjiridagi, o‗zgarmas tok motorlari uchun yakors 
zanjiridagi tokni kontrol tarzda o‗lchab ko‗rib aniqlanadi. Qisqa muddatli 
takroriy rejimda ishlovchi motorlarda tok doimo o‗zgarib turadi, shuning 
uchun ularning nagruzkasini shchit asboblari 
yordamida aniqlash mumkin 
emas. Bu holda maxsus asboblar (ostsillograflar) yordamida tokning 
ostsillogrammasi olinadi va uning asosida mexanizmning ish tsikli uchun 
tokning ekvivalent qiymati aniqlanadi. Yuklama normal bo‗lganda 
motorning qizib ketishiga uning yomon sovitilishi (ventilyator qanotlarining 
shikastlanishi, shamollatish kanallari va tuynuklarining to‗lib qolishi) yoki 
atrof- muhit harorati 40°S dan ortib ketishi sabab bo‗1ishi mumkin. 


240 

Download 5,59 Mb.
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 - rasm. ПАЕ seriyali magnitli ishga tushirgich: a) - elektr sxema

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish