Article · March 022 citations reads 62 authors




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#34780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QASHQADARYOVILOYATILANDSHAFTININGSHAKLLANISHIDATABIIYKOMPONENTLAR-TOGJINSLARIVARELYEFNINGORNI
Muhammad Yusuf
________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
tashqi jarayonlar ta`sirida landshaftning ichki tuzilishiga putur yetsa bunday 
o`zgarishlarni V.B.Sochava evolyutsion o`zgarish deb ataydi. Boshqacharoq qilib 
aytganda landshaftdagi dinamik o`zgarish bir invariant doirasida bo`lganligi uchun 
landshaftning tubdan sifat o`zgarishiga olib kelmaydi. Evolyutsion o`zgarishlar esa 
landshaftning ichki tuzilishini o`zgarishiga, bir landshaftning o`rniga boshqasini 
hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bunday o`zgarishlar esa ko`pincha geologik vaqtni 
o`z ichiga oladi. 
Qashqadaryo viloyati hududini juda ko’p vaqt davomida dengiz qoplab 
yotgan hamda vaqti – vaqti bilan chekingan. Hozirgi ko’rinishdagi landshaftlarning 
shakllanishi esa neogen va to‘rtlamchi davrlarning kontinental yotqiziqlaridan 
tarkib topgan adirlar sohilbo‘yi jarayonlarining hosilasidir. Chunki ular hozirgi 
Kitob – Shahrisabz tektonik botig‘i o‘rnidagi dengizning sharqiy qirg‘oqlarning 
yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan jinslardan tuzilgan. Adirlar paleogen, neogen va 
to‘rtlamchi davrlarning jinslaridan tuzilgan bo‘lib, Qashqadaryo havzasining ichki 
va g‘arbiy tekislik qismini o‘rab turadi. Adirlar joylanishiga ko‘ra Qoratepa, 
Miroqi, Yakkabog‘ adirlariga ajratiladi (Mamatov, 1994). Litologik tarkibiga ko‘ra, 
bu adirlar bir – biridan keskin farq qiladi. Tog’ jinslarining har hil omillar ta’sirida 
parchalanishi va migratsiyasi turli davrlarda turlicha kechgan. Xususan ma’lum bir 
hududning iqlimi bunda ishtiroki yuqori potensiallikka egadir. Tabiiy omillar 
harakat jarayoni ushbu dinamik kuchni “yurg’izgan”. 
Binobarin, tekislik mintaqasi Qashqadaryo havzasining katta g‘arbiy qismini 
o‘z ichiga olib, akkumulyatsiyaning hosilaviy hududidir. Mintaqaning asosiy qismi 
Qarshi cho‘lining qiya tekisligi bilan band. Aslida Qarshi qiya tekisligi Qizilqum 
cho‘lining janubi – sharqiy chekkasi hisoblanib, deflatsion kuchlar ta’siri ham 
mavjud. Tektonik jihatdan cho’kish oblastida joylashgan Qarshi cho‘lining qiya 
tekisliklari to‘rtlamchi davrning qalin prolyuvial, prolyuvial – allyuvial, allyuvial 
va delyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Ushbu yotqiziqlar ikki fatsiyadan iborat, 
qadimiy fatsiya tog‘oldi tekisliklari va daryo vodiylarida tarqalgan. Yoshroq 
fatsiya qalinligi 30 m gacha yetadigan lyosslar va lyosli suglinkalardan iborat 



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Article · March 022 citations reads 62 authors

Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish