180
Auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida quyidagilarni tekshiradi:
*
hisob registrlarini yuritish tartibi;
*
bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo’yicha sintetik hisob
registrining yuritilishi, yig’ma
registr tuzilishi;
*
hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari harakatiga doir muomalalarning
sintetik hisob registrlarida o’z
vaqtida aks ettirilishi; har bir bank ko’chirmasi
ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi;
*
bank ko’chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi.
Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash hisobiga
xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining to’liq kirim
qilinishini tekshirish chog’ida 5110-“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo’yicha
yozuvlar 4010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” bo’yicha
hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit ko’rinishida olingan pul
mablag’larining kirimi, pul mablag’larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan qabul
qilinishi 6810-“Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6820-“Qisqa muddatli qarzlar”,
7810-“Uzoq muddatli bank kreditlari”, 7820-“Uzoq muddatli qarzlar”, 5510-
“Akkreditivlar”, 5520-“Chek daftarchalari”, 5530-“Boshqa maxsus schyotlar”,
hamda bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo’yicha buxgalteriya
hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yo’li bilan tekshiriladi.
Bank kassasiga topshiriladigan naqd pul mablag’larining to’liq
kirim qilinishini
tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank
ko’chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-“Milliy
valyutadagi pul
mablag’lari” schyotining krediti bo’yicha yuritiladigan hisob registri ma’lumotlari
qarama-qarshi tekshiriladi.