|
Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
278
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
90 g kolbasa, jo`xori, tariq,
100 g makaron; irmik yoki arpa;
125 g bug`doy non;
140 g guruch;
200 g, yashil no`xat;
350 g sut, qaymoq, kefir ;
500 g kartoshka, oq karam;
700 g sabzi, lavlagi;
2,5 kg olma va nok.
Sportchi yoshlar ovqatida yetarli darajada yog ‘ miqdori zarurligi yuqori energiyali substrat sifatida,
shuningdek, boshqa oziq-ovqat komponentlari-vitaminlar va ba’zi aminokislotalarning so`rilishini
ta’minlaydi.
Tarkibida hayvon oqsili bo`lgan mahsulotlarni cheklash mumkin emas, chunki ularning iste’moli
oqsilga bo`lgan ehtiyojni qondiradi.
Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga ko`ra, yosh sportchilar ratsionida oqsil va yog ‘ eng qulay nisbati
1:0,8:.0,9 Quyidagi mahsulotlar‘ 10 g yog ‘ni o’zichiga oladi:
10 g o`simlik yog`i;
12 g sariyog ‘, margarin;
16 g mayonez;
20 qo’y yog’i;
25 g dudlangan kolbasa;
30 g, shprot (konserva),
30 g shokolad, pirojnoye
krem;
35g pishloq
100 g qaymoqli muzqaymoq,
310 g sut.
O`simlik yog`larining nisbati iste’mol qilinadigan yog`ning umumiy miqdorining 25-30% bo`lishi
kerak, bu esa ratsiondagi ko`p to`yinmagan yog ‘ kislotalarining optimal tarkibini ta’minlaydi.
Bolalar va o`smirlarda uglevod almashinuvi yuqori intensivligi bilan xarakterlanadi. Kattalarning
tanasidan farqli o`laroq jismoniy faolligi oshgan bola organizmida ichki uglevod resurslarini tez
safarbar qilish va uglevod almashinuvining zarur intensivligini saqlash qobiliyati yo`q. Yosh
sportchilarga uglevodlarning asosiy qismini (65-70%) polisaxaridlar (kraxmal) shaklida iste’mol qilish
tavsiya etiladi, 25-30% oddiy va oson hazm bo`ladigan uglevodlar (fruktoza, glyukoza) va 5%
kletchatkadan iborat bolsa maqsadga muvodiq bo’ladi.
SHunday qilib,yosh sportchlarning ovqatlanishida asosiy ozuqalarga bo’lgan extiyoj sport turiga,bola
organzmining fiziologik xususiyatlariga va mashqlanganlik darajasiga bog’liq. Ratsion tuzishda pro -
va prebiotiklar, vitaminlar, minerallar va omega-3 bilan boyitilgan funktsional oziq-ovqat mahsulotlari
ishlatilish, jumladan FarPi oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi qoshida ochigan korxonada ishlab
chiqarilayotgan soya suti va sut mahsulotlari hamda istemol ucun ishlatiladigan baliq yog’idan
foydalanish tavsiya etildi.
|
| |