• 2.Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini tekshirish va ularning dastlabki hisoblarda aks ettirilishini tekshirish.
  • Audit o’quv amaliyoti cdr




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/149
    Sana25.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #145944
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
    Bog'liq
    Audit oquv amaliyoticover

     
     
     
     
     


    9-mavzu. Asosiy vositalar auditi.
    REJA: 
    1.Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi ,o’tkazish ketma-ketligi va
    asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari. 
    2.Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini tekshirish va ularning
    dastlabki hisoblarda aks ettirilishini tekshirish. 
    3.Asosiy vositalarning harakatini buxgalteriyada hisobga olinishini tekshirish. 
     
    1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi 
     
    Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz-korxona faoliyati 
    umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti 
    asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada 
    asosiy vositalar bilan bog’liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish 
    uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy 
    hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. .
    Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo’jalikka kelishi bilan birinchi 
    navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur: 
    • korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo’yicha tekshirilayotgan 
    hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o’tgan hisobot davridagiga nisbatan 
    o’zgarishi bilan tanishish; 
    • asosiy vositalarning so’nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro’y-xat)dan o’tkazilishi va 
    uning natijalarini aniqlash; 
    • asosiy vositalarni so’nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks 
    ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, 
    Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk 
    qo’mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan 
    va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo’yicha aks ettirilishini 
    nazarda tutishi lozim.
    • korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy komissiya 
    tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar 
    shaxslar haqida buyruk (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shuningdek, ular 
    bilan shaxsan to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzilganligini 
    aniqlash; 
    • tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan va ro’yxatga olin-magan yuridik hamda 
    jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo’yicha tuzilgan shartnomalarni 
    o’rganish:; 
    • buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi inventar 
    kartochkalar) va komp’yuterda yoki qo’lda baja-riladigan variantdagi aniq inventar 
    ro’yxati (AV-9 shakl) yuri-tilishiga ishonch hosil qilish lozim;


    116 
    • ishdan bo’shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar (buyruqlar, 
    xodimlar ro’yxati)ni o’rganish ; 
    • asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilin-gan amaldagi me’yoriy 
    hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) 
    idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay dara-
    jada ta’minlanganligini aniqlash.
    Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy vositalar 
    hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish imkonini va 
    tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo’lgan masalalarni aniqlashga yordam 
    beradi.

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish