|
Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalariBog'liq Audit oquv amaliyoticover Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari.
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foydalaniladigan manbalar
buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog’liq.
Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar:
avtomatlashtirilgan
hisob
sharoitida
esa
kompyuter
dasturlari,
mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli
sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi,
xo’jalik ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki
hujjatlashtirishning
unifikatsiyalangan
idoralararo
shakllari
bilan
ras-
miylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
*
asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga
soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;
*
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi;
*
asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va
sintetik hisob registrlari;
*
buxgalteriya hisobotlari;
*
asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi
(naqladnoyi) (AV-1 shakl);
*
ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan obyektlarni qabul
qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);
*
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);
*
avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakl);
*
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
*
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7
shakl);
*
asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);
*
asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9
shakl).
|
| |