• 3.Asosiy vositalar harakatini korxona buxgalteriyasida hisobga olinishini tekshirish
  •  Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/149
    Sana25.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #145944
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149
    Bog'liq
    Audit oquv amaliyoticover

    2. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish.
    Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan 
    maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat.


    Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: qiymati korxonada belgilab qo’yilgan 
    chegaradan past bo’lgan obyektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati 12 
    oydan kam bo’lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o’tib qolmaganligi; 
    korxonada asosiy vositalar inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga va aksincha 
    o’tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiymatining chegarasi 
    obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy 
    vositalarni inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga asossiz o’tkazish auditorlik 
    tekshiruvi chog’ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko’p hollarda bunday 
    o’tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga 
    intilishi hisoblanadi.
    Asosiy vositalarning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va 
    harakatini tekshirish chog’idagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk 
    solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek korxona faoliyatining 
    moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog’liq.
    3.Asosiy vositalar harakatini korxona buxgalteriyasida hisobga olinishini 
    tekshirish 
    Audit tekshiruvining maqsadi: asosiy vositalarning kirimi, chiqimi va saqlanish va 
    foydalanish holatini hujjatlarda rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobida hisobga 
    olinishini tekshirish. Asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalarini 
    qo’llanilishi, hisoblangan amortizatsiya summalarini to’g’riligi va hisobga olinishini 
    tekshirish. 
    1. 
    Amortizatsiya hisoblash usullarini qo’llashning qonuniyligi va to’g’riligini 
    tekshirish; 
    2. 
    Jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo’llashning qonuniyligi; 
    3. 
    Hisoblangan amortizatsiya summalarini buxgalteriya yozuvlarida to’g’ri aks 
    ettirilishini tekshirish. 
    Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot 
    manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi: 

    moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari; 

    moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari; 

    Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
    Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini o’zaro 
    taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar bilan 
    rasmiylashtirilishi mumkin.


    118 

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish

    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish