• Kuchlanishni o‘lchash
  • Asosiy tushunchalar




    Download 268.76 Kb.
    bet5/8
    Sana30.03.2022
    Hajmi268.76 Kb.
    #19116
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    a-6
    Dars ishlanma, ochiq dars fizika 1, Dinámik kuchlár tá0siridán mustáhkámlikká Õis«blásh, 19-maruza, Патология, GIO test
    Shuntlar. 6.3-rasmda magnitoelektrik o‘lchov mexanizmiga shunt Rsh ulash sxemasi ko‘rsatilgan. Agar o‘lchash mexanizmidagi IO‘ toko‘lchanayotgan tok I dan n marta kichik bo‘lsa shuntning qarshiligi formula yordamida aniqlanadi. Bu yerda Ro‘–o‘lchov mexanizmi qarshiligi -shuntlash koeffisienti.

    Bunday ulash natijasida zanjirdan o‘tayotgan tokning ko‘proq qismi shuntdan o‘tadi, chunki shuntning qarshiligi ampermetrning qarshiligidan ancha kichik bo‘ladi. Masalan, ampermetr IO‘=5 A tokni o‘lchaydi, ammo bizga IO‘=75 A tokni o‘lchash kerak bo‘lsin. Buning uchun asbobning o‘lchash chegarasini marta kengaytirish kerak. Agar ampermetr o‘lchov mexanizmining qarshiligi RO‘=0,1 Om bo‘lsa, shunt qarshiligini hisoblaymiz Om bo‘lishi lozim.
    Shuntlarning qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lmasligi uchun ular manganin degan materialdan tayyorlanadi. Chunki muhit temperaturasi o‘zgarishi bilan manganinning qarshiligi o‘zgarmaydi.
    Kichikroq toklar (30 A gacha) uchun shuntlar o‘lchov asbobi korpusi ichiga joylashtiriladi. Katta toklar uchun (7500 A gacha) shuntlar o‘lchov asbobi korpusi tashqarisiga joylashtiriladi. Tashqi shuntlar ikki juft ulovchi qisqichlarga ega bo‘ladi. Tok qisqichlari yordamida shunt o‘lchanayotgan zanjirga o‘lanadi. Potensial qisqichlari orasidagi qarshilik Rsh ga teng bo‘lib unga o‘lchov mexanizmi parallel ulanadi.
    Tashqi shuntlarning: 0,02; 0,05; 0,1; 0,2 va 0,5 aniqlik sinflari mavjud.


    Kuchlanishni o‘lchash
    Kuchlanishni o‘lchash uchun zanjirning istalgan qismiga voltmetr parallel qilib ulanadi. O‘zgarmas tok zanjirlarida kuchlanishni o‘lchash uchun, odatda, yuqori aniqlikdagi magnitoelektrik mexanizmli voltmetrlar ishlatiladi. SHu bilan birga, o‘zgarmas tok zanjirlaridagi kuchlanishni o‘lchash uchun elektromagnit, elektrodinamik, aylantirgich va issiqlik sistemasidagi volmetrlardan ham foydalansa bo‘ladi, ammo bunda o‘lchash aniqligi nisbatan pastroq bo‘ladi.
    Doimiy tok zanjirlarida kuchlanish o‘lchashda voltmetrning o‘lchash chegarasini oshirish uchun uning cho‘lg‘amiga ketma-ket qilib ko‘p Omli qo‘shimcha qarshilik ulanadi. Bunday sxemada o‘lchanayotgan qarshilikning katta qismi qo‘shimcha qarshilikka tushadi chunki voltmetrning qarshiligi qo‘shimcha qarshilikdan ancha kichik bo‘ladi.
    7.4-rasm sxemaga muofiq


    bu yerda U-o‘lchanayotgan kuchlanish,
    IV-voltmetrdan o‘tayotgan tok,
    RV - voltmetrning qarshiligi,
    Rsh –shunt qarshiligi
    UV-voltmetr o‘lchaydigan kuchlanishning maksimal qiymati.
    Voltmetrning o‘lchash chegarasini kengaytirish koeffisienti:

    Demak qo‘shimcha qarshilikning qiymati:

    Qo‘shimcha qarshilik manganin yoki konstantin degan materiallardan tayyorlanadi, chunki ularning solishtirma qarshiligi katta, temperatura koeffisienti esa kichik bo‘ladi. Qo‘shimcha qarshiliklar 30 kV o‘zgarmas va 10 Gs dan 20 kGs gacha o‘zgaruvchan toklarda qo‘llaniladi. Qo‘shimcha qarshiliklar 0,01; 0.02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5 va 1,0 aniqlik sinflari ishlatiladi.



    Download 268.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 268.76 Kb.