• 4. Foydalanilgan adabiyot ro`yxati.
  • Asosiy fondlarni o`rtacha yillik qiymatini hisoblash




    Download 108.71 Kb.
    bet3/3
    Sana03.06.2023
    Hajmi108.71 Kb.
    #69286
    1   2   3
    Bog'liq
    Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. Reja
    Madaminova Mard-WPS Office, 31-Vektorr, 2 5312447479373892554, ycUaDA2OZWoeqoLRBn65727YpdqyWt07VxYQ6WEP, ¦Ы¦¦¦¦TЖ¦¬TП8, 2.Kimyo tex xarita, Simmetrik kriptografik algoritmlar, Gosht (mol, qoy, tovuq) va baliq mahsulotlarning ozuqaviy qiymnti, ahamiyati, turlari, ularning sifatiga bolgan talablar., O’zgarmas tok tormizlash usullari Reja 1-Teskari ulash yo’li bil, TEST 1, 25 variant 3 savol, result, METALLARNI KESISH TEXNOLOGIYASI, Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi.
    3.Asosiy fondlarni o`rtacha yillik qiymatini hisoblash.
    Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisob-kitob qilish,
    ulardan foydalanishning samaradorligini ifodalash uchun juda ko`p ko`rsatkichlar
    kerak bo`ladi. Ularni bir necha guruhlarga bo`lish mumkin:
    - asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
    - ulardan foydalanish darajasini, ularning samaradorligini ifodalovchi
    ko`rsatkichlar;
    - ishlab chiqarish fondi bilan qurollantirish darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
    - integral ko`rsatkichlar.
    Bu ko`rsatkichlar tizimida ayniqsa, fond qaytimi ko`rsatkichi va fond
    rentabelligi ko`rsatkichi alohidа o`rin egallaydi.
    Fond qaytimi - bu bir so`mlik asosiy fond ishtirokida qancha mahsulot ishlab
    c
    hiqarish mumkinligini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

    Bunda: Fq - fond qaytimi (so`m hisobida);


    Q - ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (so`m hisobida);
    AFo‘rtyq - asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.
    Fond sig‘imi - bu fond qaytimiga teskari ko`rsatkich bo`lib, ma`lum miqdordagi
    mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha asosiy fond kerakligini ifodalaydi va
    q
    uyidagi formula asosida hisoblanadi:

    Mehnatning fond bilan ta`minlanganligi har bir ishlovchi hisobiga qanchadan


    a
    sosiy vositalar to`g’ri kelishini bildiradi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:

    Bunda: Хym – xodimlarning yillik o`rtacha miqdori (kishi hisobida).


    Asosiy fondlardan foydalanishni ifodalaydigan ko`rsatkichlardan yana biri - bu
    jihozlardan foydalanish ko`rsatkichlari:
    a) ekstensiv foydalanish koeffitsienti (Ke). U jihozlarning rejali ish vaqti fondida
    (Tjr) haqiqiy ishlagan vaqti (Tjh) darajasini ko`rsatadi:

    b) intensiv foydalanish koeffitsienti (Kin). U jihozlarning minimum mahsulot ishlab


    chiqarishi mumkin bo`lgan miqdoriga (Mh) nisbatan haqiqiy ishlab chiqargan
    m
    ahsulot miqdori (Mx) darajasini ko`rsatadi:

    Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri mavjud


    ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ulardan samarali
    foydalanish masalasi ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida yanada
    dolzarblashadi. Shuning uchun ham O`zbekistonda ulardan har tomonlama unumli
    foydalanishga alohida e`tibor berib kelinmoqda.
    Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to`la va unumli foydalanilsa, ko`proq
    mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va
    samaradorligi oshadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida
    belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chiqarish
    maydonlaridan to`liq foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini
    ifodalaydi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida o`lchanadi.
    Masalan, metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish quvvati tonnada, to`qimachilikda
    yigirilgan ip tonnada, gazlamalar metrda, avtotraktor tarmoqlarida avtomobillar va
    traktorlar donalab o`lchanadi. Ishlab chiqarish quvvati korxonaning texnik darajasi,
    unumdorligi, kadrlar malakasi, xom ashyolarninг sifati va mahsulotlarning
    assortimentiga qarab o`zgara boradi.
    Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma`lumotlar bo`lishi lozim:
    a) mavjud uskunalar va agregatlarning soniga (ta`mirlashdagi uskunalar)
    rejalashtirish davrida yangidan kiritilgan uskunalar qo`shiladi, Lekin jismoniy va
    tabiiy sharoit ta`sirida emirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi;
    b) korxonalar va tsexlarning ishlab chiqarish maydonlari haqidagi ma`lumot;

    c) korxonalarning ish rejimi, ya`ni smenalar soni, ish vaqti fondi;


    d) uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi.
    Ishlab chiqarishda turli uskunalardan foydalanish, korxonaning quvvati asosiy
    texnologik jarayonlarni bajaradigan yetakchi tsexlar, bo`linmalar yoki agregatlarning
    quvvatlariga binoan hisoblanadi.
    Turli korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda ularning
    x
    ususiyatlari inobatga olinadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

    Bunda: Q - korxonaning ishlab chiqarish quvvati;


    Ds - bir turdagi dastgohlar soni;
    Du - vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi;
    Div - dastgohlarning ishlash vaqti.
    Ayrim tarmoqlarning korxona va tsexlarida yig‘uv, quyuv, mebel', konserva
    i
    shlab chiqarish quvvati, maydon bo`yicha quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:

    Bunda: M - korxonaning yoki tsexning ishlab chiqarish maydoni (kvm);


    Mn - norma ish joyiga taalluqli ishlab chiqarish maydoni (kvm);
    F - ish joyining yillik rejali ish vaqti fondi (soat);
    Vt - mahsulotning mehnat talabchanligi - texnologik vaqt (soatda).
    Yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati - kirish quvvati, yil oxiridagisi
    esa chiqish quvvati deyiladi. O`rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi
    f
    ormula yordamida aniqlanadi:

    Bunda: Qk- kirish (rejalashtirilayotgan yil boshidagi) quvvat;


    Qt - yil davomida ishga tushirilgan quvvat;
    Qch - chiqish (yil oxiridagi) quvvat;
    P - rejalashtirilayotgan davrdagi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilmagan oylar soni;
    P - rejalashtirilayotgan davrda, ishga tushirilgan ishlab chiqarish quvvatidan
    foydalanilgan oylar soni.
    Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash
    ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kapital mablag‘ sarflamay
    qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishgа, mehnat unumdorligi va samaradorlik
    o`sishiga hamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon yaratadi. Shuning uchun
    ham hozirgi sharoitda respublikada ulardan unumli foydalanishga katta e`tibor
    berilmoqda.
    Sanoat asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari samaradorligini oshirishda
    korxonalarda texnologik uskunalarning ish smenasini ko`paytirish katta aqamiyatga
    egadir. Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun korxonaning texnika
    va texnologiyasini takomillashtirish, mashinalarning ish tezligini oshirish, metall
    quyishga, kimyoviy jarayonlargа sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek,
    kadrlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yiriklashtirish,
    ixtisoslashtirish va hamkorlik asosida mahsulot ishalb chiharishni tashkил etish zarur.

    4. Foydalanilgan adabiyot ro`yxati.

    Nazirov A. SH. Mehnatni tashkil etish va normalshtirish. — T.:


    “Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti” —2020 yil.
    www.google.ru
    www.google.uz
    www.ref.uz
    www.stat.uz
    www.Ziyo.net
    www.Manajement.ru
    www.MBA.ru



    Download 108.71 Kb.
    1   2   3




    Download 108.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy fondlarni o`rtacha yillik qiymatini hisoblash

    Download 108.71 Kb.