• Shaharni nima aqlli qiladi
  • Universal shahar ilovasi
  • Haydovchisiz avtomobillar
  • Aqlli shahar oddiy shahardan nimasi bilan farq qiladi?




    Download 126.81 Kb.
    bet2/8
    Sana04.01.2023
    Hajmi126.81 Kb.
    #37498
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    “Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari.
    1 sinf tovush va harflar mavzusida da, PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), h1, 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish
    Aqlli shahar oddiy shahardan nimasi bilan farq qiladi?
    «Aqlli shahar» tushunchasiga yondashuvlar xilma-xil, biroq u doim texnologiyalar bilan boyitilgan aholi yashash punktini anglatadi. Bunday texnologiyalarning mohiyati tushunarli – qurilmalar o‘zaro aloqada tashqi olam bilan inson ishtirokisiz, biroq uning farovonligi yo‘lida xizmat qiladi. Oddiy misol – tabiiy yorug‘lik yetishmaganida ishga tushadigan ko‘cha yoritgichi.Aqlli shaharlarning maqsadi – shaharliklar hayotini qulayroq va xavfsizroq qilish, shuningdek, shahar moliya mablag‘lari va hududini tejashdan iborat. Masalan, aqlli fonuslar bilan shahar ko‘chalari tunda ham xavfsiz, biroq elektr energiyasi uchun minimal miqdorda pul sarflanadi: qorong‘i tushmaguniga qadar u bekorga yonib turmaydi.Kelajakning ideal aqlli shahrida har bir qadamda aholini texnologiyalar kutib oladi, ular yagona ekotizimni hosil qiladi va inson hayotining barcha jihatlari uchun javob beradi: jamoat transportida harakatlanishdan tortib, chiqindining qayta ishlanishigacha.
    Shaharni nima aqlli qiladi?
    Ma'lumotlarning yagona bazasi turli axborotni kerak bo‘lganida bir-biri bilan taqqoslashi va undan foydalanishi mumkin. Masalan, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilinganida jabrlangan kishining joylashgan joyi haqida, kasalxonaga yotqizilganida esa – uning tibbiy daftarchasi haqida ma'lumot olish mumkin. Ko‘chada kimdir to‘pponchadan o‘q uzganida esa axborot gumonlanuvchi shaxsning kameradan olingan rasmi bilan avtomatik tarzda politsiyachilarga kelib tushishi mumkin.
    Universal shahar ilovasi
    Shaharliklar uchun kerakli barcha ma'lumotlar ilovada birlashtirilishi mumkin. U orqali aqlli shaharda yashaydigan kishi taksi chaqirishi, to‘lovlarni amalga oshirishi, hukumat vakillariga yo‘ldagi o‘nqir-cho‘nqir joylar haqida xabar berishi, aynan shu fursatda shaharning qaysi qismida tirbandliklar va to‘xtash joyidagi bo‘sh o‘rinlar haqida bilib olishi mumkin. Aynan shunday dastur hozirda Chikagoda ishlaydi.
    Haydovchisiz avtomobillar
    Tesla, Uber va Google o‘z texnologiyalaridan yo‘llarda foydalanishga shay. Yo‘l belgilarini hisoblaydigan haydovchisiz avtomobillar esa kun kelib qo‘lda boshqariladigan harakatlanish vositalarini siqib chiqaradi. Biroq aqlli shaharda bari o‘zgacha ishlashi ham mumkin: bunday avtomobillar tarmoqqa birlashtiriladi va marshrutni rejalashtirishda joylashuvdan kelib chiqish ish ko‘riladi. Bu ancha xavfsiz bo‘lishi lozim. Haydovchisiz avtomobillar yo‘ldagi avariya holatlari va to‘xtash joylaridagi bo‘sh o‘rinlar haqida ham oldindan ma'lumot olishlari mumkin.


    Download 126.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 126.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aqlli shahar oddiy shahardan nimasi bilan farq qiladi?

    Download 126.81 Kb.