Article · March 022 citations reads 62 authors




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#34780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QASHQADARYOVILOYATILANDSHAFTININGSHAKLLANISHIDATABIIYKOMPONENTLAR-TOGJINSLARIVARELYEFNINGORNI
Muhammad Yusuf
________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
Asosiy qism. Qashqadaryo viloyati hududining katta qismi Qashqadaryo 
tektonik botig‘ida joylashgan hududdir, botiq Oloy – Hisor tog‘ tizimining sharqiy 
tizmalarini hosil qiladigan Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalariga mansub tog‘lar 
bilan o‘ralgan. Genetik jihatdan janubiy Tyanshan tog’liklaridan biri Hisor
Qashqadaryo tektonik botig‘i g‘arbda ochiq yarim halqasimon shaklda Qarshi
Nishon, Malik, Qarnob ka’bi cho‘llari bilan tutashgan. Havzani o’rgangan 
olimlardan geomorfologik jihatdan O.Y.Poslavskaya (1959) uchta asosiy 
mintaqaga ajratadi:
1) tog‘, 2) tog‘ oldi va past tog’lar, 3) tekislik mintaqasi
Olima tog’ mintaqasi sifatida Zarafshon va Hisor tizmalariga mansub 
bo‘lgan o‘rtacha baland va baland tog‘larni o‘z ichiga olgan tog’liklarni kiritgan. 
Bu tizmalar geologik tuzilishining xususiyatlari va neotektonik harakatlarning 
tabaqalashuvi ularning relyefining xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Relyefining 
strukturaviy, denudatsion va akkumulyativ shakllari mavjud bo‘lgan turli xillari 
tarqalgan. Ushbu tog’larda parchalanish chuqurligi o’rtacha 600 m gacha yetadi. 
M. Abdujabborov ma‘lumotlariga ko‘ra vertikal parchalanishning chuqurligi 
Qoratepa tog‘larining g‘arbida 300 m, sharqiy qismida 600 – 700 m, Chaqilkalon 
tog‘larida 700 – 1100 m ni tashkil etadi. Zarafshon tizmasining Jom botig‘idan 
g‘arbdagi eng chekka qismini Ziyovuddin – Zirabuloq tog‘lari hosil qiladi. Bu 
tog‘lardagi Zindontog‘ (1116 m) eng baland tog‘dir. Ziyovuddin – Zirabuloq 
tog‘lari past tog‘lar toifasiga mansub bo‘lib, vertikal parchalanish chuqurligi 
Ziyovuddin tog‘larida 100 – 200 m, Zirabuloq tog‘larida esa 150 - 300 m 
(Abdujabborov, 1986). 
Hisor tizmasi O‘zbekiston hududidagi eng baland tog‘ tizmasi bo‘lib, undagi 
ko‘pgina cho‘qqilarning balandligi 4000 m dan ortadi. Tizma Qashqadaryo havzasi 
doirasida Sumsar – Shertog‘ (2500 – 2800 m), Hazratisulton (4000 m), Yakkabog’ 
- Osmontarosh, Beshnov, Eshakmaydon, Xontaxti, Toytalash, Kurek, Maydonoq, 
G‘uzor va Boysun tog‘larining tarmoqlaridan iborat. Vertikal parchalanish o‘rtacha 
chuqurligi uning g‘arbiy qismidagi tog‘larda 600 m ga, sharqiy qismidagi tog‘larda 
esa 1200 m ga yetishi mumkin. 



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Article · March 022 citations reads 62 authors

Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish