Bog'liq Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari (X.Po\'latov va b.)
muhitni “chegaralovchi” unsurlar. Yopiq va ochiq muhitlarni bog'lash usullari. Chegaralovchi unsurlardagi “tuynuklar” (проёмы). Yopiq muhitning kompozit- sion markazi. Yaxlit m uhit. Yopiq muhitlarning b o‘linishi. Yaxlit muhitni tashkil qilishdagi sterjenli, yuzali va hajmiy unsurlarning roli. Yopiq muhitlarning o ‘zaro turlichajoylashuvi. Gorizontaljoylashgan yopiq muhitlar. Ularning turli yo‘nalishlari. Yopiq muhitlarning o ‘zaro ulanishidagi boshqa holatlar. M a’ruza. Ichki yoki yopiq makon (“ внутреннее пространство” )
deb devor, shift, pol kabi to ‘siqlar ichidagi fazoviy muhitga aytiladi. Bun-
day makon inson tom onidan idrok etiladi, ya’ni u badiiy qiymatga ega
bo‘lishi lozim. M e’m or shunga yarasha uni uyushtira olishi kerak. Ichki m a
kon interyer nomi bilan ham ataladi. Interyerning badiiy sifatlari makon-
ning funksiyasiga (bajarishi lozim bo'lgan maqsadga) chambarchas bog'liqdir.
Makonga (fazoviy m uhitga) nisbat qilib qo‘llanadigan “ ichki” va “yopiq”
sifat sokzlarining m a ’nolarida birmuncha farq bor. Farq insonning (to-
moshabinning) bu m uhitda bo‘lgan munosabatidan kelib chiqadi. “ Ichki
m akon” deyilganda inson (tomoshabin) shu fazoviy muhitning ichida tur-
ganligi tushuniladi. “Yopiq m akon” deyilganda esa inson fazoviy muhitdan
ajralgan holda, undan tashqarida bo‘lganligi tushuniladi. Yopiq fazoviy muhit
misoli tariqasida Xivadagi ustundor Juma masjidini keltirish joizdir.
Inson o ‘z hayotida ham ochiq, ham yopiq fazoviy muhitda bo‘ladi. Ak
sari bir muhitdan boshqasiga o ‘tish (ham jism onan, ham vizual shaklda)
tuynuklar (eshik, deraza kabilar) orqali amalga oshiriladi.
Ichki muhitni, uning funksiyasiga monand holda uyushtirish murakkab
masala bo‘lib, m e’m ordan yuksak did hamda uyushtirish vosita va usullari-
dan mohirona foydalana bilishni taqozo etadi.
Ichki muhitning kom pozitsion markazi aksari muhitning geometrik
markazidan boshqa joyda bo‘ladi. Masalan, masjid xonaqosining markazi -
m ehrob, izba (yog‘o ch d an qurilgan uy) m arkazi pechdir (m o ‘ridir).
Geom etrik markaz ham ayrim hollarda kompozitsion markaz bo'lishi
mumkin—masalan, zalning o‘rtasida diqqatni tortadigan qandil osish orqali.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ichki muhit turli—vertikal, gorizontal, kub, yarimsfera, sfera va h.k.
ko‘rinishlarda hamda yaxlit yoki bo‘lakiangan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
M uhit ko'pinchalik markaziy boMakdan yon bo ‘laklarga o ‘tadi. M e’mor
inson harakati davomida turli muhitlarni ketm a-ket idrok etishini nazarda
tutishi lozim. Demak m e’m or m uhitlar idrok etilishining o ‘ziga xos se-
nariysini tuzishi lozim.