Article in Oriental Art · February 021 citations reads 14,057 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana03.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#86284
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SUYUNOVELYOR
Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Mamadaliyev Nurali, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari
Ekspert tizimlarni yaratish  
• ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish 
• ET dagi bilimlar 
tarkibi 
 
• Produksion tizimlarda xulosani boshqarish 
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.1970-
yillar-
dan boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy intel-
lektning avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab xulo-
sa chiqarish, evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat ET
largina bu kuchli usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga kel-
tirishdi. ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan or-
tiq tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etil-
gan. Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan
yuzdan ortiq firmalar mashg'uldir. Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va 
ishlab chiqarilishini sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga ke-
lib chiqdi. Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi. Birinchisi, masala-
ning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik firmalar sun'iy intellekt
usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab chiqarish vaqtida ularning 
imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi izlanish sohasidagi ko'pgina
masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni ko'rishni xohlaydi. Bundan esa,
ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash
ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat - harakat apparati kasalliklarini davolash
ETini yaratish» kabilar. Ammo, awal ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha
umumlashtirilsa, evristik qoidalarga asoslanib yechimini topish shunchalik o'z
kuchini yo'qotadi. Shuning uchun, boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvc


17 
hida ma'lum bir malaka bo'lmasa, unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi
bo'lmagan masalalarni yechishga qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga mu-
vofiqdir. Bundan tashqari, shu masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham
muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab chiqishda faqatgina masala shartining aniqli-
gidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yara-
tish o'z ma'nosini yo'qotadi. Ikkinchi va asosiysi - bu bilimlarni olishda yuzaga ke-
ladigan qiyinchilik. Bu qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga be-
rayotganida yuzaga keladi. Demak, Kompyuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo
bu bilimlarni ma'lum bir 
ko'rinishda 
tizimlashtirib
, «Oq qog`ozga» tushirish ke-
rak. Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z 
bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir 
qilib, tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlar-
ni bu holatga keltirish uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki 
dasturlashtiruvchilarda ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli 
judayordam beradi. Bundan tashqari, bir tomondan matematik fikrlash sohasi
va bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa tomondan esa EHM imkoniyatl
ari, dasturlashtirish tizim va 
tilini mukammal bilish talab etiladi. Shunday qilib, eks-
pert va ekspert (Kompyuter ) tizimlari orasida «dallol» vazifasini o'tovchi mu-
taxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari (knowledge enginee-
rik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala boshlandi. Rivojlan-
gan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina oliy o'quv yurtlari
da kiritilgan bo'lib, bizda esa tizimlashgan dasturlashtirish mutaxassisligi doira-
sida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri vazifasini bir odam
bajara olmaydi.Tajribalarning ko'rsatishicha,boshlang'ich bilimlarni egallash uchun
uch xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET ni ishlab chiqaruvchining 
umumiy harakati kerak. Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p
mehnat bilimlar bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydala-
nuvchi bilan dialogli bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi
juda kattaligi va dasturlash usuli xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizim-


18 
ning oddiy murakkablashtirilmagan boshlang'ich variantini yaratish maqsadga
muvofiqdir. Bunda foydalanuvchi uchun ET ni rejalashtirilgan imkoniyatlarini 
umumiy holda bo'lsa ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi uchun tizimning kam-
chiliklarini yo'qotib, uni mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi. Bu
tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi e'tirof etil-
gandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi talab-
ga javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar ho-
zirgi vaqtdagi eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. Ularni sog'liqni
saqlashda, sug'urta qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan
holda yechimlarni topish uchun samarali vositalar sifatida qo'llanmoqda. Hozir
gi kunda bilimlar bazasi katta tizim ichiga joylashtirilgandir. Ular internetda qi-
diruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida joylashgan va foyda-
lanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga ko'maklashadi. Bilimlar
bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib chiqamiz: bilim-
lar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan kompaniyalar 
ularni Kompyuter ekspertizasiz tasavvur etib bo'lmaydigan maxsus biznes jarayo-
niga joylashtiradilar. 
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslan-
gan.Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U
foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta 
oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliytasnifiy vazifalarni bajara ola-
digan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladi-
gan axborotlarni guruxlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikat-
siyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo. 
Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha: 

yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan d
eb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini echish, optimallashtirish va
(yoki) bahosini olish imkoniyati; 

dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga(eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z ti
lida 
suhbat yuritish 


19 
va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizat-
siyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash; 

yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun 
eks-pert tizimini mustaqil o’rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, bilimlarning 
to‘planishi; 

foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-
barangligi, yoki 
xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilish-
ning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki muammolarni hal 
etish; 

takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassi
sning 
shaxsiy 
tajribasidan 
foydalanish 
hisobiga
yakka tartibdagi ixtisoslashgan eks-pert tizimlarini yaratish imkoniyati; 

ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish
maqsadida 
tuzilgan 
bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. 
Axborot ta’minotining 
alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan 
predmet sohasi xaqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan 
ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va
vazifalarni hal etish usuliga imkonberuvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va 
qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko‘maklashadi. Ekspert tizimining asosli-
gini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bi-
limini, tajrabasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisos-
lashganlar majmuini,yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi. 
Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin: 
chuqur va yuzaki; 
sifat va miqdoriy; taxminiy(noaniq) va aniq; 

muayyan va umumiy; 

Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘lla
shlari mumkin. tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘lyo‘riq) beruvchi. Ma’lumotlar bazalari-


20 
dan foydalanish texnologiyasi FOYDALANUVCHI EKSPERT BLOKI TUSHUN-
TIRISH BILIMLARNI O’ZLASHTIRISH BLOKI BLOKI BLOKI MANTIQIY 
XULOSA BLOKI BILIMLAR BAZASI
Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi muta-
xassis. Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini,
bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasi-
ning fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks et-
tiradi.Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar 
mantiqini yuzaga keltiradi.Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ish-
lash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi. Tushuntirish (izohlash) 
blok 
foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish 
ketma-
ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga ke-
ladi. Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlarning to‘pla-nish 
sur’ati bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM ba-
zasida avtomatlashtiradigan qismi bu inson tomonidan to‘plangan bilimlarning
uncha katta bo‘lmagan qismidir. To‘plangan bilimlarning kattagina qatlami-
ni yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi. Bilimlarni strukturalashtirish 
yoki rasmiylashtirish bilimlarni taqdim etishning turli usullariga asoslangan. 
Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan 
foydalaniladi. Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy 
usulini bayon etadi. Tavsiya, qoidalar odatda ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim 
etishning formal(rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari 
biror sohadagi masalani echish bo‘yicha to‘plangan amaliy tasavvurlardan paydo 
bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq ko‘-
rinishda ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lu-
motlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta 
shakllan-
tirish va echish usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi 
tushunchasi(obyektlari) ramzlar yordamida tasavvur qilinadi. Masalan, bu
ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va 
shu kabilar bo‘lishi mumkin. Tushunchalarni manipulyasiya qilish uchun


21 
munosabatlar aniqlanadi, turli strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba natijasida 
olingan) qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni tarkiblashtirish tushuncha-
larni,murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. Shuninguchun qoida-
lar hambilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi. Ekspert
tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim tanlash mantiqini asoslash va 
o‘rganish hisobga olinadi. Ko‘pgina ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) 
mexanizmi 
bo‘ladi. Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini 
tushuntirish uchun zarur 
bo‘lgan bilimlardan foydalanadi. Bunda ekspert tizimini 
qo‘llash, undan foydalanish va harakat 
chegarasini aniqlash juda muhimdir 
bo’yi-chaAxborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan asosiy 
kom-ponentlari a (tarkibiy qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi,
bilimlar bazasi, interpretetor, x a tizimni yaratish moduli. Ekspert tizimlarining 
axborot texnologiyalari asosiy komponentlari.
Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va 
axbo-rot 
kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydala-
niladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqar-
maydigan parametrlarini oladi.Axborot odatda ma’lum bir tanaffuslar bilan beriladi
gan qiymat, ahamiyat shaklida beriladi. Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rt-
ta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq (komanda), tabiiy til, 
shaxsiy interfeys. Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida na-
faqat qarorni, shuningdek zarurtushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqa-
di. Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni:

so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish.Bunda foydalanuvchi har qanday 
paytda ekspert tizimidan o‘z hattiharakatlarini izohlashni talab etishi mumkin; 


22 

muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni 
ol-gandan so‘ng, qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa 
masalani echishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak. To‘g‘ri, ekspert
tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foyda-
lanish interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. Ya’ni u siz bilan «suhbatlashish»
chog‘ida 
qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. 
Bilimlar ombori. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi man-
tiqiy 
bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida 
muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat 
bo‘ladi: Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-
sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilish kerak bo‘l-
gan xattiharakat. Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tash-
kil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalar-
ni o‘z ichiga oladi. Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyi-
haning (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu da-
rajada o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodala-
nishi mumkin.
Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum
bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining 
ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etil- 
sa, 
ma’lum hattiharakatlar 
bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini 
echish 
variantlari taqdim etiladi.Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida 
quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi:ma’lumotlar bazalari, hisobkitob bloki, 
ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki. Hisobkitob bloki boshqaruv qarorlarini
qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, 
jismoniy, hisobkitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlar-
ni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumot-
larni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tez-
kor va o‘z vaqtida 
aks ettirish uchun foydalaniladi.Tizimni yaratish moduli. 



23 
qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.Tizimni yaratish modulining asosi 
bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydala-
nish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.Bilimlar bazasini tasvvur etish uchun
maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday 
ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham. 
Ekspert tizimi qobig‘i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir m
uam-monihal etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi.
Ko‘pgina 
hollarda 
qobiqdan 
foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda eks-pert 
tizimini yaratish imkonini 
beradi.
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali 
mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:

erishilgan puxta bilim,asos yo‘qolmaydi, u hujjalashtirshi, uzatilishi, ijro
eti-lishi va ko‘payishi mumkin; 

nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi 
boshqa
ishonchsiz omillar bo‘lmaydi; 

tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin eksplatatsiya qiymati past. 
Umu-man 
qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi. 

Download 0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Article in Oriental Art · February 021 citations reads 14,057 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish