• Avtooperatorlar.
  • Yukni tushiruvchi mexanizmlar va avtooperatorlar




    Download 13,28 Mb.
    bet66/83
    Sana29.11.2023
    Hajmi13,28 Mb.
    #107865
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

    7.3 Yukni tushiruvchi mexanizmlar va avtooperatorlar.
    Avtomatlashtirish jarayonida detallarga to’liq ishlov berilganidan so’ng ishchi pozitsiyadan chiqarish, ya’ni ularni tushirish zarur. Buning uchun ba’zi hollarda maxsus qurilma – yukni tushiruvchilardan foydalanishga to’g’ri keladi. Ularning konstruksiyasi yuklovchilarga nisbatan biroz oddiyroq, chunki Yukni tushirish jarayonida mahsulotlar orientirini yo’qotilishi ruhsat etiladi. YUk tushiruvchilar sifatida ko’pincha oddiy itaruvchilar, tashlab Yuboruvchilar va boshqalardan foydalaniladi. Lekin shunday operatsiyalar borki, tushirib olishni mexanizasiyalash katta ahamiyatga ega, masalan sovuqlayin shtamplovchi ishlar. Bir qator holatlarda shtamplangan detal puanson yoki matrisada qoladi va tushirib yuborish kerak. Shtamplangan detallarni tushirib olish uchun (qo’l hizmatidan foydalanilganda) ketadigan vaqt oddiy shtamplarda ushbu operatsiya’ni bajarish uchun ketadigan umumiy vaqtning 35-50% (yordamchi vaqtlar bilan birgalikda) tashkil etadi.
    Ushbu vaqtni kamaytirish, shtamplangan detalni tushirib olishda inson bevosita ishtirok etishini yo’qotish yoki texnologik chiqindilarni kamaytirish uchun shtampga maxsus mexanizmlar kiritish yo’li bilan bajarish mumkin.
    Tushirib olishni mexanizasiyalash unumdorlikni oshiradi va mehnat sharoitini yaxshilaydi, qo’l mehnati bilan detallarni tushirib olishda ehtimoli bo’lgan bahsiz xodisalarni to’liq bartaraf etadi. Shtamp konstruksiyalari va shtamplanadigan detallar shakllari turlicha bo’lganligi sababli detallarni tushirib olish uchun turli-tuman mexanizmlar mavjud.
    Avtooperatorlar. Avtooperatorlarning ish jarayoni ancha murakkab: ular mashinaga yuklash hamda yukni tushirib olishni bajaradi, ba’zida esa qo’shimcha transportlash operatsiyasini bajaradi.
    Avtooperatorning ish jarayoni quyidagilardan iborat: shesternyalarga ishlov berish jarayoni tugallangach qisqich bo’shatiladi, detal ko’tariladi va avtooperator tutgichi dastgoh ishchi zonasiga, detal tagiga kiritiladi. Shundan so’ng tutgich ko’tariladi va detalni mashinalararo traspartyorga o’tkaziladi, transpartyor mashina tomonidan barcha tarmoq uchun bir tizimda joylashtirilgan bo’lib, dastgohlar ishlamaydigan zonada joylashgan, detal unga tushiriladi. Bunday holatda tutgich zagotovkani bir qadamga siljishi va yana yangi zagotovkani joylashtirishga imkon yaratadi va uni mashinani ishchi zonasiga o’tkazadi, qisqichli qurilma tushiriladi. Avtooperatorlar xalqalarga ishlov berish uchun keng qo’llaniladi. Zagotovkali patron dastgoh patronlar kulachogi zonasiga kirib, zagotovkani bo’shatadi va uni dastgoh patronlari tayanchiga siqadi. Zagotovka dastgoh patronlariga siqilgach, itargich orqaga – daslabki holatiga qaytadi. SHu bilan avtooperator ishi yakunlanadi. Dastgoh shpindeli aylana boshlaydi, shpindelli baraban o’giriladi va yuklash pozitsiyasiga ishlov berilgan xalqa bilan navbatdagi shpindel keladi. So’ng barcha jarayon tushirish va o’rnatish qaytariladi. Ishlov berilgan va zagotovkani tayyorlashni avtooperator, boshqa shpindellarda xalqalarga ishlov berilayotgan vaqtda bajariladi, ya’ni qo’shimcha ish vaqti sarflanmaydi.

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yukni tushiruvchi mexanizmlar va avtooperatorlar

    Download 13,28 Mb.