17
Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-, 4-, 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
7-sinf o‘quvchilarida o‘tkazildi. Tajriba va nazorat guruhlari uchun jami 640 nafar
o‘quvchi jalb etildi.
O‘quvchilarga “Zoologiya” fanini o‘qitishda kompyuter imitatsion modellardan
foydalangan holda ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishni axborot
texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida amalga oshirish va tajriba-sinov
o‘tkazish asosiy masalalardan biri sifatida qaralgan. Shu bois, tadqiqotda
umumta’lim maktablarining 7-sinf “Zoologiya” fanidan o‘quvchilarning bilim va
malakalarini shakllantirish maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba-sinov
ishlari uch bosqichda amalga oshirildi:
Tadqiqotning birinchi bosqichi 2019-2020 o‘quv yillarida umumta’lim
maktablarining 7-sinf “Zoologiya” fanini Davlat ta’lim standartlariga oid o‘quv
dasturi, shakllari va o‘quv dasturi asosida belgilab berilgan fan mavzulari tahlil
qilindi hamda ularning fan mavzularini o‘zlashtirish faoliyati davridagi mavjud
muammolar aniqlandi.
Dastlabki bosqichda tajriba-sinov o‘tkazish obyektlari belgilandi. Obyekt
sifatida Jizzax viloyati, Jizzax shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 12-, 19-, 22-
sonli, Samarqand viloyati, Urgut tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 85-, 87-,
22-sonli va Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-,
4-, 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari jalb etildi hamda
ularni tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Jami 640 nafar o‘quvchilar respondent
sifatida ishtirok etdi.
Tadqiqotning amaliy, shakllantiruvchi va nazorat qiluvchi bosqichi 2020-2021
o‘quv yilllarida “Zoologiya” fanidan o‘quvchilarning bilim va malakalarini
shakllantirishda KIM asosida ishlab chiqilgan virtual laboratoriyalardan va web
platformadan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi hamda amalda o‘quvchilarning
bilim va malakalarini shakllantirishda “Zoologiya” fanini o‘rganish jarayonida
qo‘llanildi. Tadqiqot jarayonida 7-sinf “Zoologiya” fanidan o‘quvchilarning bilimini
baholashda online va ofline test tizimi yaratilib, tadqiqot doirasida yaratilgan biolog-
web.uz web platformasiga joylashtirildi. 7-sinf “Zoologiya” darsligi mavzulari
bo‘yicha ishlab chiqilgan nazorat topshiriqlarini individual ta’sirda o‘zlashtirish
asosida umumta’lim maktablarida virtual laboratoriyalar yordamida o‘quvchilarning
bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik jarayonni optimallashtirilgan
holda olib borish asoslandi.
Tadqiqotning umumlashtiruvchi-yakuniy bosqichi 2021-2022 o‘quv yilllarida
amalga oshirildi. Ushbu bosqichda tajriba-sinov o‘tkazish uchun jalb etilgan tajriba
va nazorat guruhidagi o‘quvchilarning olingan baholari tahlil etilib, umumlashtirildi
va uning ishonchliligini tekshirish maqsadida Styudent-Fisher kriteriyasi asosida
matematik-statistik tahlili qilindi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf “Zoologiya” fani asosida yaratilgan
virtual laboratoriyalar va web platforma yordamida o‘quv faoliyatini tashkil etish
samaradorligini aniqlash uchun tajriba guruhiga 316 nafar, nazorat guruhiga esa 324
nafar o‘quvchilar jalb etildi. Tajriba sinovida qatnashgan o‘quvchilar olgan
baholarining umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.