Birinchi variant – asinxron motorning rotori uch fazali chulg‘amdan iborat bo‘lib, uning uchlari uchta kontakt halqalarga chiqarilgan bo‘ladi va bunday asinxron motor faza rotorli asinxron motor deb ataladi (3.20a – rasm). Rotor zanjiriga turli elektrotexnik elementlar, masalan qarshiliklar ulab elektr yuritmaning tezligi, toki va momentini rostlash mumkin va shu maqsadda alohida sxemalarni qo‘llash ham mumkin.
3.20 – rasm. Faza rotorli (a) va rotori qisqa tutashtirilgan (b) asinxron motorlarning ulanish sxemalari
Ikkichi variant – rotor ariqchalariga alyumiiy eritilib quyulib, uchlari œzaro qisqa tutashtiriladi va bunday asinxron motor rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motor deb ataladi (3.20b – rasm).
Asinxron motorning elektromexanik tavsifi (3.21 – rasm) rotor tokining tezlikka emas, sirpanishga bog‘liq o‘zgarishi sifatida qaralishi bilan o‘zgarmas tok motorlarining elektromexanik tavsiflaridan farq qiladi. Sirpanishning tezlik bilan almashtirish quyidagi ifoda bilan amalga oshiriladi
= 0 (1 – s). (3.13)
Asinxron motorning mexanik tavsifi quyidagi Kloss formulasi bilan hisoblanadi:
, (3.14)
bu erda, a = R1 / R`2 – ctator chulg‘ami aktiv qarshiligining keltirilgan rotor chulg‘ami aktiv qarshiligiga nisbati; MK – cirpanishning kritik qiymati sk ga to‘g‘ri keluvchi moment qiymati (kataloglarda motorning nominal momentga nisbatan yuklanganlik ko‘rsatkichi sifatida beriladi); ;
Asinxzron motorning (3.14) ifoda bo‘icha hisoblangan mexanik 3.21 – ramda keltirilgan.
Asixron motor mexanik tavsifining xarakterli nuqtalari:
s = 0, = 0, M = 0 – ideal salt yurish nuqtasi;
s = 1, = 0, M = MQT = MIT – qisqa tutashuv nuqtasi;
s = sKM, M = MKM, s = – sKG, M = – MKG – ekstrimum nuqtalar;
s , , M0 – mexanik tavsifning asimptotasi– koordinatalar tizimining tezlik o‘qi.
3.21 – rasmda asinxron motorning mexanik tavsifi keltirilgan.
Ba’zi hollarda stator chulg‘amining aktiv qarshiligini hisobga olmasdan (R1 = 0) asinxron motorning mexanik tavsifini qurishda soddalashtirilgan formuladan foydalaniladi:
(3.15)
3.21 – rasm. Asinxron motorning mexanik tavsifi
Asinxron motor energetik rejimlarning barchasida ishlashi mumkin (3.21 – rasm).
s = 0, = 0 – ideal salt yurish rejimi;
s = 1, = 0 – qisqa tutashuv rejimi;
0 < s < 1, 0 < < 0 – motor rejimi;
s < 0, > 0 – tarmoq bilan parallel ishlaydigan generator rejimi (rekuperativ tormozlash);
s > 1, < 0 – tarmoq bilan ketma – ket ishlaydigan generator rejim (teskari ulab tormozlash).
Bundan tashqari, asinxron motor dinamik tormoz rejimida ham ishlay oladi.
Asinxron motor koordinatalarini rostlash usulari
|