Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects




Download 2,66 Mb.
bet43/75
Sana18.12.2023
Hajmi2,66 Mb.
#122696
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € techn (1) (1)

U
2
m2чик
2

U
m3чик

1
Um чик
...
2

U
mnчик
, 15% . (6.11)

Kuchaytirgichning shovqin darajasi shovqin kuchlanishining kirish kuchlanishiga nisbatini ko‘rsatadi. Bulardan tashqari, kuchaytirgichlar amplituda, chastota va amplituda-chastota xarakteristikalari bilan ham baxolanadi.
Amplituda xarakteristikasi chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishiga qanday bog‘langanligini ko‘rsatadi (Uchik=f (Ukir)). 6.2- rasmda kuchaytirgichning amplituda, amplituda-chastota va faza chastota xarakteristikalari ko‘rsatilgan. Bu xarakteristikalar o‘rta chastotalarda olinadi. Хaqiqiy kuchaytirgichning amplituda xarakteristikasi ideal kuchaytirgichnikidan shovqin mavjudligi (A nuqtaning chap

qismidagi uchastka) va chiqish kuchlanishining chiziqli emasligi (V nuqtaning ung qismidagi uchastka) bilan farq qiladi (6.2-rasm, a).
Kuchaytirgichning chastota xarakteristikasi kuchaytirish koeffitsiyentining chastotaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi egri chiziqdir. Mazkur xarakteristika loga- rifmik masshtabda quriladi (6.2-rasm, b).
Kuchaytirgichning faza-chastota xarakteristikasi kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi siljish burchagi ning chastotaga qanday bog‘langanligini ko‘rsatadi (4.33-rasm, v). Bu xarakteristika kuchaytirgich tomonidan kiritilgan fazaviy buzilishlarni baholaydi.



    1. – rasm. Kuchaytirgichning faza-chastota xarakteristikasi



Ish nuqtasining kirish xarakteristikasida qanday joylashishiga qarab kuchaytirgichlar A, V, va AV rejimlarda ishlashi mumkin. 6.3-rasmda kuchaytir- gichning ish rejimlariga oid grafiklar ko‘rsatilgan. A rejimda, asosan, boshlang‘ich kuchaytirish kaskadlari ishlaydi. Bu rejimda ishlaydigan kaskadning bazaga beril- gan siljish kuchlanishi (Ubeo) ish nuqtasining dinamik o‘tish xarakteristikasi chiziqli qismining o‘rtasida joylashishini ta‘minlab beradi.

6.3. Kuchaytirgichning ish re- jimlariga oid grafiklar


Bundan tashqari, kirish signalining amplitudasi siljish kuchlanishidan kichik (Ukir Ubeo) bo‘lishi va boshlang‘ich kollektor toki Iko chiqish toki o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining amplitudasidan katta yoki tengligi (Iko Ikt) shartiga amal qilinadi. Natijada kaskadning kirishiga sinusoidal kuchlanish berilganda chiqish zanjiridagi tok ham sinusoidal qoida bo‘yicha o‘zgaradi. A rejimda signalning chiziqli bo‘lmagan buzilishlari eng kam bo‘ladi. Ammo kuchaytirgich kaskadining mazkur rejimdagi foydali ish koeffitsiyenti 20-30% dan oshmaydi.
V rejimda ish nuqtasi shunday tanlanganki, bunda osoyishtalik toki nolga teng bo‘ladi (Iko=0). Kirish zanjiriga signal berilganda chiqish zanjiridan signal
o‘zgarish davrining faqat yarmidagina tok o‘tadi. Chiqish toki impulslar shaklida
bo‘lib ajratish burchagi bo‘ladi. V rejimda chiziqli bo‘lmagan buzilishlar
2
ko‘p bo‘ladi. Lekin bu rejimda kaskadning FIK 60-70% ni tashkil qiladi. Mazkur rejimda, asosan ikki taktli quvvatli kaskadlar ishlaydi.
AV rejimi A va V rejimlar oralig‘idagi rejim bo‘lib, chiqishda katta quvvat olish, shuningdek chiziqli bo‘lmagan buzilishlarni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi.
Kuchaytirgichlar U=10-7 V kuchlanish va I=10-14 A toklarni kamaytira oladi. Bunday signallarni kuchaytirib berish uchun bitta kaskad yetarli bo‘lmagani uchun bir nechta kaskad ishlatiladi. Ular bir nechta dastlabki kuchaytirish kaskadi (kaskad kuchlanishni kuchaytirib beradi) va quvvatni kuchaytiruvchi chiqish kaskadlaridan iboratdir. Kaskadlar bir biri bilan rezistor (rezistiv bog‘lanish), transformator ( transformatorli bog‘lanish), sig‘im va rezistor (rezistif-sig‘im bog‘lanish) va boshqa elementlari yordamida ulanishi mumkin.
Rezistiv sig‘im bog‘lanishli kaskadlarning ishlashi bilan tanishib chiqamiz. Bu kaskadlar keng tarqalgan bo‘lib, mikrosxema shaklida ham ishlab chiqariladi (6.4.-rasm).
Kuchaytirgich ikkita umumiy emitterli (UE) kuchaytirish kaskadidan iborat. Bu kaskadlar S kondensator orqali o‘zaro bog‘langan. Mazkur kondensator tranzistor VT1 ning kollektor zanjiriga, tranzistor VT2 ning baza zanjiriga ulangan. U birinchi tranzistordan chiqayotgan signalning o‘zgarmas tashkil etuvchisini


Download 2,66 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Download 2,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects

Download 2,66 Mb.