Article · March 022 citations reads 62 authors




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#34780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QASHQADARYOVILOYATILANDSHAFTININGSHAKLLANISHIDATABIIYKOMPONENTLAR-TOGJINSLARIVARELYEFNINGORNI
Muhammad Yusuf
________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
hamda tog‘ oldi qiya tekisliklarida va yuqori yuqori terrasalarda tarqalgan. Qarshi 
cho‘lining Ko‘kdala tog’ oldi tekisligida lyosslar ayniqsa keng tarqalgan.
Qarshi shahridan shimolda va shimoli g‘arbda uzoq geologik o‘tmishda 
sharqdan g‘arbga cho‘zilgan tog‘ tizmasining qoldiqlari sifatida bir–biridan ajralib 
turadigan «orol» ko‘rinishidagi burmalangan (gumbazsimon) qoldiq tog‘lar - 
Qo‘ng‘irtov, Kosontov, Maymanoqtov, Oloviddintov va boshqa qirlar joylashgan. 
Bu qadimiy qoldiq tog‘lar Qarshi cho‘lining sharqiy qismini ikki qismga ajratib 
turadi. Qoldiq tog’larning tarkibi ohaktosh, mergel, dolomit va boshqa jinslardan 
tashkil topgan. Landshafti cho’lga xos bo’lgan landshaftdan iborat. Tekislik 
hududining antropogen ta’sirga uchrashi cho’l landshaftini o’zgartirgan. Asosan bir 
paytlar cho’l hududdagi bu dashtlar ekin maydoni sifatida qariyb ellik yildan ortiq 
xizmat qilib kelayotgan bo’lsada, ba’zi joylarning landshafti muqaddam bo’lgan 
landshaftga yaqin ko’rinishga kelib qolmoqda. Buning boisi esa inson tomonidan 
olib borilgan bir yoqlama qarash va noto’g’ri foydalanish ka’bilar hisoblanadi. 
Qarshi cho‘lining shimoli - g‘arbidagi Sho‘rsoy doirasidagi qirlar 
boshqacharoq sajiyaga ega. Bu qirlarning nisbiy va mutlaq balandligi uncha katta 
emas, relyefi qiya to‘lqinsimon, yonbag‘irlar tikligi 5 – 6
0
. Bu qirlarda eroziya 
jarayonlari yaqqol ifodalanmagan, deflyatsiya jarayonlari ancha kuchli kechadi. 
Platosimon relyef shakllarini vujudga kelishi yotiq holda mavjud bo‘lgan 
ohaktosh, qumtosh, konglomeratlarning eroziyaga berilishiga bog‘liq. 
Qarshi cho‘lining janubi – sharqiy qismi Nishon cho‘li bilan band. Bu 
cho‘lning yuza tuzilishi uchun tekisliklar va ular orasidagi platosimon balandliklar 
xos. Platosimon qirlar orasida eng balandlari Do‘ltalitov, va Qoraqirdir. 
Qoraqirning yuzasi suv eroziyasi tufayli kuchli parchalangan va uning jarlar bilan 
kuchli parchalangan qismini sharqda Saksondara hosil qiladi.
Qarshi cho‘lining janubi – g‘arbida Sandiqli cho‘li joylashgan. Bu qumli 
cho‘lning yuzasi qator – qator qum tepalari va marzalardan iborat. Bundan 
tashqari, bu yerda ko‘chma qumlar va taqirlar ham uchraydi.
Lyossli jinslar bilan qoplangan yassi yuzalar qumtepa marjonlari katta – 
katta ko‘chma qumli massivlar bilan almashinib turishi ham Qarshi cho‘li relyefi 



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Article · March 022 citations reads 62 authors

Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish