|
-kiauzura. TURLI FAKTURADAGI VA RANGLARDAGI UN SU R-Bog'liq Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari (X.Po\'latov va b.)5-kiauzura. TURLI FAKTURADAGI VA RANGLARDAGI UN SU R-
LARI KONSTRUKTIV JIHATDAN BO G ‘LANGAN HAJMIY
KOMPOZITSIYA
Klauzurada hajmiy shakl bilan birga yo faktura, yo rang, у о ikkisi ham
qoMlanilishi lozim. Turli tiynatdagi unsurlar ishlatilishi mumkin. M ashq-
ning asosiy shartlaridan biri - unsurlami o ‘zaro konstruktiv jihatdan ham
(nafaqat badiiy jihatdan) bogMash kerak.
6-klauzura. UNSURLARI TURLI ASHYOLARDAN TUZILGAN
HAJMIY KOMPOZITSIYA
Mashqda qoMlaniladigan unsurlar turli ashyolardan ishlanadi. Ashyolar-
ning konstruktiv va badiiy imkoniyatlari turli ekanligi nazarda tutilib, bikir,
mustahkam ham da ko‘rinishli yaxlitlik (kom pozitsiya) yaratilishi lozim.
1-vazifa. HAJMIY SHAKLLI KOMPOZITSIYA
Mashqda odam jussasiga nisbat qilinib, shartli funksiyani bajaradigan va
unsurlari qurilish ashyolaridan ishlangan hajmiy tizim shakllantiriladi. Vazi-
fani bajarish jarayonida egallanilgan bilim va ko‘nikmalardan foydalaniladi.
Biror monument yoki murakkabroq hajmli bino tariqasida ishlanadi. Asos-
ga ishlov berish shart emas.
Savollar
1. Hajm iy tizim qanday tashkil topadi?
2. To‘g‘ri burchakli hajmiy unsurlarning konstruktiv va badiiy
xususiyatlari nimalardan iborat?
3. 0 ‘tkir burchakli hajmiy unsurlarning konstruktiv va badiiy
xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Egri sirtli hajmiy unsurlarning konstruktiv va badiiy xususiyatlari
nimalardan iborat?
5. Hajmiy tizim ning badiiy jihatiga nimalar ta ’sir qiladi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
14-mavzu. ICHKI FAZOVIY MUHITNI
SHAKLLANTIRISH
M a’ruza rejasi.
Ichki yoki yopiq fazoviy muhit to ‘g ‘risida tushuncha. Yopiq
|
| |