• «Uchburchak – ikkilangan yulduz».
  • Avtomatlashtirish va boshqarish




    Download 10,89 Mb.
    bet20/52
    Sana15.02.2024
    Hajmi10,89 Mb.
    #157074
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
    Bog'liq
    УМК узб АТВ 2020

    Asinxron motor qutblar juftligi sonini o‘zgartirib tezligini rostlash
    Bu usul bilan tezlikni rostlash uchun asinxron motor stator chulg‘ami ikkita bir xil seksiyadan (yarim chulg‘am) iborat bo‘lishi kerak. Bunday asinxron motorlar ko‘p tezlikli motorlar deb yuritiladi. Stator chulg‘am seksiyalarini ulashda turli ulanish sxemalarini amalga oshirish natijasida asinxron motor qutblar soni r o‘zgartiriladi. Ko‘p tezlikli asinxron motorlarning rotorlari odatda qisqa tutashtirilgan bo‘ladi.
    Asinxron motor qutblari soni r = 1, 2, 3, 4,... bo‘lgan diskret sonlardan iborat bo‘lganligi sababli motor tezligi pog‘onali rostlanadi.
    Qutblar juftligining qanday qilib turli sonlarga teng bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

    3.31 – rasm. Asinxron motorning qutblar sonini o‘zgartirib tezligini pog‘onali rostlashni amalga oshiruvchi stator chulg‘ami seksiyalarining ulanishi sxemalari

    Stator chulg‘ami fazasi ikkita bir xil ikki seksiya 1b – 10 va 2b – 20 lardan iborat bo‘lib (3.31a – rasm) va har bir seksiyaning ikkala o‘tkazgichlari ketma – ket va mos ulangan bo‘lsin. Stator chulg‘amidan o‘tayotgan tok yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatilgan. Parma qoidasidan kelib chiqqan holda magnit maydonning qutblar juftli 2r = 4 ekanligini aniqlaymiz.


    Endi chulg‘amdagi tok yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda seksiyalarni ketma – ket va qarama – qarshi ulaganimizda (3.31b – rasm) qutblar juftli 2r = 2 ga teng bo‘ladi. Xuddi shuningdek, seksiyalarni o‘zaro parallel ulaganimizda ham (3.31v – rasm) qutblar juftli 2r = 2 bo‘ladi.
    Amaliyotda ko‘p tezlikli asinxron motor stator chulg‘ami seksiyalarini ulashning asosan ikki sxemasi qo‘llaniladi: «uchburchak»dan «ikkilangan yulduz»ga va «yulduz»dan «ikkilangan yulduz»ga o‘tish sxemalari.
    «Uchburchak – ikkilangan yulduz». Qutblar juftligi sonini katta qilish uchun har bir fazadagi seksiyalar ketma – ket va mos ulanib uchburchak hosil qilinadi (3.32a – rasm), A1b va A2b – A fazaning birinchi va ikkinchi seksiyalarining boshlanishi; A10 va A20shu seksiyalarning oxirlari, boshqa V va S fazalar uchun ham bu ulanishlar monand bo‘ladi. 3.32b – sxemadagi seksiyalarning ulanishi 3.32v – sxemadagi kabi bo‘lib, qutblar juftligi sonini ikki marta kamayishiga olib keladi. 3.32b – rasmdagi sxemada stator chulg‘ami fazalari ikki parallel ulangan seksiyalar bo‘lgani uchun «ikkilangan yulduz sxemasi» deb nomlanadi.

    3.32 – rasm. Stator chulg‘ami «uchburchak» (a), «ikkilangan yulduz» (b) usullaridagi ulanish sxemalari va shu sxemalarga mos motorning mexanik tavsiflari (v)


    3.32v – rasmda stator chulg‘amlari seksiyalarining «uchburchak» (2) va «ikkilangan yulduz» (1) usulda ulangan hollariga mos keluvchi asinxron motorning mexanik tavsiflari keltirilgan.

    Download 10,89 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




    Download 10,89 Mb.