mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tarmoqqa ulanish sxemasi va tavsiflari




Download 10,89 Mb.
bet12/52
Sana15.02.2024
Hajmi10,89 Mb.
#157074
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Bog'liq
УМК узб АТВ 2020

mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tarmoqqa ulanish sxemasi va tavsiflari
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining (MQ O‘TM) asosiy ulanish sxemasi 3.3a – rasmda keltirilgan. Bu sxemada quyidagi belgilash-lar qabul qilingan: I, Ik – yakor va qo‘zg‘atish chulg‘ami (QCH) zanjirlaridagi toklar (A); E – yakorning EYUKi (V);  va M – motorning burchak tezligi (s-1) va momenti (Nm); RYA= ryach + rqq+rkch + rshk – yakor chulg‘ami qarshiligi: yakor chulg‘ami, qo‘shimcha qutblar, kompensatsion chulg‘amlarning va shchetka kontaktlarining qarshiliklari (Om); RQCH – qo‘zg‘atish chulg‘amining šarshiligi; LYA va LQCH – yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amlarining induktivliklari (Gn); RQ va RQQ – yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amlariga ulangan qo‘shimcha qarshi–liklar. SHuningdek yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amlari alohida U va UQQ manbalarga ulangan.
Motorning statik tavsiflarini keltirib chiqarishda quyidagi cheklashlarni qabul qilamiz: yakor reaksiyasi hisobga olinmaydi va motor validagi moment elektromagnit momentga teng.
Kuchlanishlar, yakor EYUKi va elektromagnit tenglamalari asosida elektr yuritmaning elektromexanik va mexanik tavsiflarining ifodalarini hosiml qilamiz
 = (U – IR)/(kF), (3.6)
 = U/(KF) – MR/(kF)2 , (3.7)
bu erda, R = RYA + RQ – yakor zanjirining tœliq qarshiligi, F – magnit oqimi, Vb; U – yakor zanjiriga berilayotgan kuchlanishi, V; k = rN/(2a) – motorning konstruktiv koeffitsienti; r – qutblar soni; N – yakor chulg‘ami aktiv o‘tkazgichlarining soni; a – yakor chulg‘ami parallel tarmoqlari soni.

3.3 – rasm. MQ O‘TM ning elektr tarmog‘iga ulanish sxemasi (a) va tavsiflari(b)
(3.6) va (3.7) lar bo‘yicha MQ O‘TM ning elektromexanik va mexanik tavsiflari ya’ni burchak tezligining tok va momentlarga bog‘liqlik tavsiflari yakor kuchlanishi qutblarining har xil ishorali bo‘lgan holdagi ko‘rinishlari 3.3 b – rasmda keltirilgan. kF = const bo‘lgan hol uchun elektromexanik va mexanik tavsiflar bir xil ko‘rinishga ega bo‘lgani uchun ham bitta tavsif bilan ifodalangan. Tavsifning A va V nuqtalari xarakterli nuqtalardir. A nuqta motorning salt yurishini anglatadi -  = 0, I = M = 0, V nuqta qisqa tutashish ya’ni ishga tushirish rejimi deb ham yuritiladi -  = 0, I = IQT va M = MQT.
(3.6) va (3.7) tenglamalar asosida MQ O‘TM ning sun’iy tavsiflarini yakor va magnit oqimi zanjirlariga qo‘shimcha aktiv qarshiliklar ulab va yakor zanjiriga berilayotgan kuchlanish U ni o‘zgartirish natijasida ham olish mumkin. Bu tenglamalardagi tok va moment motorning mexanik yuklanishi MS orqaligina aniqlanadi va bu kattaliklar ixtiyoriy olinmaydi.

Download 10,89 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Download 10,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tarmoqqa ulanish sxemasi va tavsiflari

Download 10,89 Mb.