chidan, ichki makon tashkil qilinishi, ikkinchidan, u tashqidan ifoda eti
lishi,
uchinchidan, ichi - tashqarisi o’zaro bog‘langan tizim tashkil etilib,
u tevarak bilan uyg‘unlashtiriladi.
Amaliyotda bu muammolar odatda teskari tartibda hal etiladi. Tevarak
sharti (joyning tekisligi, tog'liligi va boshqalar) o ‘zaro bog'liq hajmni va
ichki makonni belgilaydi, ya’ni
tevarak hajmni, hajm esa makonni belgi-
laydi. 0 ‘z navbatida makonning tashkil etilishiga funksiya ta’sir ko‘rsatadi.
Vazifaning maqsadi - interyer kabi yopiq fazoning asosiy qonuniyat-
larini hamda uni uyushtirish usu! va vositalarini o ‘zlashtirishdir.
Bunda quyidagi masalalar yechiladi:
- fazoviy kompozitsiyada keskinlikni (kontrastni) qo'llash tamoyillari-
ni egallash;
- har qanday fazoning xususiyatlarini yechib
beruvchi ifoda vositasini
topish.
Vazifada ikki o‘zaro kontrast (qarshilik) munosabatlaridagi interyer
kabi makonlardan kompozitsiya tuziladi; kontrastni o ‘zlashtirishga quyida
gi bir yoki bir necha sifatlarni ifoda etish orqali erishiladi:
- o ‘lchov (chuqurlik — uzoqlik, tiklik - vertikallik, yuzalik -frontallik va
boshqalar) nisbatlarini o ‘zgartirish natijasida;
- kattalikni o ‘zgartirish orqali;
- asos shaklni (murabba-kvadrat, doira va boshqa) o ‘zgartirish yo4i
bilan;
- yopiqlik (tamoman yopiq, qisman yopiq) darajasini o ‘zgartirish orqali.
Fazoni (fazoviy muhitni) uyushtirishda
katta-kichik yapaloq shakl
qo‘llaniladi. Ular koordinat o‘qlarigacha nisbatan turli burchakda (holat-
da) joylashishi mumkin. Fazoning masshtabi odam ning shartli tasviri orqali
ko‘rsatiladi. Kompozitsiya qog‘ozdan yasaladi. M aket o ‘lchamlarini 20x30
sm atrofida olish tavsiya etiladi.
Qurilgan fazoviy kompozitsiyaning ifodasi uchun quyidagi usullardan
foydalanish mumkin:
- fazoni cheklovchi unsurlarni, jum ladan asosini va tom onlarini
b o ‘laklash;
- unsur shakllarini hamda ulardagi boMinishlarni qiyoslash;
- fazoni unsurlar orqali bo‘laklash (unsurlarga beriladigan e ’tibor fa-
zoga beriladigan e ’tibordan ustun bo‘lmasligi kerak).
Agar ichki muhitni ikki qismdan uyushtirish nazarda tutilgan bo‘lsa,
ular bevosita yoki yordamchi muhit orqali ulanadi.
M akoni aniq-oydin hal
etilishi hamda tomoshabin ketma-ket harakat davom ida ulam i idrok etishi-
ni ta ’minlash zarur.
Ayrim hollarda bajarilgan vazifani namoyish etish oson bo‘lishi uchun
maketda tom (qopqoq) qilinmasligi yoki sirg‘aluvchan qilinishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi