|
Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
277
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
Turli soxa sportchilarining kunlik ratsionida asosiy ozuqa moddalarning tavsiya etilgan nisbati
%. jadval 1
Sport turlari
Oqsil yog`
uglevod
Tezlik kuch talab qiluvchi 17-18 30
52-53
Siklik
14-15 25
60-61
Qiyin muvofiqlashtiruvchi 15
28
57
Jang san’ati
17-18 29
53-54
Sport o`yinlari
15-17 27-28 55-58
Sportchilar ovqatlanishini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerak:kuniga 4-5 mahal
ovqatlanish optimal hisoblanadi, (zarur bo`lsa, 6 mahal ovqatlanish ham mumkin)(3)
ovqatlanish oralig`i 2.5-3.5 soat bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
mashg`ulotdan oldin oziq-ovqat iste’mol qilish juda ko`p bo`lmasligi kerak, chunki faol hazm qilish
qon aylanishini va ishchi mushaklarni kislorod bilan ta’minlashni yomonlashtiradi;
Asosiy ovqatlanish va kuchli mushak ishi o`rtasida 5 soat vaqt bo’lishi kerak.. Mashq tugaganda esa
asosiy taom 40-60 daqiqa keyin bo`lishi kerak.
Och qoringa mashg`ulot o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi, chunki ular uglevod resurslarining kamayib
ketishiga va ishqobiliyatning pasayishiga olib keladi.
Mashg`ulotdan oldin ovqat oson hazm bo`ladigan mahsulotlardan iborat bo`lishi kerak. Sport faoliyati
oldidan oshqozonda uzoq xazm bo’ladigan yog`li, oziq-ovqat (hayvon yog`lari, qovurilgan go`sht),
shuningdek, ichakda el hosil qiladigan oziq- ovqatlar (loviya, no`xat, loviya, va hokazo.) mumkin
emas..
Kuchli jismoniy faoliyatdan so`ng kislota-asos muvozanatini ishqoriy tomonga o`tkazish maqsadida
kislotali mahsulotlarni iste’mol qilishni qisman cheklash va ishqoriy mahsulotlarni iste’mol qilishni
ko`paytirish kerak.(2)
Sport bilan shug`ullanuvchi bolalar va o`smirlarning ovqatlanishida oqsillarga alohida o`rin beriladi.
Oqsil sintezi va parchalanishi o`rtasidagi muvozanat mashqlangan mushaklarining moslashuvi uchun
metabolik asosdir. Protein plastik substrat hisoblanadi. Sportchilar uchun tavsiya etilgan oqsil miqdori
1.2-1.6 g / kg / kun. Ratsionda oqsil yetishmasligi nafaqat sport faoliyatiga ta’sir qiladi, balki o`sishdan
orqada qolishga, yuqumli kasalliklarga bolgan qarshilikni pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ratsiondagi ortiqcha oqsil jismoniy faoliyatga moslashishni oshirmaydi (Phillips S. M., 2004). Biroq,
vaznni saqlash yoki vazn yo`qotish talab etilganda tana og`irligi kamaytirish uchun oqsil miqdori
ko’paytiriladi,protein iste’moli 3 g / kg / kuniga.
Sport bilan shug`ullanish hayvon va o`simlik oqsillarini iste’mol qilishda o`zgarishlarni talab qiladi.
Yosh sportchilarning ratsionida hayvon oqsillarining ulushi kamida 60% bo`lishi kerak. Qolgan 40%
o`simlik asosidagi oqsillardan kelib chiqishi kerak. Tezlik va kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan
mashg`ulotlarda, shuningdek, mushak massasini ko`paytirish, uzoq va mashaqqatli mashq
yuklamalarini bajarish bilan hayvon oqsillarining nisbati 80% bo`lishi mumkin.Quyidagi
mahsulotlarda 10 g qsil mavjud bo’ladi [8]:
50 g mol go`shti yoki tovuq go`shti, qayta ishlangan pishloq;
55 g kam yog`li pishloq;
60 g sazan, zog`ora baliq;
70 g ozg`in cho`chqa go`shti, yog ‘, tvorog;
80 g, tuxum (2 o`rta tuxum), grechka;
85 g pishirilgan kolbasa;
|
| |