|
B. sub-loyihani tijorat asosida amalga oshirishBog'liq sharofat hakimova munis jamg;armasiB. sub-loyihani tijorat asosida amalga oshirish
4. Raqobat baholash va bozorda mavjud analoglari yoki o'rniga bilan taklif mahsulot yoki xizmat qiyosiy tavsifi, texnik xususiyatlarini ko'rsatgan (oshmasligi uchun 4 sahifalar, Arial shrift 11)
Bo'limda taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmatning texnik va iste'mol xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Bamiya, Gambo (Hibiscus esculentus L.) — gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 2,5 m gacha boradi. Tashqi koʻrinishi va gullashi bilan gʻoʻzaga oʻxshaydi. Vatani — Sharqiy Afrika. Navlari sabzavot va tola beradigan guruhlarga boʻlinadi. Hindiston, Afrika va AQShda tola olinadigan navlari ekiladi. Yetilmagan koʻsaksimon mevasi sabzavot koʻkat tarzida suyuq ovqat va salatlarga ishlatiladi. Mevasida 3% oqsil, 0,5% yogʻ, 8% uglevodlar, pishgan urugʻi tarkibida 18% moy bor. Mevasini xomligicha yeyish, pishirish, qovurish, konservalash mumkin. Poyasi oq dagʻal tola beradi; qovurilgan urugʻidan sunʼiy kofe tayyorlanadi. Tropik, subtropik mamlakatlarda, Shim. Amerika, Jan. Yevropa, Zakavkazye, Krim, Ukrainaning janubi, qisman Markaziy Osiyoda, asosan, sabzavot ekini sifatida yetishtiriladi.
Bamiyaning foydali jihatlaridan xabardormisiz?
Uning isteʼmolga yaroqli mevalari tarkibida uglevod, oqsil, moy, temir, kalsiy, tola, tiamin, nikotinamid, riboflavin va askorbin kislotasi mavjud. 100 gramm bamiyaning pishgan urug‘larida 20% gacha yog‘ va 20–23% xom borlizin miqdori yuqori bo‘lgan protein hamda C vitamini mavjud. Bamiyani quritilgan urug‘laridan sabzavotli tvorog, qovurilgan, maydalangan urug‘laridan esa, qahva o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatish mumkin. Shuningdek, qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydali bioabsorbent kabi vositalar aynan bamiya tarkibida mavjud. Uni poyasidan tola olish maqsadida ham yetishtiriladi Shuningdek, bamiya inson salomatligi uchun juda foydali. U oshqozon-ichak kasalliklarini, gipertoniyani, organizmda qon aylanishini, jinsiy-siydik tizimining buzilishlarini, yaralarni va bavosilni davolashda samarali vosita hisoblanadi. Bamiyaning texnik yetilgan mevalarini qaynatib, qovurib, dudlab boshqa sabzavotlar bilan pishirib yoki o‘zini ham isteʼmol qilsa bo‘ladi. Bundan tashqari bamiyadan turli xildagi konservalar tayyorlasa bo‘ladi.
Bamiyani qaysi ekinlardan keyin ekib bo‘lmaydi?
Bamiya hosildorligini oshirishda ekinlarni almashlab ekish asosiy omillardan biridir. Almashlab ekilmasdan o‘sha yer maydonida o‘g‘itlash, sug‘orish, begona o‘tlarga, hasharot va kasalliklarga qarshi kurashishning to‘g‘ri tizimini taʼminlab bo‘lmaydi. Bamiyani beda, ko‘kat va dukkakli sabzavotlar, piyoz, sarimsoq, poliz ekinlari, bodring va karamdan keyin ekish juda yaxshi samara beradi. Bamiya yorug‘sevar o‘simlik hisoblanib, uning barg plastinka sathi kun bo‘yi quyosh nuri tushishiga qarab o‘z holatini o‘zgartirib turadi. Agar yorug‘lik yetishmay qolsa, kurtakchalar ko‘p to‘kilib ketadi, fotosintez jarayoni sekinlashadi, hosildorlikka putur yetadi. Shuningdek, bamiya qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsa-da, lekin suvga talabchan o‘simlikdir. Undan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda suvning ahamiyati katta. Bamiya ekilgan maydonda suvning umumiy sarfi va transpiratsiyasining hajmi atrof-muhit sharoitiga, agrotexnika darajasiga va dalaga qo‘yiladigan suvning miqdoriga qarab keskin o‘zgaradi. Bamiyani suvga bo‘lgan talabini qondirish uchun ildiz joylashgan qatlamda tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 65–70 foizdan pastga tushmasligi kerak. Bamiyani sug‘orish gullaguncha, gullash va pishish davrlarida olib va davrlar bo‘yicha bo‘linganligi uchun ham shartli ravishda sug‘orish sxemasi deb yuritiladi. Ammo uni u yetishtirilgan yerga takroriy qayta ekish, yoki ituzumdoshlar oilasiga mansub boshqa ekinlar, yaʼni kartoshka, qalampir, boyimjon, tamaki, shuningdek, g‘o‘za ekinidan keyin ekmaslik kerak. Chunki, bamiya mevasi g‘o‘za singari ko‘sak qurti bilan