M a ’ruza rejasi. Tektonika va arxitektonika tushunchalari. Konstruksiyaning
ishlashi va uning badiiy ifodasi. Poliedrlar arxitektonikasi. Ichki fazoviy muhit va
uning tashqi shaklda ifoda etilishi.
M a ’ruza. Arxitekturaviy kompozitsiya fanida “tektonika” tushunchasi
alohida ahamiyatga ega. Bu ibora yunoncha “
tektonike” so‘zidan olingan
b o 1 lib,
tuzilish, qurilishni ifoda etadi. “
Arhitektonike” so‘zi esa o ‘ta, eng
yuqori, puxta tuzilish m a’nosini anglatadi. Umuman, bu ibora san’at asari-
ning m azm uni va shakli o ‘rtasidagi bog'liqlikni, uyg'unlik darajasini ifoda-
laydi. Arxitektonikani yoki tektonikani “funksional va estetik tomonlaming
yaxlitligi” , “funksional jihat va konstruktivlik asos birligi” kabi jumlalar
bilan ham ifodalash mumkin.
Tektonika to ‘g‘risida talabalarga m a’lumot berishdan maqsad - ularni
arxitekturaviy loyiha variantlaridan yaxshisini to ‘g‘ri, ilmiy asoslangan ra
vishda tanlashga o‘rgatishdan iboratdir. “Arxitektonika”
fanining vazifasi -
mavjud hamda loihalanayotgan san’at asarlariga ta ’rif berish, yaxshisini
yom onidan ajrata bilish usul va qoidalari bilan qurollantirishdan iborat.
E stetik asi y orqin ligi jih a td a n kristallar ichida t o ‘g ‘ri, b o ‘rtiq
ko‘pqirraliklar (poliedrlar yoki Aflotun jinslari) ajralib turadi. Ular sirasi-
ga to ‘rtqirralik (tetraedr), sakkizqirralik (oktaedr), o ‘nikkiqirralik (dode-
kaedr) va yigirmaqirralik (ikosaedr) kiradi. Poliedr sifatlaridan beshtasini
alohida ta ’kidlash joiz:
- poliedr unsurlarining (qirra, yon va burchaklaming)
tengligi, bir
xilligi;
- o ‘ta muntazamlilik, tizim lilik, simmetriklik;
- tuzilishining samaraligi (effektivligi),
tejamliligi;
- optimal konstruktivlik, zo ‘riqishlarga, tashqi ta ’sirlarga chidamliligi;
- xushbichimliligi, yaxlitliligi va go‘zalligi.
Q or parchalari ham nihoyatda tejamii, chiroyli
tuzilishi bilan tabiatda
eng arxitektonik shakllar qatoriga kiradi.
H ar qanday san’at asarlarida boMgani kabi arxitekturaviy inshootlarda
ham ichki mazmun va tashqi shakl mavjud.
Ichki mazmun jihatlari (tom onlari) beshta:
www.ziyouz.com kutubxonasi
- utilitar m azm un (jihat);
- funksional m azm un (jihat);
- strukturaviy mazmun - qismlarining o ‘zaro joylashuvi, o ‘zaro ta ’siri;
- konstruktiv-ashyoviу mazmun (jihat);
- texnologik m azm un (jihat).
Shakl jihatlari (tomonlari) asosan ikkita:
- ichki shakllar tizimi;
- ko'rinadigan, idrok etiladigan shakl — plastik qobiq.
Hajmiy shakl ichki tizim to ‘g‘risida xabar berishi kerak. Bu shaklning
informativligidir. Shakl informativligining o ‘lchovlari (parametrlari) va
bog‘liqliklari mavjud. U turli ko‘rinishlarga ega.
Shaklning informativligi
uning mazmunliligidadir. Ibora
«information»—tushuntirish, bayon etish
m a’nolaridagi so'zdan olingan. Inson ko‘z, k o ‘rish orqali oladigan vizual
informatsiyadan tashqari, boshqa sezish a ’zolari
orqali ham informatsiya
oladi. Demak, kompleks informativlik (tovush, hid va boshqa sezish organ-
lari orqali olinadigan xabar topishlik) mavjud. Arab raqamlarining