o‘quv jarayonini takomillashtirish metodikasi”




Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/34
Sana02.02.2024
Hajmi1,11 Mb.
#150609
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
1.DES

o‘quv jarayonini takomillashtirish metodikasi” nomli ikkinchi bobida fanning 
metodik ta’minotini tashkil etuvchilar, uning takomillashtirish metodikasini ishlab 


12 
chiqish va KIM lar asosida virtual laboartoriya va web platformadan foydalangan 
holda o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ochib berilgan. 
Shuningdek, tadqiqotda elektron ta’lim muhitida umumiy o‘rta ta’lim 
maktablari o‘quvchilariga “Zoologiya” fanini o‘quv faoliyati bilan bog‘liq 
mazmunini va o‘qitish jarayonini tashkil etish, har xil murakkab darajasidagi 
biologik jarayonlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirish 
hamda o‘qituvchi tomonidan o‘rgatilayotgan fanga oid yangi bilimlarni KIM lar 
asosida yaratilgan virtual laboartoriyalar va web platforma yordamida o‘rganib 
borishi, o‘z faoliyatini baholay olish hamda shaxsiy qarorlar qabul qilish 
xususiyatlarining shakllanishiga xizmat qiladigan metodik ta’minot ishlab chiqildi. 
Umumta’lim maktablarida “Zoologiya” darsligiga doir yaratilgan virtual 
laboratoriyalardan foydalanib laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning kasbga 
yo‘naltirilgan 
metodikasi 
o‘quvchilarda 
tajriba 
jarayonlarini 
tushunish, 
ma’lumotlarni qiyoslash, ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi vizual tarkibli 
topshiriqlarni ya’ni, 7-sinf “Zoologiya” fanining amliy va laboratoriya mashg‘ulot 
mavzulari bo‘yicha ishlab chiqilgan virtual laboratoriyalarni adaptiv o‘qitish 
jarayonida differensial qo‘llash asosida ishlab chiqilgan. 
Differensial ta’lim – bu o‘quvchilarning yoshi, qobilyati, o‘ziga xosligi, 
ishtiyoqlari, qiziqishlari, sinfdagi o‘zlashtirish darajalarini inobatga olgan holda 
yondashuv asosida berilgan ta’limdir. 
O‘quv dasturida berilgan mavzularga mos ravishda axborot-ta’lim muhitidan 
foydalanib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga KIM asosida yaratilgan 
virtual laboratoriyalar yordamida zoologiya fanining soxta oyoqlilar sinfining 
hayotiy jarayonlarini o‘rganish hamda ularning turlari bilan tanishish, yashil 
evglenaning tashqi va ichki tuzilishini va ularning hayotiy funksiyalarini, jumladan, 
harakatlarini, qisqarish vakuolasining ishi, oziqlanishi, ko‘payishi, entistatsiyasini 
o‘rganish, yassi chuvalchanglar tipi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar 
sinflarining hayotiy jarayonlarini o‘rganish hamda ularning turlari bilan tanishish 
kabi mavzularini o‘qitish orqali, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni 
ta’minlanishi ochib berilgan. 
Misol tariqasida quyidagi keltirilgan imitatsion modellardan ko‘rinib turibdiki, 
amyoba, tartibsiz shakldagi protoplazmatik bo‘lak bo‘lib, u doimo o‘z shaklini 
o‘zgartiradi, chunki uning soxta oyoqlari tanasining turli joylarida doimiy ravishda 
cho‘zilib va tortilib turish jarayonlarini kuzatiladi (1-rasm). 

Download 1,11 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



o‘quv jarayonini takomillashtirish metodikasi”

Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish