|
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects
|
bet | 35/75 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,66 Mb. | | #122696 |
Bog'liq Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)
Axborotni qabul qilib uning vizual formaga aylantirib maxsus ekranlarda aks etuvchi vositalar axborotni aks etish vositalari deyiladi.
Axborot televizion tasvir, rasm, grafik, xarf yoki raqam ko‘rinishida aks etilishi mumkin.
Proyeksion indikatorlar (5.1-rasm) linzalarga aks ettilgan raqam va xira oynadan iborat. Ushbu tipdagi indikatorlar yordamida har hil simvollarga erishish mumkin. Bundan tashqari tasvir rangli bo‘lishi mumkin. Operativ boshqarish tiz- imlarida PТ-2M, PP-21M, PP-21MA hamda PP-30M tipidagi proyeksion indi- katorlar keng qo‘llaniladi.
5.1-rasm. Axborotni aks ettirish vositalari:
a)-proyeksion indikatorlar; b)-tuzilishi; v)- elektrolyuminissentli raqamli indi- katorning tashq ko‘rinishi
Elektrolyuminissent indikatorlar
Elektrolyuminissent indikatorlar (5.2-rasm) tasviri bo‘yicha xarif-raqamli, mnemonik hamda belgi indikatorlarga ajratiladi. Хarif-raqamli elektrolyuminissent indikatorlar eng keng qo‘llaniladigan axborotni aks etish vositalardan biridir. Belgi va raqamlar ularda har hil konfiguratsiyadagi segmentlardan iboratdir. O dan 9 ga- cha raqamlarni aks etish uchun 7, 8, 9, segmentli elektrolyuminissent indikatorlar qo‘llaniladi. 19 segmentli elektrolyuminissent indikatorlar esa hamma arab raqam- lari va lotin hamda rus alfavit xarflarini aks etadi.
Elektrolyuminissent indikatorlarning ish prinsipi qattiq moddani o‘zgaruvchan elektr maydonda yorug‘lik tarqatishga asoslangan. Ularning kon- struksiyasi quyidagicha: oynaga 1 tiniq elektr o‘tkazuvchan 2, metalik 4 va el- ektrolyuminissent qatlamlari qotirilgan.
Gazorazryadli axborotni aks etish vositalar ham juda keng tarqalgan. Bu lampalar arzon bo‘lib kichik inersionlikka ega. Bu indikatorlarning ish prinsipi quyidagicha: anod tok shaklida bajarilgan, katod esa har hil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. Тanlangan katod va anodga kuchlanish ulansa katodni formasini takrorlovchi miltillanma razryad hosil bo‘ladi
|
| |