Asosiy tushunchalar




Download 268.76 Kb.
bet7/8
Sana30.03.2022
Hajmi268.76 Kb.
#19116
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
a-6
Dars ishlanma, ochiq dars fizika 1, Dinámik kuchlár tá0siridán mustáhkámlikká Õis«blásh, 19-maruza, Патология, GIO test
Yechish. Voltmetrning o‘lchash chegarasini oshiruvchi koeffisient:
m = U / UV = 3000/100 = 30.
Qo‘shimcha qarshilik: Rsh = RV (m - 1) = 20(30 - 1) = 580 kOm.
6.5. Ampermetrda nominal tok Inom=10A, aniqlik sinfi 2,5. Qiymati 5A bo‘lgan tokni o‘lchashdagi mumkin bo‘lgan eng katta nisbiy xatolikni aniqlang. Darajasining yuqorigi chegarasi Unom=100V bo‘lib, namuna asbob 20V ko‘rsatganda 21,2V ko‘rsatadigan voltmetrning aniqlik sinfini va o‘lchashdagi nisbiy xatolikni aniqlang. Voltmetr tekshirilganda berilagn nuqtada uning absolyut xatoligi katta bo‘lishi aniqlangan.
6.6. P=1200 Vt quvvatni ampermetr va voltmetr bilan o‘lchashda asboblar I=12A, U=102V ni ko‘rsatdi, rezistorning R=120 Om qarshiligini o‘lchashda esa I=0,5A, U=61V ko‘rsatdi. Ikkala holda ham o‘lchashning absolyut va nisbiy xatoligini aniqlang.
6.7. Magnitoelektrik ampermetrning nominal toki Inom=10A. I=Inom tokni o‘lchashda o‘lchash g‘altagidagi tok Ig‘=510-3A, ampermetr qismlaridagi kuchlanish esa Ua=75mV bo‘ldi. Shuntning qarshiligini aniqlang. Tokni o‘lchashning eng yuqori chegarasini, ampermetr qismalaridagi kuchlanishni va shuntlash koeffisienti Rsh=1000, Rsh=4000 bo‘lganda asosiy shunt o‘rniga o‘rganiladigan shuntning qarshiligini toping.
6.8. Ko‘p chegarali voltmetrning to‘rt xil o‘lchash chegarasi bor, buning uchun to‘rtta rezistor o‘lchagich bilan ketma-ket ulangan, ularning birlashishi nuqtalari esa old panelga chiqarilgan. Kuchlanish uchinchi chegarada o‘lchanganda U=U3nom=75V, o‘lchash mexanizmida kuchlanishning pasayishi U=0,3V, tok I=30mA. Qo‘shimcha rezistorlarning uchinchi o‘lchash chegarasiga muvofiq keladigan umumiy qarshiligini aniqlang.
Har qaysi chegara uchun qarshilik koeffisientlari ma’lum: R1q=10, R2q=50, R3q=250, R4q=500 bo‘lganda barcha o‘zgarish chegaralarini nominal kuchlanishni va to‘rtala rezistordan har birining qarshiligini aniqlang.
6.9.Sarf bo‘lgan har bir kilovatt-soat energiyaga bir fazali hisoblagichning diski 2500 marta aylanadi. Ma’lum yuklamada hisoblagichning diski 10 daqiqa davomida 125 marta aylandi. Agar elektr iste’molchining toki 3A, kuchlanishi 127V bo‘lsa, uning quvvat koeffisientini aniqlang. Agar iste’molchi masalaning shartiga ko‘ra bir miyorda sutkasiga 8 soat ishlagan, qolgan vaqtda yuklama ikki marta kamaygan bo‘lsa, bir oy davomida sarf bo‘lgan elektr energiyasining narxini aniqlang. 1 kVts energiyaning narxi 60 so‘m.
6.10. O‘zgarmas tok ampermetrini tekshirish paytida (6.6 a-rasm) shkalaning belgilaridan birida qayd qilingan, tekshirilayotgan ampermetrning ko‘rsatishi Ik=9 A; namunaviy ampermetrning ko‘rsatishi Inom=8,9 A; shkaladagi bo‘limlar soni N=100. Ushbu tekshirish natijasidan absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni aniqlang. Tekshirilayotgan ampermetrni doimiysi va sezgirligi qanday? Tekshirilayotgan ampermetrning nominal toki In=10 A.
6.11. O‘lchash chegarasi 10 A bo‘lgan ampermetr uchun 200 A gacha tokni o‘lchash mumkin bulgan shuntni tanlash kerak. Ampermetrning ichki qarshiligi ra=0,06Om. Shunt rsh ni qarshiligini hisoblashni 6.6 b-rasmdagi sxemadan foydalanib olib boring. Hisoblashni asoslab bering. Shuntlash koeffisienti aniqlansin.


6.12. Elektrodinamik vattmetr yordamida iste’molchi qabul qilayotgan quvvatni o‘lchash kerak, vattmetrning parmetrlari: Un=150 V, In=5 A, rv=10 kOm va N=750 (shkala bo‘limlari soni). Iste’molchidagi kuchlanish U=250 V. Tok 0,5 dan 3,8 ga qadar chegarada o‘zgaradi.
Vattmetr shkalasini va ulash sxemasini tushuntiring (6.6 c-rasmga qarang). Nima uchun vattmetrni ikkita chiqishi yulduzcha bilan belgilangan?
Qo‘shimcha rk qarshilikni hisoblang va tushuntiring, bu hisoblashlar asosida qanaqa tasavvurlar yotadi.
Vattmetrni yangi daraja qiymatlarini aniqlang va undan foydalanish qo‘layliklarini baholang.

6.13. Daraja ko‘rsatkichi 6.7-rasmda tasvirlangan, asbobning doimiysi va sezgirligi aniqlansin. Agarda asbobning ichki qarshiligi ru=7,5 kOm bo‘lsa, asbobning o‘lchash chegarasini uch marta oshirishni sxemasi tuzilsin va hisoblansin. Asbob shkalasida tasvirlangan belgilarni ta’riflang. Asbobni qancha kattalikni va qancha xatolikni ko‘rsatishini aniqlang.
6.14. O‘lchash chegarasi 10-20-30-75-100 a bo‘lgan magnitoelektrik sistemadagi ampermetr shkalasining 100 ta bo‘linmasi bor. Asbobning barcha berilgan o‘lchash chegaralari uchun sezgirligi hamda shkala bo‘linmasining doimiysi aniqlansin.

Download 268.76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 268.76 Kb.