zararlar. Jaziramaning taʼsiri bormi? Bamiya issiq tropik hududdan kelib chiqqanligi sababli ham issiqqa talabchan. Urug‘ unib chiqib, meʼyorida o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul harorat +25–35 daraja hisoblanadi. Harorat 17 darajaga tushganda rivojlanish susayadi. Bamiyaning sekin rivojlanishi va urug‘ning una boshlashi uchun minimal pastki harorat +10-12 daraja hisoblanadi. Harorat 0 darajaga tushganda uni sovuq uradi. Harorat +36 darajadan oshishi bamiyaga yomon taʼsir qiladi, +40 darajali issiq esa rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bamiya yorug‘sevar o‘simlik hisoblanib, uning barg plastinka sathi kun bo‘yi quyosh nuri tushishiga qarab o‘z holatini o‘zgartirib turadi
Sho‘rlangan yerlarda bamiya o‘sadi
Bamiya turli xil tuproqlarda o‘sa oladi. Biroq hamma tuproq ham bamiya uchun to‘liq yaroqli bo‘lavermaydi. Tuproq sharoitlari bir xil bo‘lgan yerlardagi bamiyadan mo‘l hosil olish uchun turli miqdorda oziq moddalar sarflashga to‘g‘ri keladi. Mexanik tarkibi qatlami og‘ir, eskidan sug‘orilib kelinayotgan yerlardan yuqori hosil olinsa, yer osti shag‘al va qumlari yuza joylashgan yerlardan yaxshi parvarish qilingandagina yuqori hosil olish mumkin. Mexanik tarkibi qumoq yerlar ham ancha maʼqul hisoblanadi. Bamiya uchun og‘ir tarkibli tuproqlar uncha qulay emas. Sho‘rlangan yerlar ham uni yetishtirish uchun yaroqli hisoblanmaydi. Terilgan bamiya mevalari sifati va yirikligiga qarab saralanadi va yashiklarga joylanib, tegishli joylarga jo‘natiladi. Uzoq joylarga yuborishga mo‘ljallangan mevalar 6–8 kilogramm sig‘imli yashiklarga zich qilib terib, yelim paket bilan o‘rab chiqiladi. Dastlabki kuzgi qattiq sovuq tushishidan oldin bamiyaning texnik yetilgan mevalarini hammasi terib olinadi. Sababi, uning sovuq urgan mevalari saqlash va tuzlash uchun yaramaydi. Bamiyaning biologik pishgan mevalaridan urug‘larini ajratib olish mumkin. Undan gektaridan 1,5–2 tonnagacha urug‘ yig‘ib olish mumkin. Bamiyaning o‘rtacha hosildorligi gektariga 100–140 sentner atrofida bo‘ladi. Ko‘chat yetishtirish. Bamiya urug‘larining unuvchanligini qulay sharoitda 4–5 yil davomida saqlaydi. Bunday urug‘larning unuvchanligi 85–95 foizni tashkil etadi. Ko‘chatidan yetishtirish uchun bir gektar yerga bamiyaning urug‘lardan 2–3 kg kifoya qiladi.
Bamiya qo‘lda teriladimi?
Bamiyani pishish darajasiga ko‘ra, har 3-5 kunda jami 10-15 martagacha qo‘lda teriladi. Bamiya mevasi turlicha pishgan davrida terib olinadi. Uni terish iyun oyidan boshlanib, oktyabrgacha davom etadi. Agar bamiyani terib olish kechiktirilshla uning mevalari tarkibidagi vitaminlar yo‘qoladi, hosili kamayadi. Bamiyani mevalar bandi bilan uzilib, chelak yoki savatlarga solinadi. Terish vaqtida mevalarni shikastlantirmaslik kerak, aks holda, uning yorilgan joyidan havo kirib, tarkibidagi vitamin C ning parchalanishiga olib keladi. Terilgan bamiya mevalari sifati va yirikligiga qarab saralanadi va yashiklarga joylanib, tegishli joylarga jo‘natiladi. Uzoq joylarga yuborishga mo‘ljallangan mevalar 6–8 kilogramm sig‘imli yashiklarga zich qilib terib, yelim paket bilan o‘rab chiqiladi. Dastlabki kuzgi qattiq sovuq tushishidan oldin bamiyaning texnik yetilgan mevalarini hammasi terib olinadi. Sababi, uning sovuq urgan mevalari saqlash va tuzlash uchun yaramaydi. Bamiyaning biologik pishgan mevalaridan urug‘larini ajratib olish mumkin. Undan gektaridan 1,5–2 tonnagacha urug‘ yig‘ib olish mumkin. Bamiyaning o‘rtacha hosildorligi gektariga 100–140 sentner atrofida bo‘ladi.
Gandana mahsuloti
https://www.aparat.com/v/EHKF4 Indoneziya Mahsuloti sanalib issiq o’lkalarda juda yaxshi rivojlangan
Xitoy sivri / Xitoy pirasa / Sarimsoq sivri/ Chives - bo'yi 30 sm dan 50 sm gacha bo'lgan tuber ekinlari. Ildizlari 2-3 sm uzunlikdagi va 1 sm kenglikdagi ingichka konussimon bo'lib, zich bo'laklarda o'sadi. Barg shaklidagi ichi bo'sh naycha, uzunligi 50 sm gacha, diametri 2-3 mm, silliq tuzilishga ega. Garchi barglarda gullar paydo bo'lishidan oldin ham qiyinroq ko'rinadi. Gullari och binafsha rangda, yulduzsimon gulli oltita gulbargli, kengligi 1-2 sm, 10-30 donagacha hosil qiladi.
|
| |