• Aqlli chiqindi idishlari
  • O‘q uzish lokatorlari
  • Aqlli deb atash mumkin bo‘lgan shahar qanday ko‘rinishda
  • Fudzisava - Panasonic polisi
  • Yong‘inga qarshi datchiklar




    Download 126.81 Kb.
    bet4/8
    Sana04.01.2023
    Hajmi126.81 Kb.
    #37498
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    “Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari.
    1 sinf tovush va harflar mavzusida da, PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), h1, 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish
    Yong‘inga qarshi datchiklar
    Aqlli bunday qurilmalar odatiy tutun datchiklari kabi ishlamaydi. Aniqrog‘i, Amerikadagi Luisvill misoli shuni ko‘rsatadiki, aqlli datchiklar klassik datchiklar bilan bir juftlikda ishlaydi. Ulardan yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan tashlandiq binolarda foydalanishadi. Bunday qurilmalarda quyosh batareyasi, mikrofon va aloqaning oddiy moduli bo‘ladi. Mikrofonga odatiy datchik sirenasi kelib tushganida yong‘in haqida o‘t o‘chiruvchilar va qo‘shnilarga xabar beriladi.
    Aqlli chiqindi idishlari
    Eng mashhur misol – Amerikada o‘rnatiladigan Bigbelly idishlari. Ushbu konstruksiya tufayli ular atrof-muhitni ifloslantirmaydi, ularda kemiruvchilar ko‘paymaydi, biroq eng muhimi - to‘lganida chiqindini olib ketish xizmatiga ularning o‘zi xabar beradi.

    O‘q uzish lokatorlari
    Amerikaning ko‘plab shaharlarida ShotSpotter o‘q uzish datchiklari o‘rnatilgan. Ular o‘q uzishlar miqdori, o‘q uzilgan joy va qurolning turini aniqlay oladi. Barcha ma'lumotlar politsiyaga yuboriladi.

    Ochiq ma'lumot
    Aqlli shahar tamoyillaridan biri – ochiqlik. Bu tajriba almashish, olingan axborotni shahar aholisi bilan o‘rtoqlashishga ham tegishli. Masalan, London merligining saytida transport, atrof-muhit ko‘rsatkichlari va aqlli datchiklar yordamida olingan boshqa statistikani olish mumkin.
    Aqlli deb atash mumkin bo‘lgan shahar qanday ko‘rinishda?
    Aqlli shahar deyilganida turli xil aholi yashash punktlari nazarda tutilishi haqida aytib o‘tdik. Misol uchun, Moskvaning ham o‘z loyihasi bor: Moskva-2030. Amerika, Osiyo va Yevropaning yirik shaharlarida, masalan, Singapur, Dubay, Barselona, Luisvill, Chikagoda ko‘plab innovatsiyalar joriy etilgan. Biroq kichik va yaqinda qurilgan, Panasonic tomonidan yaratilgan yapon polisi - Fudzisavu vakuumdagi aqlli shahar deb atash mumkin.

    Fudzisava - Panasonic polisi
    Uning maydoni – 19 gektar. Unda madaniy markazlar atrofida to‘plangan turar joy binolari, maydonlar, bolalar maydonchalari va do‘konlar mavjud. Elektr energiyasining bir qismi quyosh batareyalari bilan ta'minlanadi.Ko‘cha fonuslari harakatlanish datchiklari bilan jihozlangan: yo‘lovchi yoki avtomobil yaqinlashishi bilan yorqinroq ko‘rinishga keladi.


    Download 126.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 126.81 Kb.