|
Sinxron motorning ulanish sxemasi, statik tavsiflari va ish rejimlari
|
bet | 22/52 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 10,89 Mb. | | #157074 |
Bog'liq УМК узб АТВ 2020Sinxron motorning ulanish sxemasi, statik tavsiflari va ish rejimlari
Sinxron motorning statori aynan asinxron motorning uch fazali stator chulg‘amiga o‘hshab bajarilib, o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanadi. Sinxron motorning rotorida qo‘zg‘atish va «olmaxon qafasi» ko‘rinishidagi qisqa tutashtirilgan ishga tushirish chulg‘amlari joylashtirilgan. Konstruktiv jihatdan rotor aniq qutbli va noaniq qutbli ko‘rinishda bajarilishi mumkin.
Qo‘zg‘atish chulg‘amining manbai sifatida ko‘pgina hollarda sinxron motor 1 valiga o‘rnatilgan o‘zgarmas tok generatori 2 ishlatiladi (uning quvvati sinxron motor quvvatining 0,3 3% ini tashkil etadi) va qo‘zg‘atuvchi deb ataladi (3.36a – rasm).
3.36 – rasm. Sinxron motorning tarmoqqa ulanish sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b)
3.37 – rasm. Sinxron motorning burchak tavsifi
Motorning qo‘zg‘atish toki IQ ni rostlash qo‘zg‘atuvchi generator 2 ning qo‘zg‘atish chulg‘ami 4 ga ketma – ket ulangan qarshilik 3 ni o‘zgartirish asosida amalga oshiriladi. Zamonaviy sinxron motor qo‘zg‘atish tizimlarida tiristorli boshqariluvchi to‘g‘irlagichlar (tiristorli qo‘zg‘atuvchi) keng qo‘llaniladi.
Sinxron motorning aylantiruvchi momenti stator chulg‘ami hosil qilgan aylanuvchi magnit maydoni va rotordagi qo‘zg‘atish chulg‘ami yoki o‘zgarmas magnit hosil qilgan magnit maydonlarning o‘zaro ta’siri asosida yuzaga keladi. Rotor magnit maydoni tezligi ga teng tezlik bilan aylangandagina bu magnit maydonlarning o‘zaro ta’siri natijasida yo‘nalishi bo‘yicha doimiy bo‘lgan aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi. SHunday qilib, sinxron motorning mexanik tavsifi (M) (3.36b – rasm) ordinata o‘qidagi 0 ga teng bo‘lgan nuqtadan o‘tgan gorizontal chiziqdan iborat bo‘ladi.
Momentning maksimal Mmax qiymatidan so‘ng sinxron motor sinxronizmdan chiqib ketadi, ya’ni rotorning magnit maydoni tezligi bilan sinxron aylanishi buziladi.
Bu Mmax ni aniqlash uchun sinxron motorning burchak tavsifini quramiz (3.37 – rasm). Bu tavsif moment M ning tarmoq faza kuchlanishi Uf bilan stator EYUK i vektorlari orasidagi burchak ga bog‘liqligini anglatadi.
Sinxron motorning momenti burchak ning sinusoidal funksiyasidir
, (3.18)
bu erda: – tarmošning faza kuchlanishi qiymati; E – sinxron motor statorining EYUK; x1 – sinxron motor stator chulg‘ami fazasining induktiv qarshiligi; 0 – magnit maydonining aylanish tezligi.
qiymatida sinxron motorning momenti eng katta qiymatga erishadi va bu motorning maksimal yuklanish imkoniyatini belgilaydi.
bœlganida sinxron motor sinxronizmdan chiqib ketadi, bo‘lganida esa motor turg‘un ish rejimida ishlaydi.
Odatda bo‘lib, motorning nominal momenti MN da ishlashini ta’minlaydi va maksimal momentning nominal qiymatiga nisbatan qiymati:
.
Sinxron motor deyarli barcha energetik ish rejimlarida ishlaydi.
|
| |