• ________________________________________________________________ "Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
  • Article · March 022 citations reads 62 authors




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/8
    Sana14.12.2022
    Hajmi0.63 Mb.
    #34780
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    QASHQADARYOVILOYATILANDSHAFTININGSHAKLLANISHIDATABIIYKOMPONENTLAR-TOGJINSLARIVARELYEFNINGORNI
    Muhammad Yusuf
    ________________________________________________________________ 
    "Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
    uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir. Ko‘pgina hollarda xilma – xil relyef 
    tiplari o‘zaro tutash yoki bir – biri bilan aralash holda tarqalgan. Qumli yuzalar 
    orasida Xo‘jamuborak, Oqqum, Deyqum, Shokircha, Gulbodom, Suxta, Pomuq, 
    Chodirliqum, Darvozaqum yirikroq qumli maydonlardir. Tekislikning chekka 
    g‘arbiy qismi ham buzuvchi (deflyatsiya), ham vujudga keltiruvchi (eol 
    akkumlyutsiyasi) kuchga ega bo‘lgan eol jarayonlari ustuvorlik qiladigan 
    maydonlardir. Taqir hamda sho‘rxoq hosil bo‘lishi jarayonlari uncha katta 
    ahamiyatga ega emas.
    O‘zlashtirilayotgan va sug‘orilayotgan hududlarda relyef hosil qiluvchi 
    jarayonlarning sajiyasi ham o‘zgargan. Ariqlar va kanallar hamda zovurlar 
    yaqinidagi maydonlarda jarlarning rivojlanish jarayonlari sug‘orish eroziyasining 
    faolligi bilan bevosita bog‘liq. Sug‘oriladigan maydonlarda sug‘orish eroziyasi
    qayta sho‘rlanish botqoqlanish, shamol eroziyasi kabi dehqonchilik nomaqbul 
    jarayonlarning kuchayotganligi kuzatilmoqda. Tekislik relyefida o‘tmish tarixiy 
    davrlarda inson tomonidan barpo etilgan tepaliklarning tez – tez uchrashi ham 
    relyefning muhim belgilaridandir. Landshaftlarga bu tahlit o’zgarishlarning 
    qilinishi o’z “natijasi”ni bermoqda. Geologik yotqiziqlarning nurash, eroziya, 
    deflyatsiya ka’bi ta’sirida parchalanishi, tashilishi va yotqizilishi geomorfologik 
    ko’rinishda aks etgan. Bu jarayon esa landshaft komponentlarining taraqqiyoti, 
    dinamikasi va omillariga bevosita a’loqadordir. 


    ________________________________________________________________ 
    "Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
    1-rasm. Qashqadaryo viloyatining GIS asosida olingan relyef surati. 
    Manba: Google Earth.Yandex 
    Umuman landshaftlarda turli holatlarning bo`lishi haqidagi fikrlarni 
    landshaftshunostlikka asos solgan olimlarniig dastlabki yillarda yuzaga kelgan 
    ilmiy ishlarida ham uchratishimiz mumkin. Masalan, L.S.Berg landshaftda 
    bo`ladigan o`zgarishlarning ikki hili mavjudligini ko`rsatib o`tadi: takrorlanadigan 
    va takrorlanmaydigan. Takrorlanadigan o`zgarishlarga asosan fasllar almashinishi 
    bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlarni kiritadi. Bunday o`zgarishlar landshaftda 
    mavjud bo`lgan ichki tartibda aytarlik biror yangilik kirita olmaydi. 
    Takrorlanadigan o`zgarishlarga halokatli tavsifdagi zilzila, katta yong`inlar, dovul, 
    suv toshqini ka’bi o`zgarishlarni ham qo`shadi. Chunki landshaftlar bunday 
    o`zgarishdan keyin yana oldingi holatiga qaytishga harakat qiladi degan edi. 
    Xulosa qilib aytganda, Qashqadaryo viloyati hududining geologik
    geomorfologik genezisi landshaft komponentlarning aks etishida namoyon bo’ladi. 



    Download 0.63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Article · March 022 citations reads 62 authors

    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish