• Sodda gap sintaksisi. Bo‘laklanish
  • Bosh bo‘laklar
  • Annotatsiya Dastur 5A111201 – o‘zbek tili va adabyoti magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5111200 – o‘zbek tili va adabyoti ta’lim yo‘nalishining 2017-2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida




    Download 66,63 Kb.
    bet6/21
    Sana29.11.2023
    Hajmi66,63 Kb.
    #107885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    ‘Тастыйы3лайман’-fayllar.org

    Gaplarning tasnifi. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap,
    so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va
    intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi.
    Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Sodda gaplarning
    yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari.
    Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov
    gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari. Gaplarning modallikka ko‘ra turlari:
    tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari. Sodda gaplarning
    grammatik asosga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz (bir sostavli) va
    egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha
    talqini. Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar.
    Sodda gap sintaksisi. Bo‘laklanish. Sintaktik bo‘laklanish.Sintaktik va
    morfologik shakllar. Sintaktik aloqaga kirishadigan va sintaktik aloqaga
    kirishmaydigan sintaktik shakllar. Gap bo‘laklari. Gap bo‘laklarining leksik-
    grammatik xususiyatlari. Logik bo‘laklar va grammatik bo‘laklar. Gap bo‘laklarining
    tasnifi. Bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar.Gap bo‘laklari talqiniga turlicha
    yondashuvlar. Kesim gapning asosiy uyushtiruvchi markazi ekanligi.
    Bosh bo‘laklar. Kesim nutq predmetining belgisini tasdiq yoki inkor yo‘li bilan



    8
    anglatadigan bo‘lak ekani. Kesim-predikativ markazni tashkil qiluvchi bosh bo‘lak.


    Kesimlarning morfologik ifodasiga ko‘ra turlari: ot-kesimlar, fel-kesimlar.
    Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda kesim, sostavli kesim va murakkab kesim.
    Mustaqil va nomustaqil kesimlar. Murakkab kesimlar. Bog‘lama. Fel bo‘lmagan
    so‘zlar bilan birga kelib, kesimni shakllantirish, predikativlikni ko‘rsatish, modallik,
    zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llanishi. Kesimning ega
    bilan moslashuvi. Ega gapdagi fikr qaratilgan predmetning nomi ekanligi. Ega
    harakatini bajaruvchi shaxsning nomi yoki kesim ifodalangan holat yoki belgi
    qarashli predmet nomini bildirishi. Ega va subyekt. Eganing turli so‘z turkumlari
    bilan ifodalanishi. Eganing qo‘llanmaslik holatlari. Eganing kesim bilan shaxs va
    songa ko‘ra mos bo‘lishi. Eganing birikmali (yoyiq) kelishi. Egasiz gaplar o‘z logik-
    grammatik xususiyatiga qarab egali gaplardan farqlanishi. Egasiz gaplarning turlari:
    shaxsi aniq gaplar, shaxsi noma’lum gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar, shaxssiz
    gaplar, nominativ gaplar, vokativ gaplar. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, ularning
    mazmunga ko‘ra turlari.

    Download 66,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 66,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Annotatsiya Dastur 5A111201 – o‘zbek tili va adabyoti magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5111200 – o‘zbek tili va adabyoti ta’lim yo‘nalishining 2017-2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida

    Download 66,63 Kb.