|
-rasm. Web platformaning tuzilishiBog'liq 1.DES3-rasm. Web platformaning tuzilishi.
Ushbu web paltforma umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilar uchun
mavzularni ixtiyoriy vaqtda kompyuter yoki telefon yordamida o‘rganish, o‘z
vaqtida o‘rganaolmagan bilimlarni takroran imitatsion model, video, audio, matn va
animatsiyalar bo‘yicha berilgan bo‘limlardan o‘qib, ko‘rib o‘rganib olish, fanga oid
DTS talablari va meyyoriy hujjatlar bilan tanishish, uy ishi topshiriq mavzularini
erkin o‘rganish, fanning mavzullari bo‘yicha nazariyalarni o‘rganib borish, amaliy
va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida bajarib borish, fan bo‘yicha virtual
laboratoriya, kompyuter yoki mobil ilovalardan foydalanib, o‘z bilimlarini
oshirishda foydalanish, fan bo‘yicha test savollarini o‘qib va javob berib o‘z-o‘zini
baholash, biologiyaga oid manbalarni web platforma yoramida o‘rganib, o‘z
xulosalariga ega bo‘lish kabi imkoniyatlarni yaratib bersa, fan o‘qituvchisi uchun
esa, “Zoologiya” fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar olish, mavzularning
nazariyalarini ko‘zdan kechirish hamda kerakli vaqtda ulardan foydalanish,
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini berilgan topshiriqlarni bajarishlari orqali
aniqlash, fanni o‘qitishda virtual laboratoriya, kompyuter yoki mobil ilovalardan
foydalanish bo‘yicha metodik imkoniyatlarni yaratadi. “Zoologiya” fanining
takomillashtirilgan metodik ta’minotini o‘zida mujassamlashtirgan web
platformadan o‘quv jarayonida foydalanish quyidagi amaliy ahamiyatga ega:
o‘quvchilarning fanni o‘rganish faoliyatidagi biologik jarayonlarni KIM asosida
yaratilgan virtual laboratoriyalar yordamida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini
bajarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish; o‘quvchilarda yuksak
motivatsiyani shakllantirish, kasbiy bilimlarni egallash, kelajakdagi o‘z faoliyatini
va jamiyatdagi o‘z o‘rnini ko‘ra olishiga erishish va h.k.
|
| |