• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Umumta’lim maktablarida virtual laboratoriyalar asosida o‘quv jarayonini samaradorligini oshirishning nazariy jihatlari”
  • “Virtual laboratoriyalarning umumta’lim maktablari
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/34
    Sana02.02.2024
    Hajmi1,11 Mb.
    #150609
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
    Bog'liq
    1.DES

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqotning natijalari 11 ta, 
    shu jumladan, 8 ta respublika, 3 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarida 
    muhokamadan o‘tkazilgan. 
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 
    jami 20 ta ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Shulardan, O‘zbekiston 
    Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining doktorlik dissertatsiyalarining 
    asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 9 ta, 
    jumladan, 3 ta respublika va 6 tasi xorijiy jurnallarda nashr qilingan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va 
    foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tarkib topgan. Ishning umumiy hajmi 128 
    sahifani tashkil qiladi. 
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, 
    mavzu bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilgan, tahlil jarayonida 
    muammoning o‘rganilganlik darajasi ilmiy asoslab berilgan, tadqiqotning ta’lim 
    muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi, maqsadi va 
    vazifalari, shuningdek, predmeti, obyekti va usullari, ilmiy yangiliklari, amaliy 
    natijalari, natijalarning ishonchligi, natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, 
    natijalarning joriy qilinishi, natijalarni aprobatsiyasi, natijalarni e’lon qilinganligi, 
    ishning tuzilishi va hajmi borasidagi ma’lumotlar keltirilgan. 
    Dissertatsiyaning “Umumta’lim maktablarida virtual laboratoriyalar 
    asosida o‘quv jarayonini samaradorligini oshirishning nazariy jihatlari” deb 
    nomlangan birinchi bobida respublikamizda va xorijiy davlatlarda tadqiqot olib 
    borgan pedagog-olimlar va amaliyotchilarning ilmiy tadqiqotlari tahlil qilinib, 
    “Elektron ta’lim muhiti”, “Raqamli ta’lim”, “Virtual laboratoriya” va uning tashkil 
    etuvchilari hamda ularning ta’lim jarayonidagi vazifalari aniqlandi. 
    Respublikamiz olimlaridan A.A.Abdukodirov umumta’lim maktablari uchun 
    elektron darsliklar yaratish va xarajatlarini aniqlash masalalariga alohida e’tiborni 
    qaratgan bo‘lsa F.M.Zakirova o‘zining tadqiqotlarida esa o‘qituvchining kasbiy 
    faoliyatida veb-texnologiyalarni qo‘llashda kompetensiyaning o‘rni va ahamiyati 
    bo‘yicha fikr yuritilgan.
    MDH mamlakatlarining olimlaridan biri Трухин А.В. ning fikriga ko‘ra 
    haqiqiy laboratoriya uskunalari bilan bevosita aloqa qilmasdan tajribalar o‘tkazishga 
    imkon beradigan dasturiy ta’minot yoki virtual laboratoriya asosida o‘qitish borasida 
    mulohazalar yuritgan. 


    11 
    Xorijiy mamlakat olimi Rachel Rose Oser fikr ko’ra: jamiyatimiz tobora 
    texnologik jarayonlarga boy bo‘lib borar ekan, ta’lim jarayonidagi taxsil oluvchilar 
    texnologiyaga boy muhitda ta’lim olish faoliyatida katta imkoniyatlarga erishadi. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zoologiya” fanini o‘qitishda zamonaviy 
    dasturiy vositalardan foydalanish, o‘quvchilarning dars jarayonida va darsdan 
    tashqari vaqtida o‘quv faoliyatini tashkil etishni hozirgi holati, yuqorida kelitrilgan 
    fan bo‘yicha axborotlashgan ta’lim muhitini tashkil etish hamda ta’lim jarayonida 
    elektron o‘quv-metodik ta’minotni ishlab chiqish va foydalanishning asosiy talablari 
    hamda 
    quyidagi 
    (ko‘rgazmalilik, 
    tarmoqlanish, 
    boshqaruvchanlik, 
    moslashuvchanlik, kompyuterli qo‘llash, ochiq tizimlilik) tamoyillariga oid tahliliy 
    ma’lumotlar keltirilgan. 
    Umumta’lim maktab о‘quv jаryоnida laboratoriya mashg‘ulotlarini virtual 
    laboratoriyalar yordamida samaradorligini oshirish, laboratoriya sharoitida bajarib 
    bо‘lmaydigan va kо‘zga kо‘rinmaydigan hamda nоzik jarayonlarni kо‘rsatish, 
    о‘quvchilarni mustaqil shug‘ullanishi uchun imkоniyatlar yaratishi haqida tahliliy 
    ma’lumotlar keltirilgan. Umumta’lim maktablarining о‘quv jаryоnida laboratoriya 
    mashg‘ulotlarini mazmunini ichki va tashqi xossalarini ochib berish maqsadida 
    yaratilgan virtual laboratoriyalarning nazariy va amaliy jihatlariga o‘quvchilarning 
    mustaqil faoliyatida refleksiv munosabatda ustivorlik berish asosida aniqlashtirish 
    borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. 
    Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zoologiya” fanini o‘qitish 
    samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning ushbu fandan dars jarayonida va uy 
    ishi topshiriqlarini o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishda zamonaviy dasturiy 
    vositalaridan foydalanish dolzarbligicha qolmoqda. Zamonaviy o‘qitish dasturiy 
    vositasi sifatida kompyuter imitatsion modellarini global Internet tarmog‘ida onlayn 
    ochiq kodli axborot-ta’lim muhitlarini, platformalarini, bulutli texnologiyalarni 
    misol sifatida keltirish mumkin. “Zoologiya” fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini 
    tashkil etishda zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning 
    ko‘proq ichki imkoniyatlari, intellektual salohiyati, axborotni qabul qilish va 
    o‘zlashtirish xususiyatlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilarni 
    “Zoologiya” fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishda zamonaviy o‘quv 
    vositalaridan foydalanishga oid turkum pedagogik muammolarni bartaraf etish 
    lozim.
    Tadqiqot ishidа umumiу o‘rta tа’lim mаktаblаrining “Zооlоgiyа” fаnidаn 
    аmаliу vа laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmuni ichki va tashqi xossalarini ochib 
    berish maqsadida yaratilgan virtual laboratoriyalarning nazariy va amaliy jihatlariga 
    o‘quvchilarning mustaqil faoliyatida refleksiv munosabatni tashkil etish kabi 
    masalalar dоlzаb ekаnligini аsоslаndi. 
    Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, virtual laboratoriya o‘quvchilarning 
    muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, kontseptual tushunish, ilmiy 
    jarayon ko‘nikmalari, laboratoriya ko‘nikmalari, motivatsiya, qiziqish, idrok va 
    o‘quv natijalarini oshirishga imkoniyat yaratishi asoslandi. 
    Dissertatsiyaning “Virtual laboratoriyalarning umumta’lim maktablari 

    Download 1,11 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish