Elektr o‘lchash asboblariga qo‘yiladigan




Download 268.76 Kb.
bet2/8
Sana30.03.2022
Hajmi268.76 Kb.
#19116
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
a-6
Dars ishlanma, ochiq dars fizika 1, Dinámik kuchlár tá0siridán mustáhkámlikká Õis«blásh, 19-maruza, Патология, GIO test
Elektr o‘lchash asboblariga qo‘yiladigan
umumiy texnik talablar
O‘lchash asbobining aniqligi uning xatoligi nolga qanchalik yaqinligini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Strelkali o‘lchash asboblarining aniqligi keltirilgan xatolik bilan baholanadi:
(6.1)
bu yerda: Ao‘-o‘lchangan miqdor;
Ah -o‘lchanadigan miqdorning haqiqiy qiymati,
- absolyut xatolik.
O‘lchash xatoligi asbobdagi kamchiliklar (ishqalanish, qo‘zg‘aluvchan qismlarning muvozanatlanmaganligi, shkalaning noto‘g‘ri o‘rnatilishi va h.k.) hamda tashqi ta’sirlardan kelib chiqadi.
Normal ish sharoitlarida aniqlangan keltirilgan xatolik asbobning asosiy xatoligi deb ataladi. Asosiy xatolik bo‘yicha bevosita baholaydigan asboblar Davlat standarti bo‘yicha 8 ta aniqlik sinfiga ajratiladi. Bular 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5 va 4. Ular o‘lchash asboblarining shkalalarida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Aniqlik sinfini bildiruvchi raqam asosiy eng katta joiz keltirilgan xatolikni bildiradi. Masalan, asbobning aniqlik sinfi 0,2 bo‘lganda = ±0,2% bo‘ladi.
Qo‘shimcha xatoliklar asbob ishlash sharoitlarining normal sharoitlar (muhitning harorati, ishchining normal holati, o‘zgaruvchan tokning kuchlanishi va chastotasi) dan chetga chiqishi oqibatida kelib chiqadi. Tashqi magnit va elektr maydonlarining mavjudligi ham o‘lchashda qo‘shimcha xatolikni vujudga keltiradi.
Ishlatish sharoitga qarab elektr o‘lchash asboblari qo‘yidagi turkumlarga bo‘linadi: A (harorat oralig‘i 10 dan 35°C gacha; muhitning nisbiy namligi 80% gacha); B (-30 dan 40°C gacha; 90% gacha); B1 (-40 dan 50°C gacha; 95% gacha); B2(-50 dan  60°C gacha; 95% gacha), B3 (-50 dan 80 °C gacha; 98% gacha). Tropik iqlim sharoitida ishlatishga mo‘ljallangan elektr o‘lchash asboblarida «T» belgisi bo‘ladi.
Asbobniig sezgirligi o‘lchash asbobining chiqish qismidagi signal o‘zgarishi (l) ning kirish qismidagi signal o‘zgarishiga (x) ga nisbatidir;
(6.2)
Asbobning sezgirligi o‘lchanayotgan miqdorlar birligiga mos keluvchi shkalaning bo‘linmalar soni bilan aniqlanadi.



Download 268.76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 268.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr o‘lchash asboblariga qo‘yiladigan

Download 268.76 Kb.