• 2.Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash.
  • Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir. Mijoz korxona




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/149
    Sana25.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #145944
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
    Bog'liq
    Audit oquv amaliyoticover

    Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir.
    Mijoz korxona – auditorlik xizmati ko’rsatilayotgan xo’jalik yurituvchi subyekt.
    Uchinchi shaxslar – auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador 
    bo’lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga muhim ta’sir ko’rsatadigan huquqiy yoki 
    jismoniy shaxslardir.
    Tahlil qilish – bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor 
    tomonidan mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi.
    2.Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash. 
    Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida dalillovchi ma’lumotlarni 
    to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun 
    auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. 
    Dalillarni to’plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni qachon 
    bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida mustaqil hal 
    qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga 
    muvofiq auditor quyidagilarga asosan etarli dalillarni to’plashi lozim: ichki nazorat 
    vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya 
    hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy amallar.
    1. Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning 
    umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. 
    Shartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil 


    etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni 
    bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.
    2. Tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga 
    muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. 
    Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan 
    tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash 
    zarur.
    3. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya
    xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og’zaki 
    so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda 
    keltirilgan. 
    Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni 
    qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi obyektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, 
    majburiyatlar, subyektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini qanday 
    ketma-ketlikda bajarishni.

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir. Mijoz korxona

    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish