13
Navbatdagi imitatsion modelda jigar qurtini
jigarning ichki faoliyatida
ko‘payish jarayonida so‘ng uning tashqi muhitga chiqish holati bo‘yicha ishlab
chiqilgan. Shuni ham ta’kidlash mumkinki, chorva mollari ozuqalarni iste’mol
qilgandan so‘ng ular ozuqasi bilan birgalikda jigar qutini ham iste’mol qilb yuboradi
va ular ichakka surilibva unda sistadan chiqib yorilib, yosh jigar qurti chiqadi. Sista
yorib chiqqan jigar qurti ichak devorini teshib qonga o‘tadi
hamda qon orqali esa
jigarning o‘t suyuqligi yo‘liga o‘tadi, shu yerda u voyaga yetadi va rivojlanadi. Bu
jarayonni ushbu modelda kuzatishimiz mumkin bo‘ladi (2-rasm).
2-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi bo‘yicha imitatsion modeli.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Zoologiya fanini o‘qitishda axborot-
elektron ta’lim muhitini tashkil etishda foydalaniladigan, elektron o‘quv
adabiyotlariga,
KIM asosida yaratilgan virtual
laboratoriyalar va web
platformalariga qo‘yiladigan talablar yoritib berilgan. Unga ko‘ra elektron o‘quv
adabiyotlarini yaratishda modullilik, to‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarmoqlanish,
boshqaruvchanlik, ko‘nikuvchanlik, kompyuterli qo‘llab-quvvatlash
tamoyillari,
shuningdek, didaktik, texnik va texnologik talablar yoritilgan. Shunga asosan,
tadqiqotda axborot-ta’lim muhitini tashkil etishda
foydalaniladigan dasturiy
vositalar: Macromedia Flash 8, HTML, CSS,
JavaScript, Visual Studio Codedan
foydalanib, web platformasini yaratish va ulardan ta’lim
jarayonida samarali
foydalanish o‘quvchilarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
yordam berishi aniqlandi.
Shuningdek, Macromedia Flash 8, HTML, CSS, JavaScript, Visual Studio
Code dasturlaridan foydalanib, fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan
virtual laboratoriya
va web platforma yaratildi va uni ta’lim jarayonida foydalanish metodikasi ishlab
chiqildi (3-rasm).