• Avtomatlashtirish sistemalarining tarkib chizmalari vazifasi va ularni bajarilishining umumiy tamoyillari.
  • 1– rasm. Ob’ektning parametrini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi programmalashtiriladigan qurilmaning umumlashtirilgan strukturali sxemasi
  • Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashda matn materiallari. Tushuntirish xati. Jihoz, material va texnika vositalariga spesifikasiyalar tuzish Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichlar




    Download 41.87 Kb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi41.87 Kb.
    #91525
    Bog'liq
    14-maruza Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashda matn materiallari
    Topshiriq Talabaning turar joyidagi ekologik holat, SII-12-lek, 1. Media madaniyati, №11, Документ Microsoft Word (3), reading, atrof-muhit-iqtisodiyotining-mamlakat-iqtisodiy-tizimida-tutgan-o-rni, Psixologiyaning dolzarb masalalari bo’yicha test savollari, Doc1, Xayriyeva Nargiza Ziyoviddin qizi «Fundamental yechim tushunchas-fayllar.org, Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va turkumlanishi(3), YORQIN

    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashda matn materiallari. Tushuntirish xati. Jihoz, material va texnika vositalariga spesifikasiyalar tuzish

    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichlari.


    Yangi sanoat ob’ektlarini qurish va mavjud korxonalarni qayta qurish loyiha asosida amalga oshiriladi. Loyiha texnikaviy xujjatlarning kompleksidan iborat bo’lib, bularga ob’ektni qurish yoki qayta qurish zaruriyatini printsipial tarzda asoslovchi yozuvlar, nostandart uskunalarni tayyorlash uchun lozim bo’lgan, shuningdek, hamma turdagi qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan hisoblashlar va chizmalar kiradi.
    Qurilayotgan ob’ektning murakkabligiga qarab loyiha ma’lum qismlardan iborat bo’ladi. Loyihada texnika-iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnika, elektr, avtomatika kabi qismlar bo’lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihasining bir bo’limi bo’lgan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik rostlash hamda boshqarish qismini shu sohaga ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki texnologik loyihalash institutining avtomatlashtirish bo’limi (guruxi) amalga oshiriladi. Bu loyiha texnologik jarayonlarning ratsional ishlashini va uskunalar ishidagi xavfsizlikni ta’minlovchi nazorat o’lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va signalizatsiya qurilmalarini, loyihalashtirilayotgan ob’ektda ishlatiladigan texnikaviy xujjatlarni o’z ichiga oladi.
    Loyihalashni bajarishda loyihaning texnologik qismini tuzuvchi tashkilot va yoki buyurtmachi bergan topshiriq asos bo’lib xizmat qiladi. Ayrim vaqtlarda topshiriqni tuzishda avtomatlashtirish loyihasini bajaruvchi tashkilot ham jalb etiladi. Loyihalash topshiriqlariga quyidagilar kiradi: a) loyihalashtirilayotgan ob’ektning tarkibi, texnologik jarayonning qisqacha bayoni, qurilma va uskunalarning xarakteristikasi; b) atrof-muhitning xarakteristikasi ko’rsatilgan holda nazorat qilinadigan va rostlanadigan kattaliklarning natijasi; v) nazorat qilish va rostlashda ruxsat etilgan xatolar va asboblarning funktsional belgilari.
    Nazorat, avtomatik rostlash va boshqarish sistemalarini loyihalash maxsus ko’rsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.


    Avtomatlashtirish sistemalarining tarkib chizmalari vazifasi va ularni bajarilishining umumiy tamoyillari.

    Ob’ektlarni ishlashini, ularni ishchi parametrlarini nazorat qiluvchi va ularni ishlashini boshqaruvchi ko’p kanalli avtomatlashtirilgan qurilmani (sistemani) umumlashtirilgan strukturali sxemasini quyidagi ko’rinishda tasavvur ega bo’ladi (1 - rasm):





    1– rasm. Ob’ektning parametrini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi programmalashtiriladigan qurilmaning umumlashtirilgan strukturali sxemasi

    Ob’ektning parametrini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi programmalashtiriladigan qurilmaning umumlashtirilgan strukturali sxemasi quyidagi bloklardan tashkil topgan:


    DT – datchiklar to’plami; SBQIM – signallarni birlamchi (oldindan) qayta ishlovchi blok (modul); A/RSKB – analog/raqamli signallarni kirituvchi blok; CPU – markaziy protsessor (kontroller, mikroprotsessor); A/RSCHB – analog/raqamli signallarni chiqaruvchi blok; BQ – boshqaruvchi qurilma; IEM – ijro etuvchi mexanizm; NQBO – nazorat qilinuvchi, boshqariluvchi ob’ekt; Dis – displey; MKB – ma’lumotlarni kirituvchi blok; PROG – programmator.

    Ob’ektlarni parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi programmalashtiriladigan sistemaning bloklarini asosiy vazifalari




    Bu yerda nazorat qilinadigan va boshqariladigan ob’ekt o’rnida gazlama to’qish stanogi, manipulyator, robot, sonli – programmali boshqariladigan stanok, avtomatli va shunga o’xshagan har qanday boshqariluvchi mexanizm bo’lishi mumkin. Ob’ektlarning turiga qarab nazorat qilinadigan va boshqariladigan parametrlar turli bo’lishi mumkin. Masalan, nazorat qilinuvchi va boshqariluvchi ob’ekt sifatida manipulyatorni oladigan bo’lsak, uning nazorat qilinuvchi parametrlariga: manipulyatorning ko’p koordinatali qo’llariga berilgan topshiriq asosida qanday tezlik, aniqlik bilan harakatlanishi, ishni bajarilishi, harakat chegaralarini o’zgarishini ta’minlashi, qo’llarini panjalarini ochilib/berkilishini ko’rsatilgan vaqt oralig’ida ta’minlashi kabi parametrlar kiradi.
    Download 41.87 Kb.




    Download 41.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashda matn materiallari. Tushuntirish xati. Jihoz, material va texnika vositalariga spesifikasiyalar tuzish Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichlar

    Download 41.87 Kb.