Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlari




Download 126.81 Kb.
bet6/8
Sana04.01.2023
Hajmi126.81 Kb.
#37498
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari.
1 sinf tovush va harflar mavzusida da, PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), h1, 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish
Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlari
1.Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasida (keyingi o‘rinlarda Amaliy chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli, to‘liq bajarish yo‘li bilan Konsepsiya amalga oshiriladi.
2.Shahar va hududlar infratuzilmasini boshqarishning zamonaviy intellektual tizimini joriy qilish, shu jumladan uy-joy kommunal xizmatlari, transport logistikasi, favqulodda xizmatlari keyinchalik “Aqlli shahar” yagona kompleksiga birlashtirish va integratsiya qilish muvofiqlashtiriladi.
3.O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar kiritilishini ta’minlaydi.
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni ta’minlaydi.Konsepsiyani amalga oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish.xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.Konsepsiyadagi tegishli tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha muntazam monitoring tashkil etish. xalqaro bozorda “Aqlli shahar” texnologiyalarining mahalliy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish“Aqlli shahar” texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli dasturiy ta’minotni joriy etish va kuzatib borishda ishtirok etish.
5.Amaliy chora-tadbirlar rejasining mas’ul ijrochilari quyidagilarni ta’minlaydi.Konsepsiyani amalga oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish belgilangan muddatlarga va ish hajmlariga muvofiq tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish.Amaliy chora-tadbirlar rejasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish.Amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga axborotlarni taqdim etish.
6.Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish moliyaviy, texnologik va boshqaruv resurslarini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida xususiy sektor resurslarini jalb qilish yo‘li bilan bajariladi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Konsepsiyani amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
7.Ushbu Konsepsiyani innovatsion barqaror rivojlantirish maqsadlarida amalga oshirish uchun quyidagi 4 bosqichli modeldan foydalanish tavsiya etiladi.
1-bosqich: 2019 — 2021-yillar — bazaviy liniyani aniqlash — hududning profilini shakllantirish, mavjud infratuzilmani baholash, rivojlanish indikatorlarini aniqlash, mavjud aktivlar, mavjud muammolar va erishilgan muvaffaqiyatlarni tahlil qilish;
2-bosqich: 2022 — 2024-yillar — “Aqlli shahar” Konsepsiyasini joriy qilish strategiyasini ishlab chiqish — manfaatdor tomonlarni jalb qilish, tadbirlar yo‘nalishlari va rejalarni aniqlash, xatarlarni baholash, moliyaviy strategiyani shakllantirish, maqsad va samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilash.
3-bosqich: 2025 — 2027-yillar — batafsil rejalashtirish — budjetlashtirish, samaradorlik istiqbollari, avtomatlashtirish imkoniyatlarini aniqlash va axborot tizimlarini joriy qilish.

4-bosqich: 2027 — 2030-yillar — samaradorlikni amalga oshirish va baholash — birgalikda (barcha manfaatdor tomonlar bilan birga) joriy qilish, samaradorlikni monitoring qilish, baholash va qayta baholash (trendlar, investitsiya parametrlarini tahlil qilish), joylashtirishni ta’minlash (kengaytirish).



Download 126.81 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 126.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlari

Download 126.81 Kb.