• Tezlikni mashinaning juft qutblar sonini o‘zgartirib rostlash.
  • Statordagi kuchlanishni o‘zgartirib asinxron mashi­nalarning tezligini rostlash




    Download 22.65 Kb.
    bet5/6
    Sana16.06.2023
    Hajmi22.65 Kb.
    #73639
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Asinxron dvigatelni tormozlash rejimlari
    4-mavzu, 13-web ilova, I. A. Karimov Respublikamizda ta\'lim va tarbiya sohasidagi isloh-fayllar.org, Dublikat xulosa namunasi (3), 6azJY7iSlpRhvx7CZVMr4FrlO2KYxIFeysQA0x6S, uo8qPgZmNCU2BKkahGeBZwEJ2XpEf5XxxYByT3Zq, YnuDC9lhxAWw9ENUUDJaEJu1NT9VPwtu6XFcWMho, Sayibnazarov ALimuhammad I - 320 TEST MINTAQAVIY IQT., 9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 1-mavzu. Tovarlar asso-fayllar.org, Karimberdiyev Sh milliy harakatli o\'yinlar chiqarildi, JUMABAYEVA DILFUZA 3, Сув хужалиги - , seminar mashg\'ulot matni Jadid adabiyoti tarixi 2021 yil (2), 3. Chorvachilik G. Raximova
    Statordagi kuchlanishni o‘zgartirib asinxron mashi­nalarning tezligini rostlash. Kuchlanishni kamaytirganda kritik sirpanish o‘zgarmaydi, kritik moment esa kamayadi (4.2- rasmga qarang). Bunday rostlash usulidagi tavsiflar statorga qo‘shimcha qarshilik kiritilgandagi ifodalarga yaqin bo‘ladi. Kichik tezliklarda mumkin bo‘lgan moment qiymatini oshirish maqsadida faza rotorli dvigatellarda rotorga qo‘shimcha qarshilik kiritish mumkin. Yuritma energetikasi, taxminan, statorga qo‘shimcha qarshilik kiritilganda­gidek; tezlk kamayishi bilan qurilmaning FIK va quvvat koeffitsiyenti kamayadi. Statordagi kuchlanish ortganda tezlik asosiy tezlikdan birmuncha yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Ammo bu holda mashina to‘yinib, po‘latdagi isroflar to‘satdan ortib ketadi.

    Agarda avtotransformator qo‘llanilsa, kuchlanish pasayganda statordagi aktiv va induktiv qarshilik ko‘payadi, kritik sirpanish esa kamayadi. Bunday sxe­mada rostlash diapazoni = 1,2ё1,3 ga teng bo‘ladi.



    Tezlikni mashinaning juft qutblar sonini o‘zgartirib rostlash. Oddiy texnologik va ishlab chiqarish jarayon­larini bajaradigan ko‘plab mexanizmlar tezlikni ravon rostlashni talab qilmaydi. Ular uchun tezlikni ikki, uch pog‘onada rostlashga mo‘ljallangan yuritmalar yetarli bo‘ladi. Bu mexanizmlarga yuk va passajir tashuvchi liftlar, yog‘ochga ishlov beruvchi dastgohlar, markazdan qochma separatorlar va boshqa mashinalar kiradi.

    Bu holda yuritmada ko‘p tezlikli elektr dvigateli­dan foydalaniladi. Bunday dvigatellar konstruktiv jihatdan ikki turda: statorning bitta paziga turli juft qutbli bir nechta chulg‘amlar joylashgan; chulg‘am seksiyalarni ma’lum tarzda ulaganda juft qutblar sonini o‘zgartirish imkonini beradigan bir nechta chulg‘amli qilib bajariladi.

    Agarda asinxron mashinada stator qutblar soni o‘zgartirilsa, rotorning qutblar sonini ham shu songa o‘zgartirish kerak. Bu jarayon «olmaxon katakli» rotori bo‘lgan mashinalarda avtomatik tarzda amalga oshirilganligi bois ko‘p tezlikli dvigatellar faqat qisqa tutashgan rotorli bo‘ladi.

    Statorning bir pazida bir nechta chulg‘amli ko‘p tezlikli dvigatel boshqacha turdagi dvigatellardan o‘zining




    4.16- rasm. ChO‘-AD yuritma mexanik tavsiflari: a — o‘zgarmas momentda; b — o‘zgarmas quvvatdad — ventilyatorli yuklamada.

    o‘lchamlari, massasi, FIK va quvvat koeffitsi­yentining pastligi tufayli orqada qoladi. Juft qutblar sonini 2 : 1 nisbatda almashlab ulash sxemasi 4.14- rasmda keltirilgan.

    Bu yerda soddalashtirish maqsadida statorning bitta faza chulg‘ami keltirilgan. Chulg‘amlarni ulanish sxemasidan ko‘rinib turibdiki, sektsiyalar ketma-ket hamda parallel ulanganda ham juft qutblar soni olinadi. Ko‘p tezlikli dvigatelga ega bo‘lgan yuritmalarda tezlik chulg‘amlarni turli ravishda ulash bilan rostlanadi. Bu ulanishlarni o‘zgarmas moment hamda o‘zgarmas quvvat rejimida amalga oshirish mumkin.


    Download 22.65 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 22.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Statordagi kuchlanishni o‘zgartirib asinxron mashi­nalarning tezligini rostlash

    Download 22.65 Kb.