• Ko’p legirlangan po’latlarni payvandlash turlari.
  • Issiqbardosh po’latlar va qotishmalar




    Download 199.01 Kb.
    bet3/13
    Sana24.04.2022
    Hajmi199.01 Kb.
    #20243
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi andijon mashinaso
    O’zbekiston Respublikasi Moliya Tizimi 123, 2-maruza (124-124a), 5-sinf-ona-tili-fanidan-barcha-chorak-uchun-testlar-javobi-bilanbaxtiyor.uz , Reja Raqamli avtomatik boshqaruv tizimlari tushunchasi-azkurs.org (1), Mustaqil ishi bajardi Qabul qildi Navoiy- 2023 Mavzu Raqamli -fayllar.org (1)
    Issiqbardosh po’latlar va qotishmalar. Bu guruh po’latlarga 1X16N14V2BR, 1X16N16V2MBR, 1X14N14V2M, 1X16N13M2V, 1X14N14V2M, X18N12T, X23N13, X23N18, XN35VT va boshqalar kiradi.
    1X16N14V2BR va 4X14N14V2MBR po’latlari StT-16-1, elektrodlari bilan payvandlanadi. Kraterlarni elektrodlarini qisqa tutashtirish yo’li bilan to’ldiriladi. Agar payvandlangan bo’yumlar 700 S gacha haroratlarda ishlatiladigan bo’lsa, shu po’latlarning o’zi StT-16 elektrodlari bilan payvandlaniladi.
    600 S haroratgacha bo’lgan sharoitlarda ishlaydigan 1X14N14V2M va 4X14N14V2M po’latlari StT-1 elektrodlari bilan payvand qilinadi. Payvand choklari issiq hosil bo’lishiga qarshi chidamli.
    620 S gacha haroratlarda ishlaydigan 1X16N13M2B, 1X14N14V2M va X18N12T po’latlari StT-7 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklaridagi issiq yoriqlar ferrit fazasini 2 dan 5% gacha oshirish yo’li bilan bartaraf qilinadi. Payvandlashdan keyin 750-800 S da 10 soat davomida yumshatiladi.
    1050 S gacha haroratda ishlaydigan X23N13, X23N18 po’latlari OZL-9 elektrodlari bilan payvandlanadi. Chetlarini payvandlash oldidan olovda ishlov berish mumkin emas. Ko’p qatlamli payvandlashda choklarni OZL-4, OZL-5, OZL-6 vaGS-1 elektrodlari bilan eritib quyilgan qatlamlarning har biridan keyin OZL-9 elektrodlari bilan payvandlash kerak. Temir-nikel asosli XN35VT qotishmalar KTI-7-62 elektrodlari bilan payvand qilinadi.
    Ko’p legirlangan po’latlarni payvandlash turlari. Ko’p legirlangan po’latlarni payvandlash uchun qoplamli elektrodlari bilan dastaki usulda yoy yordamida payvandlash, himoya gazlari muhitida mexanizastiyalashtirilgan va dastaki usulda payvandlash, flyus ostida, elektrosh lak usulida, nur yordamida paydandlash, kontaktlab payvandlash va boshqa payvandalash turlaridan foydalaniladi.
    Qoplamali elektrodlar bilan dastaki usulda yoy yordamida payvandlash uglerodli po’latlarni payvandlashdagiga qaraganda kamaytirilgan toklarda [Ipayv=(15/35)d] teskari qutblikdagi o’zgarmas tokda, ko’ngdalang tebranishlarsiz ipsimon va liklar yotkizib, qisqa yoyda bajariladi. Sterjenning simi asos xarakterdagi qoplamli elektrodlardan foydalaniladi. Bunda sterjen simining markasi payvandlanadigan po’lat markasiga mos bo’ladi va payvandlanuvchanlik asosiy ko’rsatkichi hamda ekspluatastion talablar hisobga olinadi. Masalan kislota bardosh xrom-nikel 12X18N10T po’latni payvandlashda issiq hosil bo’lishining va kristallararo korroziyaning oldini olish uchun chokli austenit-ferritli (austenit plyus 2,5-7 ferrit) struktura hosil qiluvchi E-04X20N9 (ЦL-11 markali elektrod), E-02X19N9B tipidagi (OZL-7 markali elektrod) elektrodlardan foydalaniladi.
    Flyus ostida payvandlashdan 3-50 mm qalinlikdagi metallni biriktirshda foydalaniladi. Uglerodli po’latlarni payvandlashdagiga qaraganda ko’p leriglangan po’latlarni payvandlashda elektrodlarning chiqib turish uzunligi 1,5-2 martakamayadi, diametri 2-3 mmli elektrodlar ishlatiladi, payvandlash ko’p o’tishli bo’ladi, teskari qutblilikdagi o’zgarmas tokda, oksidlanmaydigan kamkr emniyli, ftorli va asos xarakterli yuqori flyuslardan (ANF-14, ANF-16, K-8, AN-26) foydalanib bajariladi. Flyus ostida payvandlashning dastaki usulda payvandlashdagiga qaraganda afzalligi shundaki, bunda payvandlash unumdorligi va payvand birikmalarining sifati oshishi bilan bir qatorda qirralarga ishlov berishga ketadigan xarajatlar kamayadi.
    Himoya gazlari muhitida payvandlash inert gazlarda suyuqlanadigan va suyuqlanmaydigan elektrodlar bilan, uzluksiz yonadigan va impulsli yoylar vositasida bajariladi. Volfram elektrodlar bilan argon-yoy vositasida payvandlashdan 7 mm dan kam qalinliklarni va negiz payvandlashda foydalaniladi. Himoya gazlari muhitida suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash argon, shuningdek argon bilan geliyning aralashmasi muhitida bajariladi, argonning kislorod va karbonat angidrid bilan aralashmasi ham ishlatiladi. Ayrim hollarda korroziyalanish xavfi bo’lmaganda karbonat angridrid muhitida payvandlashga yo’l qo’yiladi.
    Suyuqlanadigan elektrodlar bilan payvandlash metallning oqimcha tarzida ko’chirilishini ta’minlaydigan toklarda bajariladi.
    Aksariyat ko’p legirlangan po’latlar kontaktlab payvandlashda yaxshi payvandlanadi. Austenitli po’latlar issiqlik va elektro’tkazuvchanligining pastligi kam legirlangan po’latlardagiga qaraganda qattiqroq rejimlardan foydalanishni taqozo qiladi. Po’latlar qattiqligining yuqoriligi payvandlashda elektrodni siqish kuchini oshirishni talab qiladi. Optimal rejimda hosil qilingan payvand birikmalarning mustahkamlik xaraketirstikalari yuqori bo’ladi.



    Download 199.01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 199.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Issiqbardosh po’latlar va qotishmalar

    Download 199.01 Kb.