Bog'liq Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari (X.Po\'latov va b.)
Yakuniy mavzu bo'yicha bajariladigan vazifa to'g'risida Muayyan m e’moriy situatsiyadagi (holatdagi) kichik jamoat binosi quri-
lishiga belgilangan joyni o ‘rganib boMgach, talaba loyiha g‘oyasini aniqlaydi.
Loyiha aniq masshtablardagi bosh tarh , tarz, old tarz, yon tarz yoki qir-
qim chizm alari va sodda maketdan iborat.
Bu vazifada mustaqil (o‘qituvchining yordamisiz) qisqa muddatga loyiha
qilinadi. Loyihalanuvchi inshoot kichikroq, qiyofasi hamda funksiyasi yaqqol
ifodalangan b o ‘lishi kerak. Inshoot tarkibiga bir necha (2-3) xona, pokla-
nish b o ‘linmasi (san. uzel) b o lishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Inshootga ajratilgan joyning chizm asi (sxemasi) vazifa m atni bilan b ir
galikda beriladi.
Topshiriq maqsadi: o ‘qishning 2 yil yakunida loyihani ham da loyiha
g‘oyasini soddalashgan maket va chizm a shakllarida ko‘rsata bilish
ko‘nikmalarini sinashdan iborat.
Vazifada inshoot kompozitsiyasini sodda va lo‘nda vositalar yordam ida
hal etish talab qilinadi. U m usaw ada (eskiz) tariqasida 55x75 sm taxtaga
tortilgan qog‘ozda bajariladi, ustiga m aket ishlanadi. Maket bir yoki bir
necha rangli qog‘oz yoki kartondan yasaladi; miqyos uchun asosga odam -
ning shakli o ‘rnatiladi. Musawada ham , maket ham mumkin bo'lgan qa-
dar (ifodaga putur yetkazmagan holda) sodda b o llmog‘i zarur. C hizm ada
quyidagi usullardan foydalanish mumkin: bir yoki bir necha rangli b o ‘yov,
qora va rangli siyoh (tush) bilan qilinadigan chizgilar (shtrixovka), te m
pera, guash, rangli qog‘ozlardan yopishtirish (applikatsiya) yoki mavjud
qog‘ozlardagi tasvirlardan kerakli joyini qirqib yopishtirish (kollaj). C hiz
mada masshtab, asosiy o ‘lchovlar va balandlikiar ko'rsatilishi lozim. Tarz
chizmasida odam tasviri ham beriladi. Loyiha yozuvlari, jum ladan talaba
nasabi (familiyasi), ismi, guruhning tartib raqami va boshqa yozuvlar
m e’moriy harflar (arxitekturaviy shrift) bilan yoziladi.
Vazifani bajarishga kirishishdan a w a l vazifa m atnini sinchiklab o ‘qish
kerak. Shuni esda tutish kerakki, klauzura - bu loyihaning eng asosiy g‘oyasini
ifodalovchi chizmadir. Maket m usaw adasida ham da chizm ada loyihalana-
yotgan inshootning eng asosiy konstruktiv ham rejaviy (tarixiy) jihatlari
ko‘reatiladi.
•Vazifani bajarish uchun talabaga bino uchun ajratilgan joyning sxem a
si 1:500 miqyosda hamda vazifa m atni (birgalikda) beriladi. Talabaga bir
nechta variantdan biri beriladi.
Vazifa 100 balli tizim bo‘yicha, quyidagicha baholanadi.
1. Kom pozitsion-m e’moriy yechim - 65 ball;
shundan: binoning qiyofasiga - 20 ball;
konstruktiv yechimiga - 10 ball;
funksional qulayligiga - 10 ball;
binoning atrofdagi muhit bilan bogMiqligiga - 25 ball.
2. Loyihaning texnik ijrosiga:
shundan: talabaning maketlash qobiliyatiga - 15 ball;
grafik mahoratiga - 20 ball.
Vazifani bajarish uchun ajratiladigan 4 akademik (3 astronom ik) soat-
ni quydagicha taqsimlash tavsiya etiladi:
25 daqiqa - vazifa matni va bino uchun ajratilgan joy sxemasi bilan
tanishishga;
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 daqiqa - eskizlashga;
45 daqiqa - maket yasashga;
65 daqiqa - grafikaga, shundan
15 daqiqa - tarz (fasad) uchun,
15 daqiqa - tarh (plan) uchun,
15 daqiqa - qirqim uchun,
20 daqiqa - yozuvlar (o‘lcham , balandliklar, annotatsiya va h.k.) uchun.